Muqaddas Kitob
Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
1. Mazkur kitobda Iso Masihningvahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo O‘z qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih O‘z farishtasini quli Yuhannoning oldiga yuborib, ushbu vahiyni ko‘rsatdi.
2. Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati to‘g‘risida nimalar ko‘rgan bo‘lsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda.
3. Ushbu bashorat so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab, kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalarning vaqt–soati yetdi.
4. Asiya viloyatidagi yettita imonlilar jamoatiga Yuhannodan salom! Azaldan bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti ruhdan,
5. shuningdek, o‘liklar ichidan birinchi bo‘lib tirilgan, yer yuzi shohlarining Hukmdori bo‘lgan sodiq shohid — Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin. Iso Masih bizni sevadi. U O‘z qonini to‘kib, bizni gunohlarimizdan xalos etdi.
6. U bizdan Shohlik yaratdi, bizni Otasi Xudoga xizmat qiladigan ruhoniylar qilib tayinladi. Qudrat Sohibi bo‘lgan Masihga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
7. Ana, U bulutlarda kelyapti! Har bir ko‘z Uni ko‘radi, Hatto Unga nayza sanchganlar ham Unga ko‘z tikadi. Dunyoning jamiki qabilalari U tufayli yig‘laydi. Darhaqiqat, hammasi aytilganday bo‘ladi! Omin.
8. “Men — Ibtido va Intihodirman, — deb aytmoqda Egamiz Xudo. — Men oldin bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Qodir Xudodirman.”
9. Men birodaringiz Yuhannoman. Isoning azoblari, Uning Shohligi va sabr–toqatini baham ko‘rgan sherigingizman. Men Xudoning kalomini va’z qilib, Iso haqida guvohlik berganim uchun Patmos oroliga surgun qilinganman.
10. Haftaning birinchi kunida Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men orqamdan karnay sadosiga o‘xshash kuchli bir ovozni eshitdim. Ovoz shunday dedi:
11. “Ko‘rganlaringni kitobga yozib bor. So‘ng uni Efes, Smirna, Pergam, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor.”
12. Menga gapirayotgan Kimsani ko‘rish uchun o‘girildim. Shunda yettita oltin chiroqpoyani ko‘rdim.
13. Chiroqpoyalar orasida inson qiyofasidagi bir Zot turgan edi. Uning ustida uzun, to‘pig‘igacha tushgan rido, ko‘ksiga oltin tasma bog‘langan edi.
14. Sochi momiqday oq, qorday oppoq edi. Ko‘zlari esa alangaday chaqnardi.
15. Uning oyoqlari o‘choqda qizdirilgan bronzaday yarqirar, ovozi guvullagan dengiz tovushiga o‘xshardi.
16. O‘ng qo‘lida yettita yulduz bor edi, og‘zidan o‘tkir dudama qilich chiqib turardi. Uning yuzi kun qiziganda balqiydigan quyoshday porlardi.
17. Uni ko‘rishim bilanoq, oyoqlari ostiga jonsizday yiqildim. U esa o‘ng qo‘lini ustimga qo‘yib, shunday dedi: “Qo‘rqma! Men Birinchi va Oxirgiman.
18. Barhayotman. O‘lgan edim va mana, abadulabad tirikman. O‘limning va o‘liklar diyorining kalitlari Mendadir.
19. Shunday ekan, sen oldin ko‘rganlaringni, hozir ko‘rayotganlaringni va bundan keyin ko‘radiganlaringning hammasini yozib bor.
20. Sen o‘ng qo‘limda ko‘rgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning siriga kelsak, yetti yulduz — yetti jamoatning farishtalarini, yetti chiroqpoya esa yetti jamoatni bildiradi.”

1. “Efesdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Yetti yulduzni o‘ng qo‘lida Tutguvchi, yettita oltin chiroqpoya orasida Yuruvchi shunday demoqda:
2. Sening ishlaring, mehnating, bardoshingni bilaman, badkirdorlarga toqat qilmasligingni ham bilaman. Havoriy bo‘lmagan holda o‘zlarini havoriy deb aytganlarni sen sinading, ularning yolg‘onini fosh qilding.
3. Ha, bardoshlisan. Mening nomim uchun ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirib, holdan toymading.
4. Biroq senga bir e’tirozim bor: sen Menga bo‘lgan ilk sevgingni unutding.
5. Qara, qanchalar past tushding! Tavba qil va avvalgi ishlaringga qayt. Tavba qilmasang oldingga borib, chiroqpoyangni o‘z joyidan olib tashlayman.
6. Ha, senda yana bir yaxshi fazilat bor, sen nikolaychilarning ishlaridan nafratlanasan. Men ham ulardan nafratlanaman.
7. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olib kelganlarga Xudoning jannatidagi hayot daraxti mevasidan yeyishni nasib etaman.”
8. “Smirnadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: O‘lib tirilgan, Birinchi va Oxirgi bo‘lgan Zot shunday demoqda:
9. Chekkan azoblaringni, kambag‘alligingni bilaman. Aslida esa boysan! O‘zini Xudoning xalqi deb ataganlar seni qanchalar haqoratlaganini ham bilaman. Ular Xudoning xalqi emas, balki shayton to‘dasidir.
10. Boshingga tushadigan azob–uqubatlardan qo‘rqma! Mana, iblis sizlarni sinash uchun orangizdan ba’zilarni zindonga tashlaydi, o‘n kun davomida azob chekasizlar. O‘lim xavfi ostida bo‘lganingda ham sodiq qol, shunda Men senga hayot tojini beraman.
11. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olib kelganlar ikkinchi o‘limdan hech qanday zarar ko‘rmaydilar.”
12. “Pergamdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: O‘tkir dudama qilich Sohibi shunday demoqda:
13. Qayerda yashayotganingni bilaman. Shahringda shaytonning taxti joylashgan. Shunday bo‘lsa–da, sen Mening nomimga qattiq bog‘landing. Shayton yashayotgan o‘sha shahringda sodiq shohidim Antipa o‘ldirilganda ham sen Menga bo‘lgan imoningdan qaytmading.
14. Lekin senga bir oz e’tirozim bor: orangizda Balom ta’limotiga rioya qiluvchilar bor. Balom Isroil xalqini yo‘ldan ozdirish yo‘lini Boloqqa o‘rgatgandi. Boloq esa Isroil xalqini butlarga qurbonlik qilingan go‘shtni yeyishga va fahsh–zinoga undagandi.
15. Shuningdek, orangizda nikolaychilar ta’limotini tutuvchilar ham bor.
16. Endi tavba qil! Aks holda men zudlik bilan oldingga borib, og‘zimdagi qilich bilan o‘shalarga qarshi jang qilaman.
17. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olibga Men pinhon saqlangan mannani beraman. Unga oq toshni ham beraman. Bu toshning ustiga yangi bir ism yozilgan, toshni olgan kishidan boshqa hech kim u ismni bilmaydi.”
18. “Tiyatiradagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Ko‘zlari otash alangasiday chaqnoq, oyoqlari qizdirilgan bronzaday yarqiroq Xudoning O‘g‘li shunday demoqda:
19. Sening ishlaring, sevging, imoning, xizmating va bardoshingni bilaman. Hozirda oldingidan ham ko‘proq ish qilayotganingni bilaman.
20. Lekin senga bir e’tirozim bor: sen Izabel degan xotinga toqat qilib yuribsan. U o‘zini payg‘ambar deb, ta’limoti bilan qullarimni yo‘ldan ozdiryapti. Ularni fahsh–zino qilishga va butlarga qurbonlik qilingan go‘shtni yeyishga undayapti.
21. Fahsh–zinodan tavba qilishi uchun unga muhlat berdim, ammo u tavba qilishdan bosh tortyapti.
22. Mana, Men uni xastalik to‘shagiga yotqizaman. U bilan birga fahsh–zino qilganlarni ham, bordi–yu, uning yo‘lidan qaytmasalar, qattiq azob–uqubatlarga duchor qilaman.
23. Uning izdoshlarini o‘ldiraman. Onglarni va yuraklarni sinaguvchi Men ekanligimni shunda hamma jamoatlar bilib oladilar. Men orangizdagi har bir kishini o‘z qilmishiga yarasha jazolayman.
24. Tiyatiradagi ba’zilaringiz Izabelning bu ta’limotiga ergashmadingiz. Sizlar “shaytonning sirlari” deb atalgan narsalardan bexabarsizlar. Sizlarga shundan boshqa hech narsa yuklamayman:
25. faqat Men kelgunimga qadar, imoningizni qattiq tutinglar, deyman.
26. G‘olib kelganlarga va oxirigacha Mening irodamni bajarganlarga xalqlar ustidan hokimiyat beraman.
27. Ular xalqlarni temir xivchin ila boshqarishadi. Sopol ko‘zani sindirganday xalqlarni parchalashadi. Otam Menga ato qilgan bu hokimiyat ularda bo‘ladi.
28. Men ularga tong yulduzini ham beraman.
29. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”

1. “Sardisdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Xudoga xizmat qiladigan yetti ruhni Boshqaruvchi, qo‘lida yetti yulduzni Tutguvchi shunday demoqda: sening ishlaringni bilaman. Seni tirik deyishadi, ammo o‘liksan.
2. Sening ishlaring Xudoyim nazarida tugal emasligini bildim. Uyg‘on! Jamoating nobud bo‘lmoqda. Imonini saqlab qolganlarga qo‘shilib, jamoatingni mustahkamla.
3. Nima eshitib o‘rgangan bo‘lsang eslagin. O‘shalarga rioya qilgin. Gunohlaringdan tavba etgin. Agar uyg‘onmasang, Men ustingga o‘g‘riday bostirib kelaman. Sen esa qaysi soatda kelishimni bilmaysan.
4. Biroq Sardisda o‘z kiyimlarini bulg‘atmagan bir necha odamlaring qolgan. Ular Men bilan birga oq kiyimda yuradilar, ular bunga loyiqdirlar.
5. G‘olib kelganlar ular singari shunday oq kiyim kiyadilar. Men ularning nomlarini hayot kitobidan o‘chirmayman, Otam va Uning farishtalari oldida nomlarini tan olaman.
6. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
7. “Filadelfiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Shoh Dovudning kaliti muqaddas va haq Zotdadir. U eshikni ochganda, uni hech kim bekita olmaydi. U bekitganda, hech kim ocholmaydi. O‘sha Zot shunday demoqda:
8. Sening ishlaringni bilaman. Mana, oldingda bir eshik ochdim, uni hech kim bekita olmaydi. Kuching kamligini Men bilaman. Shunga qaramay, sen so‘zimga rioya qilding, Mendan tonmading.
9. Shayton to‘dasidan bo‘lganlarni nima qilishimni o‘zing ko‘rasan. Ular o‘zlarini Xudoning xalqi deb ataydilar, ammo gaplari yolg‘on, ular Xudoning xalqi emaslar. Men ularni shunday ko‘yga solamanki, kelib sening oyog‘ingga yiqiladilar. Men seni qanchalik sevganimni bilib oladilar.
10. Sen Mening sabrli bo‘lish haqidagi amrimga itoat etding. Shunday ekan, yer yuzida yashovchilarni sinash uchun yuboriladigan kulfat vaqtidan Men seni asrayman.
11. Men tezda kelaman. Imoningni mahkam tut, toki hech kim tojingni tortib olmasin.
12. G‘olib kelganlarni Men Xudoyimning Ma’badida ustun qilaman. Shunda ular zinhor Ma’badni tark etmaydilar. Ularning peshanalariga Men Xudoyimning nomini va Xudoyimga qarashli shaharning nomini yozaman. Bu shahar — Xudoyim osmondan yuborgan yangi Quddusdir. G‘olibning peshanasiga Men O‘zimning yangi nomimni ham yozaman.
13. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”
14. “Laodikiyadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Sodiq va haq Shohid, Xudo yaratgan borliqning Asoschisi, Omin deb nom olgan Zot shunday demoqda:
15. Sening ishlaringni bilaman, sen na sovuq va na issiqsan. Eh, qani edi yo sovuq, yo issiq bo‘lsang!
16. Sen issiq ham, sovuq ham emas, balki iliq bo‘lganing uchun Men seni qusib yuboraman.
17. Sen: “Boyman, o‘zimga to‘qman, hech narsadan kam–ko‘stim yo‘q”, — deysan. Aslida esa ayanchli, achinarli ahvolda ekaningni, qashshoq, ko‘r va yalang‘och ekaningni bilmaysan!
18. Senga maslahat beraman: boyishing uchun Mendan olovda toblangan oltinni sotib ol. Sharmandali yalang‘ochligingni yopish uchun egningga oq kiyim, ko‘rishing uchun ko‘zlaringga surtadigan malhamni Mendan sotib ol.
19. Men kimni sevsam, aybini ko‘rsataman, tarbiyalayman. Shunday ekan, shijoatli bo‘l, gunohlaring uchun tavba qil.
20. Mana, Men eshik oldida turib, taqillatyapman. Kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men o‘shaning oldiga kiraman. Men u bilan va u Men bilan ovqatni baham ko‘ramiz.
21. G‘olib kelganlarni Men yonimda, taxtimda o‘tirishga haqli qilaman. Zotan Men ham g‘olib kelganimda Otam bilan birga Uning taxtida o‘tirdim.
22. Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”

1. Shundan keyin men osmonda lang ochiq bir eshikni ko‘rdim. Ilgari menga gapirgan karnay sadosiga o‘xshash o‘sha ovoz yana eshitildi. U shunday dedi: “Bu yoqqa chiq, bundan keyin nima yuz berishini senga ko‘rsataman.”
2. Shu payt Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men osmonda turgan bir taxtni ko‘rdim, unda bir Zot o‘tirar edi.
3. O‘tirgan Zotning qiyofasi qimmatbaho yashma va la’l toshlariday yarqirardi. Taxt atrofida zumrad tusidagi kamalak jilvalanardi.
4. Taxtning tevaragida yana yigirma to‘rtta taxt turardi. Bu taxtlarda oq kiyim kiygan, boshlarida oltin tojlari bo‘lgan yigirma to‘rt nafar oqsoqol o‘tirar edi.
5. Taxtdan chaqmoq chaqardi, momaqaldiroqning gulduros sadosi kelardi. Taxt oldida Xudoning yetti ruhi bo‘lgan yettita mash’al yonib turardi.
6. Taxtning oldida shisha dengizga o‘xshash billurday tiniq bir narsa bor edi. Taxtning atrofida to‘rtta jonli mavjudot turar edi, ularning oldi va orqasi ko‘zlar bilan qoplangan edi.
7. Birinchi mavjudot sherga, ikkinchisi buqaga o‘xshar edi, uchinchi mavjudotning yuzi odamning yuziga, to‘rtinchisi esa uchayotgan burgutga o‘xshar edi.
8. Bu to‘rtta mavjudotning har birida oltitadan qanoti bor edi. Ularning hamma yog‘i ko‘zlar bilan qoplangan edi, hatto qanotlarining tagida ham ko‘zlari bor edi. Ular kechayu kunduz tinmay shunday so‘zlarni takrorlar edilar: “Muqaddasdir, muqaddasdir, Muqaddasdir Qodir Xudo — Egamiz. U bor bo‘lgan, hozir ham bor, Kelajakda ham bor bo‘lar!”
9. Mavjudotlar taxtda O‘tirganni, to abad barhayot Zotni ulug‘lashardi, izzat–ikrom ko‘rsatib, shukronalar aytishardi.
10. Shunda yigirma to‘rt nafar oqsoqol taxtdagi to abad barhayot Zot oldida yerga muk tushib, sajda qilishardi. Tojlarini taxt oldiga qo‘yib, shunday deyishardi:
11. “Yo Egamiz, yo Xudoyimiz! Sen qudratlisan! Ulug‘vorligu izzatga Sen loyqsan! Zero, butun borliqni Sen yaratgansan, Hamma narsa Sening irodang ila vujudga keldi, yaratildi.”

1. Men taxtda o‘tirgan Zotning o‘ng qo‘lida bir o‘rama qog‘ozni ko‘rdim. O‘ramning oldi va orqa tomonlarida yozuvlari bor bo‘lib, u yettita muhr bilan muhrlangan edi.
2. So‘ng men kuchli bir farishtani ko‘rdim. U baland ovozda: “Muhrlarni yechishga, o‘ramni ochishga kim loyiq?”, deb so‘radi.
3. Biroq na osmonda, na yer yuzida, na yer ostidagi olamda o‘ramni ocha oladigan yoki ichiga nazar sola oladigan biron kimsa bor edi.
4. Men achchiq–achchiq yig‘lay boshladim, chunki o‘ramni ochishga, hatto uning ichiga nazar solishga loyiq biron kimsa topilmagandi.
5. Shunda oqsoqollardan biri menga dedi: “Yig‘lama! Ana qara, Yahudo qabilasidan bo‘lgan Sher — Dovud urug‘idan chiqqan Zot g‘alaba qozondi. U o‘ramning yettita muhrini yechishga va o‘ramni ochishga qodirdir.”
6. Shunda men taxtning oldida, to‘rtta jonli mavjudot va oqsoqollar qurshovida turgan bir Qo‘zini ko‘rdim. U go‘yo bo‘g‘izlanganday edi. Qo‘zining yetti shoxi va yetti ko‘zi bor edi. Bular Xudo butun yer yuziga yuborgan yettita ruhdir.
7. Qo‘zi kelib, taxtda o‘tirgan Zotning o‘ng qo‘lidan o‘ramni oldi.
8. U o‘ramni olganda, to‘rtta mavjudot va yigirma to‘rt oqsoqol Qo‘zining oldida muk tushishdi. Har birining qo‘lida bir arfa va xushbo‘y tutatqilarga to‘la oltin kosalar bor edi. Xushbo‘y tutatqilar — Xudo azizlarining duoyu ibodatlari demakdir.
9. Ular quyidagicha yangi qo‘shiq aytishar edi: “Sen o‘ramni olishga, Uning muhrlarini yechishga loyiqsan! Chunki Sen bo‘g‘izlangan eding, O‘z qoning evaziga har bir qabila, millat, elatu xalqdan Xudo uchun odamlarni qutqarib olding.
10. Ulardan Shohlik yaratding, Ularni Xudoyimizga xizmat qiladigan Ruhoniylar qilib tayinlading. Ular yer yuzida hukm suradilar.”
11. Keyin men taxtning, mavjudotlar va oqsoqollarning atrofida ko‘p farishtalarni ko‘rdim, ularning ovozlarini eshitdim. Ularning sanog‘iga yetib bo‘lmas, ming–minglab, o‘n minglab edilar.
12. Ular baland ovozda shunday derdilar: “Bo‘g‘izlangan Qo‘zi hamdlarga loyiqdir! Kuchu davlat, donoligu qudrat Sohibiga Shon–sharaflar bo‘lsin!”
13. Shunda men yeru osmondagi, yer ostidagi, dengizdagi jamiki jonzotlarning ovozlarini eshitdim. Ularning hammasi shunday deb kuylayotgan edilar: “Taxtda o‘tirgan Xudoga va Qo‘ziga Abadulabad hamdlar bo‘lsin! Bu qudrat Sohiblariga Abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin!”
14. To‘rtta mavjudot: “Omin!” — dedi. Oqsoqollar esa muk tushib, sajda qildilar.

1. Keyin men Qo‘zining yetti muhrdan birini yechganini ko‘rdim. O‘sha paytda to‘rtta jonli mavjudotdan biri momaqaldiroqqa o‘xshash ovoz bilan: “Kel!” — deb aytganini eshitdim.
2. Shunda men bir oq otni ko‘rdim. Ot ustida kamoni bor suvori o‘tirardi. Unga bir toj berildi. U bosqinchi bo‘lib, dushmanlarini bosib olish uchun yo‘lga chiqdi.
3. Qo‘zi ikkinchi muhrni yechganda, men ikkinchi mavjudotning: “Kel!” — deb aytganini eshitdim.
4. Shu payt boshqa bir ot chiqib keldi. U qip–qizil rangda edi. Xalqlar bir–biriga qirg‘in keltirsin deb, bu ot ustidagi suvoriga dunyoni tinchlikdan mahrum qilish qudrati berilgandi. Unga katta qilich ham berildi.
5. Qo‘zi uchinchi muhrni yechganda, men uchinchi mavjudotning: “Kel!” — deb aytganini eshitdim. Shunda men qora otni ko‘rdim. Bu ot ustidagi suvorining qo‘lida tarozi bor edi.
6. Men to‘rtta mavjudotning orasidan chiqqan ovozga o‘xshash bir sadoni eshitdim. O‘sha ovoz dedi: “Odamlar bir kunlik ish haqiga bor–yo‘g‘i bir kosa bug‘doy yoki uch kosa arpa sotib oladigan bo‘lsin. Ammo zaytun bog‘lari va uzumzorlarga zarar yetkazma!”
7. Qo‘zi to‘rtinchi muhrni yechganda, men to‘rtinchi mavjudotning: “Kel!” deb aytganini eshitdim.
8. Shunda men ko‘kimtir rangdagi bir otni ko‘rdim. Ot mingan suvorining nomi O‘lim edi. O‘liklar diyori uning ketidan ergashib kelayotgan edi. Ularga dunyoning to‘rtdan bir qismi ustidan hokimiyat berilgandi. Ular yerdagi odamlarni qilich, qahatchilik, o‘lat va yovvoyi hayvonlar orqali o‘ldirishlari mumkin edi.
9. Qo‘zi beshinchi muhrni yechganda, men qatl qilingan odamlarning jonlarini qurbongoh ostida ko‘rdim. Ular Xudoning kalomi va bergan shahodatlariga sodiq qolganlari uchun o‘ldirilgan edilar.
10. Ular qattiq faryod qilib shunday derdilar: “Yo Egamiz, Sen muqaddas va haqdirsan. Sen qachon dunyoda yashayotganlarni hukm etasan? Qachon ulardan o‘limimiz uchun qasos olasan?”
11. Bu jonlarning har biriga oq libos berildi. Ularga: “Qisqa bir muddat dam olib turinglar”, deb aytildi. Boshqa xizmatchi birodarlar ham ular singari o‘ldirilib, soni belgilangan songa yetgunga qadar ular kutib turishlari kerak edi.
12. Qo‘zi oltinchi muhrni yechayotganini men kuzatib turdim. Shunda qattiq zilzila ro‘y berdi. Quyosh qora junday tim qora bo‘lib qoldi, to‘lin oy esa qonday qip–qizil tusga kirdi.
13. Osmondagi yulduzlar yerga quladi. Ha, kuchli shamol daraxtni silkitib anjirni to‘kkanday ular yerga to‘kildi.
14. Osmon qog‘ozday o‘ralib, yo‘q bo‘lib ketdi. Har bir tog‘ va orol joyidan siljidi.
15. Dunyoning shohlari, aslzodalariyu lashkarboshilari g‘orlarga va tog‘larning qoyalari orasiga yashirindilar. Ular bilan birga boylaru kuchlilar, qulu erkin odamlar yashirindilar.
16. Ular tog‘u qoyalarga shunday deb yolvorar edilar: “Ustimizga qulang, taxtda o‘tirgan Zotning nazaridan va Qo‘zining g‘azabidan bizni yashiring!
17. Axir, Ular g‘azabini sochadigan qo‘rqinchli kun keldi! Bu kunga kim bardosh bera olardi?!”

1. Shundan keyin men yer yuzining to‘rt burchagida turgan to‘rt nafar farishtani ko‘rdim. Ular to‘rtta shamolni tutib turar edilar. Shamolning esishiga, yerga, dengizga, biron daraxtga tegishiga yo‘l qo‘ymas edilar.
2. So‘ngra men sharqdan kelayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. U barhayot Xudoning muhrini olib kelayotgan edi. Yeru dengizga zarar yetkazish qudrati berilgan to‘rtta farishtaga u baland ovozda shunday xitob qildi:
3. “Yerga, dengizga va daraxtlarga zarar yetkazmay turinglar. Biz Xudoyimizning qullari peshanalariga muhr bosib olaylik!”
4. Men muhrlangan kishilarning sonini eshitdim. Isroil qabilalarining barchasidan 144.000 kishi muhrlangan edi:
5. Yahudo qabilasidan 12.000 kishi, Ruben qabilasidan 12.000, Gad qabilasidan 12.000,
6. Osher qabilasidan 12.000, Naftali qabilasidan 12.000, Manashe qabilasidan 12.000,
7. Shimo‘n qabilasidan 12.000, Levi qabilasidan 12.000, Issaxor qabilasidan 12.000,
8. Zabulun qabilasidan 12.000, Yusuf qabilasidan 12.000, Benyamin qabilasidan 12.000 kishi.
9. Shundan keyin men sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan katta bir olomonni ko‘rdim. Turli xil xalq, qabila, elatu millatlarga mansub bo‘lgan bu odamlar taxt oldida, Qo‘zining huzurida turishardi. Hammasining egnida oq libos, qo‘llarida palma shoxlari bor edi.
10. Ular ovozlari boricha shunday hayqirishardi: “Taxtda o‘tirgan Xudoyimiz bilan Qo‘zi najot berish qudratiga egadirlar!”
11. Hamma farishtalar taxt atrofida, oqsoqollar va to‘rtta mavjudot atrofida turar edilar. Ular taxt oldida muk tushib, Xudoga sajda qilgan holda
12. shunday deyishardi: “Omin! Xudoyimizga hamdu sanolar bo‘lsin! Donoligu kuch–qudrat Sohibiga Abadulabad shukronayu shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.”
13. Oqsoqollardan biri mendan so‘radi: — Oq libos kiygan bu odamlar kim? Ular qayerdan kelganlar?
14. — Taqsir, bunisi o‘zingizga ayon, — deya javob berdim men. U menga shunday dedi: — Bular qattiq quvg‘inlardan o‘tib kelganlar. Ular liboslarini yuvib, Qo‘zining qoni bilan oqartirganlar.
15. Shuning uchun ular Xudoning taxti oldida turadilar va Uning Ma’badida kecha– kunduz xizmat qiladilar. Taxtda O‘tirgan esa ularni O‘z panohida asraydi.
16. Ular endi och qolmaydilar, chanqamaydilar. Quyosh ham, oftob ham ularni urmaydi.
17. Zotan taxt oldida turgan Qo‘zining O‘zi ularga cho‘ponlik qiladi. Ularni hayotbaxsh suv buloqlariga olib boradi. Xudo ularning ko‘zidagi har bir tomchi yoshni artib qo‘yadi.

1. Qo‘zi yettinchi muhrni yechganda, osmon yarim soatcha sukunatda qoldi.
2. Men Xudoning huzurida turgan yettita farishtani ko‘rdim. Ularning har biriga bittadan karnay berildi.
3. Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qo‘lida oltin otashkurak bor edi. Unga ko‘p xushbo‘y tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qo‘shib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi.
4. Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qo‘lidan yuqoriga Xudoning huzuriga ko‘tarildi.
5. Farishta otashkurakni olib, uni qurbongohdagi otash bilan to‘ldirdi–da, yer yuziga uloqtirib yubordi. O‘shanda momaqaldiroqning gulduros sadosi yangrab, chaqmoq chaqdi, zilzila boshlandi.
6. Yettita farishta qo‘llaridagi karnaylarni chalishga tayyorlandilar.
7. Birinchi farishta karnayini chaldi. Shunda do‘l, olov va qon yer yuziga yog‘dirildi. Yerning uchdan bir qismi yonib ketdi, daraxtlarning uchdan biri va hamma o‘t–o‘lanlar kuyib ketdi.
8. Ikkinchi farishta karnayini chaldi. Shunda lovullab yonayotgan ulkan toqqa o‘xshash bir narsa dengizga otildi. Dengizning uchdan bir qismi qonga aylandi.
9. Dengizdagi jonzotlarning uchdan bir qismi o‘ldi, kemalarning uchdan bir qismi halokatga uchradi.
10. Uchinchi farishta karnayini chaldi. Shunda osmondan ulkan bir yulduz tushdi. Mash’al bo‘lib yonayotgan bu yulduz daryolarning uchdan bir qismiga va suv buloqlariga tushdi.
11. Bu yulduzning nomi Erman edi. Suvlarning uchdan bir qismi achchiq bo‘ldi. Suvning achchiqligidan ko‘p odamlar o‘ldi.
12. To‘rtinchi farishta karnayini chaldi. Quyoshning uchdan bir qismi, oyning va yulduzlarning uchdan bir qismi zarba yeb, qorong‘ilashdi. Natijada kunduzning ham, tunning ham uchdan bir qismi yorug‘liksiz qoldi.
13. Keyin men boshim uzra uchib ketayotgan bir burgutni ko‘rdim. U baland ovozda shunday deganini eshitdim: “Yer yuzida yashayotganlarning holiga voy! Holiga voy! Holiga voy! Axir, qolgan uchta farishta hozir karnaylarini chalishadi.”

1. Beshinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men osmondan yerga tushgan bir yulduzni ko‘rdim. Unga jahannam qa’rining kaliti berilgan edi.
2. U jahannam qa’rini ochdi. Ulkan o‘choqdan chiqayotganday, jahannam qa’ridan tutun burqirab chiqdi. Bu tutundan quyosh va havo qorong‘ilashib ketdi.
3. Tutundan chigirtkalar chiqib, yer yuziga tarqaldi. Ularga yerdagi chayonlarning kuchiga o‘xshash bir kuch berilgan edi.
4. Chigirtkalarga: “Yer yuzidagi o‘t–o‘lanlarga, bironta o‘simlik yoki daraxtga tegmanglar”, deb aytilgan edi. Ular faqat peshanalarida Xudoning muhri bo‘lmagan odamlarga zarar yetkazishlari mumkin edi.
5. Odamlarni o‘ldirish chigirtkalarga man etilgandi. Ular odamlarga besh oy davomida azob berishlari kerak edi. Bu azob chayon chaqqandagi azobga o‘xshardi.
6. O‘sha besh oy davomida odamlar o‘lim izlaydilar, ammo topolmaydilar. O‘limni orzu qiladilar, ammo o‘lim ulardan qochadi.
7. Chigirtkalarning ko‘rinishi jangga shaylangan otlarga o‘xshar edi. Ularning boshida oltin tojga o‘xshagan narsalar bor, yuzlari esa odamsimon edi.
8. Sochlari ayollarning sochiga, tishlari esa arslon tishiga o‘xshar edi.
9. Ko‘kraklari temir sovutday edi. Qanotlarining tovushi esa urushga yelib borayotgan tumonat jang aravalarining tovushini eslatardi.
10. Chayonlarga o‘xshash dumlari va nishlari bor edi. Insonlarga besh oy davomida zarar yetkazish uchun olgan kuch–qudrati o‘sha dumlarida edi.
11. Ularga jahannam qa’rining farishtasi hukmronlik qilardi. Bu farishtaning oti ibroniychada Avaddon, yunonchada Apollion (ya’ni “halok qiluvchi”) demakdir.
12. Birinchi halokat o‘tdi, bundan keyin yana ikkita halokat bor.
13. Oltinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men Xudo huzuridagi oltin qurbongohning to‘rtta shoxi tomonidan kelayotgan bir ovozni eshitdim.
14. Bu ovoz karnay tutgan oltinchi farishtaga shunday dedi: “Buyuk Furot daryosi bo‘yida bog‘lab qo‘yilgan to‘rt farishtani yechib yubor!”
15. Bu to‘rtta farishta o‘sha soat, o‘sha kun, o‘sha oy va o‘sha yil uchun saqlab kelingan edi. Ular insoniyatning uchdan bir qismini qirib tashlash uchun bo‘shatildi.
16. Ular ikki yuz millionlik otliq qo‘shinni boshqarishardi, men ularning sonini eshitdim.
17. Men ko‘rgan vahiydagi otlar bilan suvorilarning ko‘rinishi quyidagicha edi: suvorilarning sovutlari olovday qizil, to‘q ko‘k va oltingugurtday sariq rangda edi. Otlarning boshi arslon boshiga o‘xshar, og‘izlaridan olov, tutun va oltingugurt otilib chiqardi.
18. Insoniyatning uchdan bir qismi shu uch balodan — olov, tutun va oltingugurtdan o‘ldi.
19. Otlarning kuchi og‘zida ham, dumlarida ham edi. Ularning dumlari ilonlarga o‘xshardi. Bu ilonlar odamlarni chaqib, jarohatlardi.
20. Bu balolardan omon qolgan insonlar esa o‘zlari yasagan butlaridan voz kechmadilar, jinlarga sig‘inishdan qaytmadilar. Ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, yurmaydigan oltin, kumush, bronza, tosh va yog‘och butlarga sajda qilaverdilar.
21. Qotilliklaridan, issiq–sovuq qilishdan, fahsh– zino va o‘g‘irliklaridan qaytmadilar.

1. Men osmondan tushayotgan boshqa kuchli bir farishtani ko‘rdim. U bulutga burkangan edi. Uning boshi uzra kamalak bor edi. Yuzi quyoshday porlar, oyoqlari olov ustunlariday lovullab turar edi.
2. Uning qo‘lida kichkinagina ochilgan o‘rama qog‘oz bor edi. U o‘ng oyog‘ini dengiz ustiga, chap oyog‘ini yer yuziga qo‘yganicha,
3. sher o‘kirganday qattiq hayqirdi. U hayqirganda yettita momaqaldiroq ham tilga kirib, gulduros ovoz bilan gapira boshladi.
4. Yettita momaqaldiroq gapirganda, men yozmoqchi bo‘ldim. Lekin osmondan bir ovoz shunday dedi: — Yettita momaqaldiroqning gaplarini yozma, ularni sir saqla!
5. Dengiz va yer yuzida turgan, men ko‘rgan farishta o‘ng qo‘lini osmonga ko‘tardi.
6. U to abad barhayot Xudo haqi ont ichdi. Yeru osmonni, dengiz va ularni to‘ldirgan jamiki jonivorlarni yaratgan Xudo haqi ont ichib, shunday dedi: — Xudo payg‘ambar qullariga O‘zining sir tutgan rejasini ma’lum qilgandi.
7. Yettinchi farishta karnay chalganda, Xudo o‘sha rejasini amalga oshiradi. Endi kechiktirmaydi.
8. Osmondan kelgan ovoz menga yana dedi: — Bor, dengiz va yer ustida turgan farishtaning qo‘lidan ochiq o‘rama qog‘ozni ol.
9. Men farishtaning yoniga borib: — O‘rama qog‘ozni menga bering, — dedim. Farishta menga dedi: — Mana, ol! Uni yegin! U ichingni achitib yuboradi, og‘zingga esa asalday shirin ta’m beradi.
10. Men o‘rama qog‘ozni farishtaning qo‘lidan olib yedim. U og‘zimda asaldek shirin edi. Ammo uni yutganimdan keyin ichim achishib ketdi.
11. So‘ng menga shunday deb aytishdi: — Sen yana ko‘p elatlar haqida, xalqlar, millatlaru shohlar haqida bashorat qilishing kerak.

1. Menga o‘lchash uchun bir qamish berildi, so‘ng shunday deb aytildi: “Bor, Xudoning Ma’badini va qurbongohni o‘lchab chiq. U yerda sajda qiluvchilarni sanagin.
2. Ma’badning tashqi hovlisini esa qoldir, uni o‘lchama. Chunki u yer butparastlarga berilgan. Ular muqaddas shaharni qirq ikki oy oyoq osti qiladilar.
3. Men ikki shohidimga qudrat beraman. Ular egnilariga qanor kiyib, 1260 kun davomida va’z qiladilar.
4. Bu ikki shohid — butun dunyo Egasining huzurida turgan ikkita zaytun daraxti va ikkita chiroqpoyadir.
5. Bordi–yu, birontasi ularga ozor yetkazmoqchi bo‘lsa, ularning og‘zidan olov chiqib, o‘sha dushmanni yeb bitiradi. Ularga ozor berishni istaganlar shu yo‘sinda halok bo‘ladi.
6. Bu ikki shohid va’z qiladigan kunlarda yomg‘ir yog‘masligi uchun Xudo ularga osmonni berkitish qudratini bergan. Ularga yana suvni qonga aylantirish va yer yuzini istagan vaqtlarida turli baloyu ofatlarga yo‘liqtirish qudrati berildi.
7. Ular shahodat berib bo‘lganlaridan keyin, tubsiz chuqurlikdan chiqqan bir mahluq ular bilan jang qiladi, ularni yengib, o‘ldiradi.
8. Ularning jasadlari buyuk shaharning ko‘chasida yotadi. Shohidlarning Rabbiysi Iso ham o‘sha shaharda xochga mixlangan edi. O‘sha shaharning ramziy nomi Sado‘m va Misrdir.
9. Barcha elu qabilalar, millatu xalqlardan bo‘lgan odamlar uch yarim kun davomida ularning jasadlarini tomosha qiladilar. Ularni dafn etishga ruxsat berishmaydi.
10. Yer yuzida yashayotganlar shohidlarning o‘limidan sevinib xursandchilik qilishadi. Bir–birlariga hadyalar yuborishadi. Chunki ikkala payg‘ambar yer yuzida yashovchilarga ko‘p azob bergan edi.”
11. Ammo uch yarim kundan keyin ikkala payg‘ambarning vujudiga Xudoning hayot nafasi kirdi. Shunda ular oyoqqa turdilar. Ularni ko‘rgan hammani qattiq vahima bosdi.
12. Ikki payg‘ambar osmondan kelgan baland bir ovozning: “Bu yoqqa chiqinglar!” — deganini eshitishdi, shunda ular dushmanlarining ko‘z o‘ngida bulut ichida osmonga ko‘tarilishdi.
13. O‘sha zahoti shiddatli zilzila yuz berdi. Shaharning o‘ndan bir qismi quladi. Zilzilada yetti ming kishi nobud bo‘ldi. Qolganlari esa vahimaga tushib, Samoviy Xudoni ulug‘lashdi.
14. Ikkinchi halokat o‘tdi. Mana, uchinchi halokat tez yaqinlashyapti.
15. Yettinchi farishta karnayini chaldi. Osmonda baland ovozlar yangradi. Ular shunday deb aytayotgan edilar: “Endi bu dunyo hukmronligi, Egamizga va Uning Masihiga tegishlidir. Ular abadulabad hukmronlik qilishadi.”
16. Shunda Xudoning huzuridagi o‘z taxtlarida o‘tirgan yigirma to‘rt nafar oqsoqol yuz tuban yerga muk tushdilar. Ular Xudoga sajda qilib dedilar:
17. “Yo Qodir Xudo — Egamiz! Sen bor bo‘lgansan, hozir ham borsan. Biz Senga tashakkurlar aytamiz. Axir, Sen buyuk qudratingni namoyon etding, Hukmronlik qila boshlading.
18. Xalqlar Sendan g‘azablangandi, Endi Sen ham g‘azabga minding. Endi vaqti keldi o‘liklarni hukm qilishga, Payg‘ambar qullaringni, azizlaringni mukofotlashga, Sendan qo‘rqqan kattayu kichikni taqdirlashga. Yerni vayron qilganlarni vaqti keldi xonavayron qilishga!”
19. So‘ng Xudoning osmondagi Ma’badi ochildi. Ma’badda Xudoning Ahd sandig‘i ko‘rindi. O‘shanda chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, zilzila boshlandi, shiddatli do‘l yog‘di.

1. Osmonda ajoyib bir alomat ro‘y berdi: quyoshga burkangan bir ayol paydo bo‘ldi. Uning oyoqlari ostida oy va boshida o‘n ikki yulduzli toj bor edi.
2. Ayol homilador bo‘lib, uni to‘lg‘oq tutar, dard bilan baqirar edi.
3. So‘ngra osmonda boshqa bir alomat ko‘rindi: yetti boshli, o‘nta shoxli ulkan qizil ajdaho paydo bo‘ldi. Uning har bir boshida bittadan toji bor edi.
4. U dumi bilan osmondagi yulduzlarning uchdan bir qismini sudrab, yerga uloqtirdi. Ajdaho to‘lg‘oq tutgan ayolning oldiga turib oldi. Chaqaloq tug‘ilishi bilanoq ajdaho uni yutib yubormoqchi edi.
5. Ayol o‘g‘il ko‘rdi. Kelajakda barcha xalqlarni temir xivchin bilan boshqaradigan bu o‘g‘lon darhol olib ketildi. U Xudoning huzuriga, taxtga keltirildi.
6. Ayol esa cho‘lga qochib ketdi. U yerda 1260 kun davomida ayolga g‘amxo‘rlik qilishsin deb, Xudo maxsus joy hozirlab qo‘ygan edi.
7. Shundan keyin osmonda jang boshlandi. Mikoil va uning farishtalari ajdahoga qarshi chiqishdi. Ajdaho ham o‘zining farishtalari bilan Mikoilga qarshi jang qildi.
8. Ammo ajdaho talafot ko‘rdi. Unga va uning farishtalariga endi osmonda joy yo‘q edi.
9. Ulkan ajdaho yerga uloqtirildi. Butun dunyoni aldagan bu qadimgi ilon iblis va shayton deb atalgan. U o‘z farishtalari bilan yerga uloqtirildi.
10. Shunda men osmondan baland ovozda aytilgan bu so‘zlarni eshitdim: “Xudoyimiz najotu qudratini ayon qildi, Mana, Uning Shohligi keldi. Masihining hokimiyati o‘rnatildi. Axir, birodarlarimizning tuhmatchisi yerga uloqtirildi, Ha, Xudoyimiz huzurida kecha–kunduz Ularga tuhmat qilayotgan iblis pastga otildi.
11. Ular Qo‘zining qoni tufayli, O‘zlarining shahodat so‘zi tufayli uni yengdilar. Hatto o‘lim xavfi ostida bo‘lganlarida jonlarini ayamadilar.
12. Ey osmonu falak, xursand bo‘l! Unda yashovchilar, shodlaning! Ammo, yeru dengiz, sizning holingizga voy! Zero, iblis oldingizga tushdi. Vaqti oz qolganini bilib, u qahru g‘azabga mindi.”
13. Ajdaho o‘zining yer yuziga uloqtirilganini anglagach, o‘g‘il bola tuqqan ayolni ta’qib qila boshladi.
14. Ayol o‘sha ilondan qocha olishi uchun unga katta burgutning ikki qanoti berildi. U sahroga — uch yarim yil davomida unga g‘amxo‘rlik qilinadigan joyga qochib borishi kerak edi.
15. Ilon esa, uni sel oqizib ketsin deb, og‘zini ochdi–da ayolning ketidan daryoday suv oqizdi.
16. Ammo yer ayolga yordam berdi. Yer dahanini ochib, ajdaho oqizgan daryoni yutib yubordi.
17. Ajdaho ayoldan qattiq g‘azablandi. U ayolning boshqa farzandlari bilan jang qilgani chiqdi. Ayolning farzandlari — Xudoning amriga itoat qilgan va Isoning shahodatiga sodiq qolgan odamlardir.

1. Ajdaho dengizning qum sohiliga borib turdi. To‘satdan men dengizdan bir mahluq chiqib kelganini ko‘rdim. Uning yettita boshi va o‘nta shoxi bor edi. Har bir shoxiga bittadan toj kiydirilgan, har bir boshiga esa kufrona nom yozilgandi.
2. Men ko‘rgan bu mahluq qoplonga o‘xshardi. Oyoqlari ayiqning oyog‘iga, og‘zi esa sherning og‘ziga o‘xshar edi. Ajdaho bu mahluqqa o‘z qudrati, taxti va buyuk hokimiyatini berdi.
3. Mahluqning boshlaridan biri davolab bo‘lmaydigan darajada qattiq yaralangan edi. Ammo uning bu yarasi sog‘ayib qoldi. Shunda butun jahon hayratda qolib, mahluqqa ergashdi. Odamlar ajdahoga sajda qilishdi, chunki ajdaho mahluqqa o‘z hokimiyatini berdi.
4. Ular mahluqqa ham sajda qilib shunday deb aytishardi: “Kim ham bu mahluqqa teng kelardi?! Kim ham unga qarshi chiqa olardi?!”
5. Mahluqqa takabburona va kufrona so‘zlar sochadigan og‘iz berildi. Unga qirq ikki oy davomida hukmronlik qilish huquqi berildi.
6. Mahluq kufr ketib, Xudoni va Xudoning nomini la’natladi. U Xudo yashaydigan makonga va osmonda yashaydigan har bir mavjudotga la’natlar yog‘dirdi.
7. Unga Xudoning azizlariga qarshi jang qilish va ularni yengish uchun izn berildi. Unga har bir qabila, elat, millat va xalq ustidan hokimiyat berildi.
8. Bu dunyoga qarashli odamlarning hammasi mahluqqa sajda qilishadi. Dunyo yaratilganidan beri bu odamlarning ismlari bo‘g‘izlangan Qo‘zining hayot kitobiga yozilmagan.
9. Kimning qulog‘i bo‘lsa eshitsin!
10. Hamma peshanasidagini ko‘radi: Ba’zilar asirlikka tushib, surgunga ketadi. Ba’zilar qilichdan o‘tkaziladi, Bu vaziyat Xudo azizlaridan sabr–toqatu imonni talab qiladi.
11. Bundan so‘ng men yerdan chiqayotgan boshqa bir mahluqni ko‘rdim. Uning ikki shoxi qo‘chqorning shoxlariga o‘xshardi, u ajdahoday gapirardi.
12. U birinchi mahluqqa xizmat qilib, uning butun hokimiyatini ishga solardi. Butun yer yuzi va u yerda yashaganlar yarasi tuzalgan birinchi mahluqqa sajda qilsin, deb ularni majburlardi.
13. Bu ikkinchi mahluq buyuk va mo‘jizali alomatlar ko‘rsatdi. U hatto hammaning ko‘zi oldida osmondan yerga olov tushirdi.
14. Birinchi mahluqning nomidan bu mo‘jizali alomatlarni ko‘rsatishga unga izn berilgandi. Bu alomatlari bilan u yer yuzidagi odamlarni yo‘ldan ozdirdi. U odamlarga: “Qilichdan yaralangan, ammo sog‘ qolgan mahluqning tasvirini yasanglar”, deb buyurdi.
15. Unga mahluqning tasviriga jon ato etish qudrati berilgandi. Mahluq tasviri tilga kirdi va o‘ziga sajda qilmaganlarning hammasini o‘ldirtirdi.
16. U hammani — kattayu kichikni, boyu kambag‘alni, qulu erkin odamni majburlab, ularning o‘ng qo‘li yoki peshanasiga tamg‘a bostirdi.
17. Kimda mahluqning tamg‘asi bo‘lmasa, u mutlaqo oldi–sotdi qilolmasdi. Tamg‘ada mahluqning nomi yoki nomining soni yozilardi.
18. Bunda hikmat bor. Aqli yetgan odam mahluqning sonini hisoblab chiqsin, chunki bu son — ma’lum bir insonni bildiradigan sondir. Uning soni 666.

1. Men Sion tog‘ida Qo‘zining turganini ko‘rdim. Qo‘zi bilan birga 144.000 kishi bor edi. Ularning peshanalariga Qo‘zining va Otasining ismi yozilgandi.
2. Shunda men osmondan bir tovush eshitdim. Bu tovush dengizning shovullashiday, gumburlagan momaqaldiroq tovushiday edi. U xuddi arfa chalayotgan cholg‘uchilarning kuyiga o‘xshardi.
3. O‘sha 144.000 kishi taxt oldida, to‘rtta jonli mavjudot va oqsoqollar oldida yangi bir qo‘shiq kuylayotgan edilar. Dunyodan qutqarib olingan bu 144.000 kishidan boshqa hech kim bu qo‘shiqni o‘rgana olmas edi.
4. Bu odamlar bulg‘anmaganlar, bokira qizlarday o‘zlarini pok saqlaganlar. Qo‘zi qayoqqa borsa, Uning orqasidan ergashganlar. Insonlar orasidan qutqarib olingan bu odamlar ilk hosil singari Xudo va Qo‘ziga nazr qilinganlar.
5. Ularning tilida yolg‘on– makr yo‘q, ular benuqsondirlar.
6. Shundan keyin boshim uzra uchib borayotgan bir farishtani ko‘rdim. Bu farishta yer yuzida yashovchi har bir xalq va qabilaga, har qanday millatu elatga abadiy Xushxabarni e’lon qilayotgan edi.
7. U baland ovozda shunday dedi: “Xudodan qo‘rqing, Uni ulug‘lang! U xalqlarni hukm qiladigan vaqt keldi. Yeru osmonni, dengizu buloqlarni Yaratganga sajda qiling!”
8. Uning ketidan ikkinchi farishta uchib kelib, shunday dedi: “Vayron bo‘ldi! Buyuk Bobil shahri vayron bo‘ldi! Bobil shahvoniy hirsi sharobidan Hamma xalqlarga ichirgandi.”
9. Ularning ketidan uchinchi farishta uchib kelib, baland ovozda shunday dedi: — Kimki mahluqqa va uning tasviriga sajda qilib, peshanasi yoki qo‘liga tamg‘a qabul qilsa,
10. u Xudoning g‘azab sharobidan ichadi. Qahr kosasiga quyilgan bu sharob nihoyatda kuchlidir. Bunday odamlar muqaddas farishtalar va Qo‘zi oldida yonayotgan oltingugurt ichida azob chekadilar.
11. Azoblarining tutuni abadulabad burqirab turadi. Mahluq va uning tasviriga sajda qilib, mahluq nomli tamg‘ani qabul qilganlar kechayu kunduz tinchlik ko‘rmaydilar.
12. Bunday vaziyatda Xudoning amrlariga itoat qilgan va Isoga sodiq qolgan Xudoning azizlaridan sabr–toqat talab qilinadi.
13. Shunda men osmondan bir ovoz eshitdim. U menga dedi: — Shunday deb yoz: Bundan buyon Rabbimiz Isoga umid bog‘lab, olamdan ko‘z yumganlar baxtlidir! — Ha, — deydi Ruh, — ular qilgan og‘ir mehnatidan dam olsinlar, mehnatining rohatini ko‘rsinlar.
14. Shundan keyin men oq bir bulutni ko‘rdim. Bulut ustida inson qiyofasidagi bir Zot o‘tirgandi. Uning boshida oltin toj, qo‘lida o‘tkir o‘roq bor edi.
15. Keyin Ma’baddan bir farishta chiqdi. U bulut ustida o‘tirgan Zotga baland ovozda shunday dedi: “O‘rog‘ingizni ishga soling, chunki o‘rim– terim vaqti keldi. Mana, yerning hosili yetildi.”
16. Bulut ustida o‘tirgan Zot yerga o‘roq soldi, yerning hosili o‘rildi.
17. Osmondagi Ma’baddan boshqa bir farishta chiqdi. Uning ham o‘tkir o‘rog‘i bor edi.
18. So‘ng qurbongoh oldidan yana boshqa bir farishta keldi. U qurbongohdagi olov uchun mas’ul edi. U o‘tkir o‘roqli farishtaga baland ovozda xitob qildi: “O‘tkir o‘rog‘ingni ishga sol. Yerdagi uzum boshlarini yig‘. Axir, uzum pishib bo‘ldi.”
19. Farishta o‘rog‘ini yerga soldi. Yerdagi uzum boshlarini yig‘ib, Xudoning uzum ezadigan katta qahr–g‘azabi chuquriga uloqtirdi.
20. Shahar tashqarisidagi o‘sha chuqurda uzumlarni eza boshlashdi. Chuqurdan qon daryo bo‘lib oqib chiqdi. Bu qonli daryo 1600 o‘q otimi masofaga oqib bordi, u shunchalik chuqur ediki, deyarli otni ko‘mib yuborar edi.

1. Men osmonda buyuk va hayratga soladigan boshqa bir alomatni ko‘rdim. Osmonda yettita farishta turardi, har birining qo‘lida bittadan balo bor edi. Bu balolar so‘nggi balolar bo‘lib, Xudo g‘azabini yakunlar edi.
2. Men go‘yo olov aralash shishadan yasalgan bir dengizni ko‘rdim. Uning yonida odamlar turgan edi. Ular mahluq ustidan, uning tasviri va nomini bildirgan son ustidan g‘alaba qozongan edilar. Ularning qo‘llarida Xudo bergan arfalar bor edi.
3. Ular Xudo quli Musoning qo‘shig‘ini va Qo‘zining qo‘shig‘ini kuylab, shunday derdilar: “Yo Qodir Xudo — Egamiz, Buyuk va ajoyibdir Sening ishlaring. Ey xalqlarning Shohi! To‘g‘ri va haqdir Sening yo‘llaring.
4. Ey Egamiz, Sendan qo‘rqmaydigan bormi?! Nomingni ulug‘lamaydigan bormi?! Axir, yolg‘iz O‘zing muqaddasdirsan. Jamiki xalqlar huzuringga keladilar, Ular Senga sajda qiladilar. Zero, odil hukmlaring hammaga ayon bo‘ldi.”
5. Shundan so‘ng men samoviy Ma’badning eng muqaddas xonasi ochilganini ko‘rdim.
6. Ma’baddan yetti baloni tutgan yettita farishta chiqdi. Ularning egnida toza, oppoq zig‘ir liboslar bor edi, ko‘kslariga oltin tasmalar bog‘langan edi.
7. To‘rtta mavjudotdan biri bu yetti farishtaga yettita oltin kosani berdi. Bu kosalar to abad barhayot Xudoning g‘azabi bilan to‘lgan edi.
8. Ma’bad Xudoning ulug‘vorligi va qudrati tutuniga to‘lib ketdi. Yetti farishtaning yetti balosi tamom bo‘lmagunga qadar, hech kim Ma’badga kira olmadi.

1. Bundan keyin men Ma’baddan kelayotgan baland bir ovozni eshitdim. O‘sha ovoz yettita farishtaga shunday dedi: “Boringlar, Xudoning g‘azabiga to‘lib–toshgan yetti kosadagi balolarni yerga to‘kinglar.”
2. Birinchi farishta borib, kosasidagini yerga to‘kdi. Mahluqning tamg‘asi bosilgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarda og‘ir, jirkanch yaralar paydo bo‘ldi.
3. Ikkinchi farishta kosasidagini dengizga to‘kdi. Dengiz o‘likning qoniga o‘xshab qoldi. Dengizdagi hamma jonivorlar qirilib ketdi.
4. Uchinchi farishta kosasidagini daryolarga va buloqlarga to‘kdi, ular ham qonga aylandi.
5. Suvlar uchun mas’ul bo‘lgan farishtaning shunday deganini eshitdim: “Ey Muqaddas Xudo, Sen bor bo‘lgansan, hozir ham borsan. Sening chiqargan bu hukmlaring odildir.
6. Azizlaring va payg‘ambarlaringning qonini to‘kkanlarga Sen qon ichirding, ular bunga loyiqdir.”
7. Qurbongohdan bir ovoz eshitildi, u shunday dedi: “Ha, Qodir Xudo — Egamiz! Sening hukmlaring haq va adolatlidir.”
8. To‘rtinchi farishta o‘z kosasini quyosh ustiga to‘kdi, quyoshga insonlarni olov bilan yondirish qudrati berildi.
9. Jazirama issiq insonlarni kuydirganda, ular bu ofatlar ustidan hokimiyatga ega bo‘lgan Xudoni la’natladilar. Ular qilmishlaridan tavba qilmadilar, Xudoni ulug‘lamadilar.
10. Beshinchi farishta kosasidagini mahluq taxtiga to‘kdi, mahluqning saltanati zimistonga chulg‘anib qoldi. Odamlar chekkan azobidan tillarini tishlardilar.
11. Yaralarining og‘rig‘idan Samoviy Xudoni la’natlardilar. Ammo qilmishlaridan tavba qilmadilar.
12. Oltinchi farishta kosasidagini buyuk Furot daryosi ustiga to‘kdi. Daryoning suvi quridi. Sharqdan bostirib keladigan shohlarga yo‘l ochildi.
13. Bundan keyin men qurbaqalarga o‘xshash uchta yovuz ruhni ko‘rdim. Ular ajdaho, mahluq va soxta payg‘ambarning og‘izlaridan chiqayotgan edilar.
14. Bular jinlar bo‘lib, mo‘jizali alomatlar ko‘rsata olardi. Ular Qodir Xudoning ulug‘ kunida bo‘ladigan jangga barcha jahon shohlarini to‘plagani bordilar.
15. Masihning shunday gaplarini yodingizda tuting: “Mana, Men o‘g‘ri kabi nogahon kelaman! Hushyor turgan kishi baxtlidir, Yalang‘och yurmayin, sharmanda bo‘lmayin deb, Kiyimini taxt qilib qo‘ygan kishi baxtlidir!”
16. Uchta yovuz ruh shohlarni ibroniychada Xar– Magido‘n degan joyga to‘pladilar.
17. Yettinchi farishta kosasidagini havoga to‘kdi. Ma’baddagi taxtdan: “Amalga oshdi!” — degan baland bir ovoz keldi.
18. Shu vaqt chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, kuchli zilzila bo‘ldi. Zilzila shu qadar kuchli ediki, yer yuzida inson yashagandan beri bunaqasi bo‘lmagandi.
19. Buyuk shahar uch qismga bo‘linib ketdi. Boshqa xalqlarning shaharlari yer bilan yakson bo‘ldi. Xudo buyuk Bobil shahrini yodga oldi. U Bobilga kosadagi g‘azabi sharobidan berdi.
20. Har bir orol o‘rnidan jildi, tog‘lar ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
21. Osmondan odamlar ustiga yirik do‘l yog‘ildi. Har bir do‘l donasining og‘irligi 45 kilo chiqardi. Bu dahshatli do‘l dastidan odamlar Xudoni la’natlashardi.

1. Yettita kosani tutgan yetti farishtadan biri kelib, menga shunday dedi: “Bu yoqqa kel, men senga mashhur fohishaning oladigan jazosini ko‘rsataman. Fohisha timsolidagi bu buyuk shahar serob suvlar bo‘yida joylashgan.
2. Yer yuzining shohlari u bilan zino qilardi, yer yuzida yashayotganlar uning fahshu zino sharobidan ichib, mast bo‘lardi.”
3. Muqaddas Ruh meni qamrab oldi, farishta meni cho‘lga olib bordi. U yerda men qip–qizil mahluq ustida o‘tirgan bir ayolni ko‘rdim. Mahluqning hamma yog‘iga kufrona nomlar yozilgandi, uning yettita boshi va o‘nta shoxi bor edi.
4. Ayol safsar va qip–qizil liboslar kiygan, oltin, javohirlar va marvaridlar bilan bezangandi. Uning qo‘lida oltin kosa bor edi, bu kosa jirkanchli narsalarga, fahshu haromliklariga to‘lib–toshgan edi.
5. Ayolning peshanasiga sirli ma’noga ega bo‘lgan shunday bir ism yozilgandi: “Buyuk Bobil — fohishalarning va yer yuzidagi jirkanch ishlarning onasidir.”
6. Men ayolning Xudo azizlari qonidan, ya’ni Iso shohidlari qonidan mast bo‘lganini ko‘rdim. Uni ko‘rib, g‘oyat darajada hayron qoldim.
7. Farishta menga dedi: “Nega hayron bo‘lasan? Men senga ayolning va u mingan yetti boshli, o‘n shoxli mahluqning sirini aytib beraman.
8. Sen ko‘rgan bu mahluq qachonlardir bor edi, endi esa yo‘q. U ko‘p o‘tmay tubsiz chuqurlikdan chiqadi va mahv etiladi. Dunyo yaratilgandan beri ismlari hayot kitobiga yozilmagan yer yuzidagi hamma odamlar mahluqni ko‘rib, hayron qoladilar. Chunki bu mahluq bor edi, hozir yo‘q, ammo yana keladi.
9. Bularni anglamoq uchun aqlu idrok darkor. Mahluqning yetti boshi — ayol o‘tirgan yettita tepalikning timsolidir.
10. Bu yetti bosh yettita shohni ham bildiradi. Bularning beshtasi qulagan, bittasi hozir hukmronlik qilyapti, boshqasi esa hali kelgani yo‘q. U kelganda ham ko‘p vaqt turmaydi.
11. Ilgari bor, hozir yo‘q mahluq esa yettita shohdan biri bo‘la turib, sakkizinchi shoh sifatida qaytib keladi va mahv etiladi.
12. Sen ko‘rgan mahluqning o‘nta shoxi hali taxtga o‘tirmagan boshqa o‘nta shohni bildiradi. Ular qisqa vaqt davomida mahluq bilan birga hukmronlik qiladilar.
13. Bular birlashib, o‘zlarining qudrati va hokimiyatini mahluqqa topshiradilar.
14. Ular Qo‘ziga qarshi jang qiladilar. Ammo Qo‘zi O‘zining da’vat etilgan, tanlangan va sodiq izdoshlari bilan ularni yengadi. Axir, Qo‘zi hokimlarning Hokimi, shohlarning Shohidir.”
15. Farishta menga yana shunday dedi: “Sen fohishaning suvlar bo‘yida o‘tirganini ko‘rding. Bu suvlar to‘da–to‘da elatlarni, xalqlaru millatlarni bildiradi.
16. Sen ko‘rgan o‘nta shox va mahluq fohishadan nafratlanadilar. Uni xonavayron qilib, yalang‘och qoldiradilar. Uning etini yeydilar, qoldiqlarini esa olovda yondiradilar.
17. Xudoning aytgan so‘zlari amalga oshmaguncha, o‘nta shoh birlashib, o‘z hokimiyatini mahluqqa topshiradi. Zero, bu maqsadni ularning diliga Xudoning O‘zi solgan.
18. Sen ko‘rgan ayol — yer yuzi shohlari ustidan hukmronlik qiladigan buyuk shahardir.”

1. Bundan keyin men osmondan tushib kelayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. Unda buyuk hokimiyat bor edi. Uning ulug‘vorligidan yer yuzi yorishib ketdi.
2. U qattiq hayqirib, shunday dedi: “Vayron bo‘ldi! Buyuk Bobil vayron bo‘ldi! U jinlarning makoni, har turli yovuz ruhning panohi, Har qanday harom va jirkanch qushning uyasi bo‘lib qoldi. Axir, barcha xalqlar Bobilning Shahvoniy hirsi sharobidan ichgandi.
3. Yer yuzi shohlari u bilan zino qilgandi, Yer yuzi savdogarlari Uning cheksiz shahvati tufayli boylik orttirgandi.”
4. Shu payt men osmondan kelayotgan boshqa bir ovozni eshitdim. U shunday dedi: “Ey xalqim, Bobildan chiqib keting! Tag‘in gunohlariga sherik bo‘lib qolmang, Tag‘in sizlar ham balolariga duchor bo‘lmang!
5. Zero, uning gunohlari uyulib ko‘kka yetdi, Xudo uning jinoyatlarini yodga oldi.
6. Bobil sizga nima qilgan bo‘lsa, Xudo ham unga shuni qilsin! Qilmishiga yarasha ikki barobar jazosini bersin! O‘zi tayyorlagan ichimlikdan unga ikki barobar ichirsin!
7. Bobil qay darajada kekkayib, kayf–safo surgan bo‘lsa, Unga shu darajada azobu iztirob berilsin! Axir, u dilida shunday demoqda: Men malikaman, beva emasman, Aslo qayg‘u chekmayman.”
8. Shu bois uning boshiga balolar keladi, U bir kunning ichida o‘lat, qayg‘u, qahatchilikka duchor bo‘ladi. Uni olovda yondirishadi. Axir, uni hukm qiluvchi Egamiz Xudo qudratlidir!
9. Bobil bilan zino qilib, kayf–safo surgan yer yuzi shohlari yonayotgan Bobilning tutunini ko‘rib, uning holiga ho‘ngrab yig‘laydilar.
10. Bobilning azob–uqubatidan dahshatga tushib, uzoqdan turib, deydilar: “Ey buyuk shahar, holingga voy! Ey qudratli Bobil, holingga voy! Sen bir soatdayoq jazoingni olding!”
11. Yer yuzi savdogarlari ham uning holiga yig‘lab motam tutadilar. Chunki ularning molini endi hech kim sotib olmaydi.
12. Oltin, kumush, javohirlaru marvaridlarni, mayin zig‘ir matosi, shoyi, safsaru qirmizi gazlamalarni, turli xil xushbo‘y yog‘ochlarni, fil suyagidan yasalgan har xil buyumlarni, eng qimmatbaho yog‘ochdan, bronzadan, temirdan va marmardan yasalgan buyumlarni,
13. dolchin, ziravorlar, xushbo‘y tutatqilar va mirrani, sharob, zaytun moyini, oliy navli un va bug‘doyni, mol–qo‘ylarni, otlaru aravalarni, odamlarning jonini, tanasini ham sotib oladigan boshqa hech kim bo‘lmaydi.
14. Savdogarlar shunday deb aytishadi: “Ey Bobil, sen orzu qilgan ne’matlaring yo‘q bo‘ldi. Hashamatu savlating nom–nishonsiz g‘oyib bo‘ldi.”
15. Ha, o‘sha mollarini Bobilga sotib, boyib ketgan savdogarlar Bobilning azob–uqubatidan dahshatga tushib, qayg‘urib yig‘laydilar:
16. “Holingga voy! Ey buyuk shahar, holingga voy! Sen mayin zig‘ir matosidan kiyim kiyar eding, Safsaru qirmizi liboslar ila yasanarding. Oltin, javohirlaru marvaridlar ila bezanarding.
17. Shunday boyliging bir soatdayoq nobud bo‘ldi–ya!” Har bir kema darg‘asi, kemadagi yo‘lovchilar, dengizchilar va dengizda savdo–sotiq qiluvchilarning hammasi uzoqdan Bobilga qarab turadilar.
18. Shahardagi yong‘indan chiqayotgan tutunni ko‘rib, shunday faryod qiladilar: “Bu buyuk shaharga teng keladigani yo‘
19. Ular boshlariga kul sochib, faryod chekib, qayg‘urib, dod soladilar: “Holingga voy! Ey buyuk shahar, holingga voy! Dengizdagi kemalarga ega bo‘lganlar Sening ziynatlaring tufayli boylik orttirdilar. Endi esa sen bir soatdayoq xarob bo‘lding!”
20. Ey osmon, uning holidan shodlangin, Ey Xudoning azizlari, xursand bo‘ling, Havoriylaru payg‘ambarlar, sevining! Zero, Xudo sizlarni deb, Bobilni jazoladi.
21. Keyin kuchli bir farishta tegirmon toshiga o‘xshash katta toshni ko‘tarib dengizga uloqtirdi– da, shunday dedi: “Mana shunday shiddat bilan Buyuk shahar Bobil qulaydi! Endi u aslo qad ko‘tarmaydi.
22. Arfachilaru ashulachilarning ovozlari senda eshitilmas, Naychiyu karnaychilarning kuyi senda yangramas. Endi bironta hunarmand senda ustaxona ochmaydi. Tegirmon toshining tovushi ko‘chalaringda eshitilmaydi.
23. Endi ko‘chalaringdagi chiroqlar shu’la sochmaydi, Kuyov bilan kelinning ovozi eshitilmaydi. Zero, savdogarlaring butun dunyoga so‘zini o‘tkazardi, Sehr–jodularing dastidan jamiki xalqlar aldangan edi.
24. Payg‘ambarlar va Xudo azizlarining qoni ko‘chalaringda to‘kildi, Ha, yer yuzida qirg‘inga duchor bo‘lganlar senda o‘ldirildi.”

1. Bundan keyin men osmondagi katta olomonning g‘ala–g‘ovuriga o‘xshash baland ovozlarni eshitdim: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Najot, ulug‘vorlik va qudrat Xudoyimizga tegishlidir.
2. Zotan U to‘g‘ri va adolatli hukm qiladi. Yer yuzini fahsh–zino ila bulg‘agan o‘taketgan fohishani U mahkum etdi, Undan O‘z qullarining xunini oldi.”
3. Olomon yana shunday deb hayqirdi: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Bobildan to abad burqirab tutun chiqadi.”
4. Shu payt yigirma to‘rt nafar oqsoqol va to‘rtta mavjudot yerga muk tushib: “Omin! Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!” — deya taxtda o‘tirgan Xudoga sajda qildilar.
5. Keyin taxtdan bir ovoz keldi: “Ey Xudoyimizning barcha qullari, Undan qo‘rquvchi kattayu kichiklar, Unga hamdu sano aytinglar!”
6. So‘ngra men ko‘p xaloyiqning ovoziga o‘xshash, shovullagan dengiz, gumburlagan momaqaldiroqning sadosiga o‘xshash ovozlarni eshitdim. Ular shunday der edilar: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Qodir Xudo — Egamiz hukmronlik qilmoqda!
7. Sevinib xursand bo‘laylik, Hammamiz Uni ulug‘laylik! Axir, Qo‘zining nikoh soati yetdi, Uning kelini o‘zini to‘yga tayyorladi.”
8. Kiyishi uchun kelinga yarqiragan, pok, mayin zig‘ir libos berildi. Bu libos — Xudo azizlarining odil ishlaridir.
9. Keyin farishta menga shunday dedi: — Qani, yoz: Qo‘zining nikoh to‘yiga taklif etilganlar baxtlidir! Yana qo‘shib dedi: — Bular Xudoning haq so‘zlaridir.
10. Men unga sajda qilish uchun o‘zimni oyoqlari ostiga tashladim. Lekin u menga dedi: — Yo‘q, menga sajda qilma! Faqat Xudoga sajda qil! Men ham senga o‘xshab Xudoga xizmat qilyapman, Iso haqida shahodat beradigan sen va birodarlaring singari Xudoning xizmatkoriman. Darhaqiqat, Iso haqida shahodat berganlar payg‘ambarlardir, ular Xudoning haq xizmatkorlaridir.
11. Bundan keyin men osmonning ochilganini ko‘rdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq, deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi.
12. Uning ko‘zlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida ko‘p tojlari bor edi. Peshanasiga esa O‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi.
13. Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga “Xudoning Kalomi” deb nom berilgan edi.
14. Oppoq, top–toza, mayin zig‘ir libos kiygan samoviy qo‘shinlar oq otlarda Chavandozga ergashib borishardi.
15. Uning og‘zidan o‘tkir bir qilich chiqib turardi. U o‘sha qilichi bilan xalqlarni mag‘lub etadi, qo‘lidagi temir xivchin bilan ularga hukmronlik qiladi. Qodir Xudoning qaynoq qahr–g‘azabi chuquridagi uzumlarni bosib ezadi.
16. Kiyimining son qismida: “shohlarning Shohi, hokimlarning Hokimidir”, degan ism yozilgan.
17. Shundan so‘ng men quyosh ustida turgan bir farishtani ko‘rdim. U uchib ketayotgan barcha qushlarga baland ovozda shunday xitob qildi: “Xudoning buyuk bazmiga kelinglar!
18. Shohlar, sarkardalar, bahodir jangchilarning jasadlarini, otu suvorilar, hamma qulu erkin, kattayu kichikning jasadlarini yeyish uchun to‘planinglar!”
19. Shunda men mahluqni, yer yuzi shohlarini, ularning qo‘shinlarini ko‘rdim. Ular ot mingan Chavandoz bilan Uning qo‘shinlariga qarshi jang qilish uchun safarbar bo‘lgan edilar.
20. Mahluq asir tushdi. U bilan birga soxta payg‘ambar ham asir olindi. Bu soxta payg‘ambar mahluqning nomidan mo‘jizali alomatlar ko‘rsatardi. U bu alomatlari bilan mahluqning tamg‘asini olgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarni aldagandi. Mahluqni ham, soxta payg‘ambarni ham tiriklayin oltingugurt bilan yonayotgan olov ko‘liga tashlashdi.
21. Boshqalar esa ot mingan Chavandozning og‘zidan chiqqan qilich bilan o‘ldirildi. Hamma qushlar bo‘kib qolguncha ularning go‘shtidan yedi.

1. Men osmondan tushayotgan bir farishtani ko‘rdim. Uning qo‘lida tubsiz chuqurlikning kaliti va katta zanjir bor edi.
2. Farishta ajdahoni tutib oldi. Iblis va shayton deb atalgan bu qadimgi ilonni u ming yil muddatga kishanlab qo‘ydi.
3. Yana xalqlarni aldamasin deb, uni tubsiz chuqurlikka tashlab, qamab qo‘ydi. Ming yil tamom bo‘lgunga qadar kiraverishni muhrladi. Ming yil o‘tgandan keyin uni qisqa bir muddatga ozod qilishi kerak edi.
4. Bundan so‘ng, men taxtlarni va taxtlarda o‘tirganlarni ko‘rdim. Xudo taxtlarda o‘tirganlarni oqlagan edi. Ular Iso haqidagi shahodati va Xudoning so‘zi tufayli boshi olinganlarning jonlari edi. Ular mahluqqa va uning tasviriga sajda qilmaganlar, peshanalari va qo‘llariga uning tamg‘asini bostirmaganlar. Ular tirilib, Masih bilan ming yil hukmronlik qildilar.
5. Qolgan o‘liklar ming yil o‘tguncha tirilmadi. Bu birinchi tirilishdir.
6. Birinchi tirilishda ishtirok etganlar baxtli va muqaddasdir. Ikkinchi o‘lim ularga hokim emas. Ular Xudoning va Masihning ruhoniylari bo‘lib, U bilan ming yil davomida hukmronlik qiladilar.
7. Ming yil o‘tgach, shayton o‘z zindonidan ozod etiladi. U chiqib, yerning to‘rt burchagidagi xalqlarni, ya’ni Go‘g va Mago‘gni aldab, jangga to‘playdi. To‘plangan xalqlarning soni dengiz qumiday son–sanoqsiz bo‘ladi.
8. Ular butun yer yuzini qoplab oladilar, Xudo azizlarining qarorgohini va Xudo yaxshi ko‘radigan shaharni qamal qiladilar.
9. Shunda osmondan olov tushib, ularni qirib tashlaydi.
10. Ularni aldagan iblis oltingugurtli ko‘lga tashlanadi. Mahluq va soxta payg‘ambarlar ham o‘sha ko‘lga tashlangan edilar. Ular kechayu kunduz, abadulabad u yerda azob chekadilar.
11. Keyin men ulkan bir oq taxtni va taxtda o‘tirgan Zotni ko‘rdim. Uning huzuridan yeru osmon qochar edi, biroq ularga yashiringani joy topilmadi.
12. Men o‘sha ulkan taxt oldida turgan kattayu kichik o‘liklarni ko‘rdim. Kitoblar ochildi. Hayot kitobi degan boshqa bir kitob ham ochildi. O‘liklar kitoblarda yozilgani bo‘yicha qilmishlariga yarasha hukm etildi.
13. Dengiz o‘zidagi o‘liklarni berdi, o‘lim ham, o‘liklar diyori ham o‘zlaridagi o‘liklarni berdi. Har bir kishi qilmishlariga yarasha hukm etildi.
14. O‘lim va o‘liklar diyori olov ko‘liga tashlandi. Mana bu olov ko‘li ikkinchi o‘limdir.
15. Ismlari hayot kitobida yozilmaghlandi.anlarning hammasi olov ko‘liga tas

1. Shundan keyin men yangi bir osmon va yangi bir yerni ko‘rdim. Avvalgi yeru osmon g‘oyib bo‘lgan edi, dengiz ham endi yo‘q edi.
2. Men muqaddas shahar — yangi Quddusni ko‘rdim. Quddus osmondan, Xudo huzuridan tushib kelayotgan edi. U kuyovi uchun bezanib olgan kelinchakka o‘xshar edi.
3. Men taxtdan baland bir ovoz kelganini eshitdim. O‘sha ovoz dedi: “Xudoning maskani insonlar orasidadir! U endi odamlar orasida yashaydi, Ular Xudoning xalqi bo‘ladilar. Xudoning O‘zi ular bilan birga bo‘ladi.
4. Xudo ularning ko‘zidagi har bir tomchi yoshni artib qo‘yadi. Endi o‘lim mavjud bo‘lmaydi, Hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi. Zero, avvalgilar o‘tib ketdi.”
5. Taxtda o‘tirgan Zot shunday dedi: “Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!” Keyin U menga dedi: “Bularni yozib qo‘y. Axir, bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir!”
6. So‘ng menga yana dedi: “Amalga oshdi! Ibtido va Intiho, Boshi va Poyoni O‘zimman. Chanqaganga Men buloqdagi hayotbaxsh suvdan ichiraman. Buning evaziga u hech qanday to‘lov bermaydi.
7. G‘olib kelganlarga bu barakalar nasib bo‘ladi. Men uning Xudosi bo‘laman, u Mening o‘g‘lim bo‘ladi.
8. Ammo qo‘rqoq, imondan qaytgan, iflos, qotil, buzuq, jodugar, butparast va hamma yolg‘onchilarning qismati olov va oltingugurt bilan yonayotgan ko‘ldadir. Bu ikkinchi o‘limdir.”
9. Shu payt men oxirgi yetti baloga to‘ldirilgan yettita kosani ushlagan yetti farishtadan birini ko‘rdim. U oldimga kelib, menga dedi: “Bu yoqqa kel! Men senga kelinni, Qo‘zining xotinini ko‘rsataman.”
10. Muqaddas Ruh meni qamrab oldi va farishta meni baland bir tog‘ning cho‘qqisiga olib chiqdi. U menga osmondan, Xudo huzuridan tushayotgan muqaddas shahar — Quddusni ko‘rsatdi.
11. Shahar Xudoning ulug‘vorligiga to‘lib, qimmatbaho javohirday, billurday sof yashma toshiday yarqirardi.
12. Qalin va baland devor bilan o‘ralgan bu shaharning o‘n ikki darvozasi bor edi. Har bir darvozani bittadan farishta qo‘riqlardi. Darvozalarda Isroil xalqining o‘n ikki qabilasi nomlari yozilgandi.
13. Darvozalarning uchtasi sharqda, uchtasi shimolda, uchtasi janubda va uchtasi g‘arbda joylashgan edi.
14. Shahar devorlarining o‘n ikkita poydevori bor edi. Poydevorlarga Qo‘zining o‘n ikki havoriysi ismlari yozilgandi.
15. Menga gapirgan farishtaning qo‘lida oltin chizg‘ichi bor edi. Bu chizg‘ich shaharni, uning darvozalariyu devorini o‘lchash uchun edi.
16. Shahar to‘rtburchak shaklda bo‘lib, uzunligi bilan eni bir xil edi. Farishta chizg‘ichi bilan shaharni o‘lchadi, shaharning eni 12.000 o‘q otimi ekan. Uning uzunligi bilan balandligi ham shunday edi.
17. So‘ng farishta shaharning devorini o‘lchadi. Devorning balandligi 144 tirsak chiqdi. Farishta insoniy o‘lchovdan foydalangandi.
18. Shahar devori yashma toshidan qurilgandi. Shaharning o‘zi esa shishaday tiniq, sof oltindan edi.
19. Shahar devorlarining poydevorlari turli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi: birinchi poydevor yashmadan, ikkinchisi ko‘k yoqutdan, uchinchisi agatdan, to‘rtinchisi zumraddan edi.
20. Beshinchisi aqiq, oltinchisi la’l, yettinchisi xrizolit, sakkizinchisi berill, to‘qqizinchisi topaz, o‘ninchisi zabarjad, o‘n birinchisi lojuvard, o‘n ikkinchisi ametistdan edi.
21. O‘n ikki darvoza o‘n ikki marvariddan iborat edi. Har bir darvoza bitta marvariddan yasalgan edi. Shaharning shoh ko‘chasi sof oltindan bo‘lib, shishaday musaffo edi.
22. Men bu shaharda Ma’bad ko‘rmadim. Zotan Qodir Xudo — Egamizning O‘zi va Qo‘zi shaharning Ma’badidir.
23. Shaharni yoritish uchun quyoshga yoki oyga ehtiyoj ham yo‘q. Chunki Xudoning ulug‘vorligi uni yoritadi, Qo‘zining O‘zi uning chirog‘i bo‘ladi.
24. Xalqlar shaharning nurida yurishadi. Yer yuzi shohlari unga o‘z boyliklarini keltirishadi.
25. Shahar darvozalari kun bo‘yi yopilmaydi, u yerda tun bo‘lmaydi.
26. Xalqlarning ulug‘vor xazinalari unga kiritiladi.
27. Lekin hech qanday harom narsa, jirkanch ishlar qiladigan yoki yolg‘on gapiradigan bironta kishi unga kirmaydi. Faqat Qo‘zining hayot kitobida yozilganlar kiradilar.

1. Farishta menga billurday tiniq, hayotbaxsh suvlar daryosini ko‘rsatdi. Bu daryo Xudoning va Qo‘zining taxtidan chiqib,
2. shahar ko‘chasi bo‘ylab oqayotgan edi. Daryoning ikkala qirg‘og‘ida ham hayot daraxti bor edi. Bu daraxt yilda o‘n ikki marta, har oy hosil beradi. Daraxtning barglari xalqlarga shifo baxsh etadi.
3. La’nat degan narsa u yerda qolmaydi. Shaharda Xudoning va Qo‘zining taxti bo‘ladi, Xudoning qullari Unga xizmat qiladi.
4. Ular Xudoning jamolini ko‘radi. Xudoning ismi ularning peshanalariga yoziladi.
5. U yerda boshqa tun bo‘lmaydi. Chiroqqa ham, quyoshga ham ehtiyoj qolmaydi. Axir, Egamiz Xudo ularga nur sochadi, ular esa to abad hukmronlik qiladi.
6. Farishta menga shunday dedi: — Bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir. Payg‘ambarlarni ruhlantirgan Egamiz Xudo O‘z qullari oldiga farishtasini yubordi. Toki farishta yaqin orada yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqealarni ularga bildirsin.
7. “Men tezda kelaman! Bu kitobning bashorat so‘zlariga Amal qilganlar baxtlidir!”
8. Men, Yuhanno, bularni ko‘rdim va eshitdim. Bularni ko‘rib eshitganimdan keyin, bu narsalarni menga ko‘rsatgan farishtaga sajda qilmoqchi bo‘lib, o‘zimni uning oyoqlariga tashladim.
9. Ammo u menga dedi: — Zinhor bu ishni qilma! Men sening hamkoringman, shuningdek payg‘ambar birodarlaringning va bu kitobdagi so‘zlarga rioya qiluvchilarning hamkoriman. Xudoga sajda qil!
10. Keyin menga yana shunday dedi: — Bu kitobning bashorat so‘zlarini sir saqlama, chunki vaqt yaqindir.
11. Badkirdorlar yomonligini qilaversin. Ifloslar iflosligini davom ettiraversin. Solihlar esa to‘g‘ri ish qilishdan to‘xtamasin, muqaddas odamlar o‘zini muqaddas saqlasin.
12. “Men tez kelaman, mukofotim O‘zim bilan. Har kimga qilmishiga yarashasini beraman.
13. Men Ibtido va Intihodirman, Birinchi va Oxirgi, Boshi va Poyonidirman.”
14. Kiyimlarini yuvganlar naqadar baxtlidir! Ular hayot daraxti mevasidan yeyishga, shahar darvozalaridan kirishga haqli bo‘ladilar.
15. Hamma “ko‘ppaklar” esa: jodugarlar, buzuqlar, qotillar, butparastlar, yolg‘onga ruju qo‘yib, hiyla ishlatganlar tashqarida qoladilar.
16. “Men, Iso, O‘z farishtamni oldingizga yubordim, Toki u bular to‘g‘risida jamoatlarimga shahodat bersin. Men Dovud ildizidan chiqqan Zotdirman, uning zurriyotiman, Yorug‘ tong yulduziman.”
17. Ruh ham, kelin ham: “Kel!” — deb chorlayapti. Eshitgan kishi ham: “Kel!” — deb aytsin. Kim chanqagan bo‘lsa, kelsin. Kim xohlasa, hayotbaxsh suvdan tekin bahra olsin.
18. Bu kitobning bashorat so‘zlarini eshituvchi har bir kishini ogohlantiraman: kimda–kim bu so‘zlarga biror narsa qo‘shsa, Xudo ham o‘sha kishining jazosiga bu kitobda yozilgan balolarni qo‘shadi.
19. Kimda–kim bu kitobdagi bashorat so‘zlaridan birortasini chiqarib tashlasa, Xudo ham o‘sha kishini bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan mahrum qilib, muqaddas shahardan chiqarib tashlaydi.
20. Bu gaplarning Shohidi: “Ha, Men tez kelaman!” — deb aytmoqda. Omin! Yo Rabbimiz Iso, kelgin!
21. Rabbimiz Isoning inoyati barchangizga yor bo‘lsin.

YouTube kanaliga xush kelibsiz!
► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)
Muqaddas Kitob
- Ibtido
- Chiqish
- Levilar
- Sahroda
- Qonunlar
- Yoshua
- Hakamlar
- Rut
- Shohlar (birinchi kitob)
- Shohlar (ikkinchi kitob)
- Shohlar (uchinchi kitob)
- Shohlar (to‘rtinchi kitob)
- Solnomalar (birinchi kitob)
- Solnomalar (ikkinchi kitob)
- Ezra
- Naximiyo
- Ester
- Ayub
- Zabur
- Sulaymonning hikmatlari
- Voiz
- Ishayo
- Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i
- Yeremiyo
- Yeremiyoning marsiyasi
- Hizqiyo
- Doniyor
- Xo‘sheya
- Yo‘el
- Amos
- Obodiyo
- Yunus
- Mixo
- Noxum
- Xabaqquq
- Zafaniyo
- Xaggey
- Zakariyo
- Malaki
- Matto Muqaddas xushxabar
- Luqo Muqaddas xushxabar
- Yuhanno Muqaddas xushxabar
- Mark Muqaddas xushxabar
- Havoriylarning faoliyati
- Yoqubning maktubi
- Butrusning birinchi maktubi
- Butrusning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning birinchi maktubi
- Yuhannoning ikkinchi maktubi
- Yuhannoning uchinchi maktubi
- Yahudoning maktubi
- Rimliklarga maktub
- Korinfliklarga birinchi maktub
- Korinfliklarga ikkinchi maktub
- Galatiyaliklarga maktub
- Efesliklarga maktub
- Filippiliklarga maktub
- Kolosaliklarga maktub
- Salonikaliklarga birinchi maktub
- Salonikaliklarga ikkinchi maktub
- Timo‘tiyga birinchi maktub
- Timo‘tiyga ikkinchi maktub
- Titusga maktub
- Filimo‘nga maktub
- Ibroniylarga maktub
- Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy
AJOYIB KITOBNI O'QING

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)
MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Tavrot | Zabur | Injil (+audio)

Яхши аудио Китоблар

Kinolar va Multiklar

Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Аудио Кутубхона

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz