Muqaddas Kitob

Rut

1. Isroilda hakamlar hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik bo‘lgan edi. Bir odam xotini va ikki o‘g‘li bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Mo‘ab yurtiga jo‘nadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan edi.
2. U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, o‘g‘illarining ismlari esa Maxlo‘n va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik edi. Ular Mo‘ab yurtiga borib, o‘sha yerda yashab qoldi.
3. Ular o‘sha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki o‘g‘li bilan qoldi.
4. Uning o‘g‘illari Mo‘ablik qizlarga uylandilar. Qizlardan birining ismi O‘rpa, ikkinchisiniki Rut edi. Ular o‘sha yerda o‘n yilcha yashashgandan keyin
5. Maxlo‘n va Xilyon ikkalasi ham vafot etishdi. Naima ham eridan, ham farzandlaridan ayrilib, yolg‘iz qoldi.
6. -
7. “Egamiz o‘z xalqiga e’tibor berib, ularga non berdi”, degan xabarni eshitgach, Naima o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi. Naima yashab kelgan Mo‘ab yurtini tashlab, kelinlari bilan birga yo‘lga tushdi va Yahudoga qarab yurishdi.
8. Yo‘lda davom etisharkan, Naima ikkala keliniga dedi: — Boringlar, ikkovingiz ham onalaringizning uylariga qaytinglar. Menga va marhumlarga bo‘lgan izzat–hurmatingiz uchun Egam sizlarga ham marhamat qilsin.
9. Ikkovlaringizga ham yaxshi joylardan ato qilsin, turmush qurib, o‘z erlaringiz bilan baxtli bo‘linglar! Shunday deb Naima kelinlarini o‘pdi, ikkalasi esa yig‘lab faryod ko‘tarishdi:
10. — Yo‘q, biz siz bilan ketamiz, sizning xalqingiz orasida yashaymiz, — deyishdi.
11. Naima esa yana kelinlariga: — Qaytinglar, jon qizlarim! — dedi. — Men bilan ketganingizdan nima foyda?! Qornimda yana o‘g‘illarim bormidiki sizlarga umr yo‘ldoshi bo‘lsa?!
12. Bo‘ldi endi, qizlarim, qaytinglar! Men endi keksaydim, erga tegishga ojizman. Bordi–yu, men, hali umid qilsam bo‘ladi, deb shu kecha erim bilan qovushsamu o‘g‘illar tug‘sam,
13. ular ulg‘ayguncha sizlar kutib turarmidingiz?! Orqaga cho‘zib, turmushga chiqmay yurarmidingizlar?! Yo‘q, qizlarim. Sizlarni o‘ylab juda qayg‘uryapman. Axir, Egam shuncha ko‘rgilikni boshimga soldi–ku.
14. Ular yana yig‘lab, dod–voy ko‘tarishdi. Nihoyat, O‘rpa qaynanasi bilan o‘pishib xayrlashib, orqaga qaytib ketdi. Rut esa Naimaga yopishib oldi.
15. Naima Rutga: — Mana, ovsining o‘z xalqi orasiga, o‘z xudolariga[7] sig‘inadigan yurtga qaytib ketdi. Sen ham uning orqasidan borgin, — dedi.
16. — Sizdan ajralishga, qaytib ketishga meni majbur qilmang, — dedi Rut. — Siz qayerga borsangiz, men ham o‘sha yerga boraman, siz qayerda bo‘lsangiz, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Sizning xalqingizni o‘zimning xalqim, sizning Xudoyingizni o‘zimning Xudoyim deyman.
17. Siz qayerda olamdan o‘tsangiz, men ham o‘sha yerda jon berib, dafn qilinaman. Egam meni ne ko‘yga solsa solsin, undan battarrog‘ini ham qilsin. Meni sizdan faqat o‘lim ajrata oladi.
18. Naima amin bo‘ldiki, kelini u bilan ketishga qat’iy ahd qilibdi. Shundan so‘ng uni ko‘ndirishga qayta urinmadi.
19. Ikkovlari yo‘l yurib Baytlahmga yetib kelishdi. Baytlahmga yetib kelganlarida, ularni ko‘rib butun shahar g‘imirlab qoldi. Ayollar bir–biriga: “Iyi, nahotki bu o‘sha Naima bo‘lsa?!” deb hayron qolishdi.
20. Naima ularga dedi: — Endi meni Naima emas, Musibat denglar. Chunki Qodir Xudo boshimga cheksiz qayg‘u–kulfat soldi.
21. Men bu yerdan to‘kis bo‘lib chiqib ketgan edim, Egam esa qup–quruq qaytardi. Endi nega meni Naima deysizlar?! Axir, Egam — Qodir Xudo meni azob–uqubatlarga giriftor qilib, baxtsiz qildi–ku!
22. Shunday qilib, Naima Mo‘ablik kelini Rut bilan birga Mo‘ab yurtidan qaytib keldi. Ular Baytlahmga kelgan paytda arpa o‘rimi boshlangan edi.
1. Naimaning Bo‘az degan qarindoshi bo‘lib, anchagina obro‘li, badavlat odam edi. U Naimaning marhum eri Elimalek urug‘idan edi.
2. Bir kuni Mo‘ablik Rut Naimaga: — Men dalaga bormoqchi edim. Kim iltifot ko‘rsatsa, o‘sha daladan boshoq terib kelardim, — dedi. — Mayli, boraver, qizim, — dedi Naima.
3. Rut ketdi. Dalaga yetib kelib, o‘roqchilarning orqasidan to‘kilgan boshoqlarni tera boshladi. Qarangki, bu dala Elimalekning qarindoshi Bo‘azniki ekan.
4. Bir payt Baytlahmdan Bo‘az kelib qoldi. U o‘roqchilarga: — Hormanglar, Xudo sizlarga yor bo‘lsin! — dedi. Ular ham: — Bor bo‘ling, Xudo umringizga baraka bersin! — deb javob qaytarishdi.
5. Bo‘az o‘roqchilar nazoratchisiga Rutni ko‘rsatib: — Bu juvon kim? — deb so‘radi.
6. O‘roqchilar nazoratchisi: — Bu o‘sha Mo‘ablik musofir, — dedi, — Naima bilan birga Mo‘ab yurtidan kelgan.
7. U: “Men o‘roqchilar orqasidan yurib, to‘kilgan boshoqlarni terib olsam”, deb so‘ragan edi. Tong saharda kelib shu choqqacha tinmay dalada ishladi. Hozirgina chaylada bir oz dam olgani o‘tirdi.
8. Bo‘az Rutga: — Menga qara, qizim, — dedi, — boshoq terish uchun boshqa dalaga bormay qo‘ya qol. Shu yerda mening cho‘rilarim bilan birga yuraver.
9. Sen faqat xizmatkorlarim bug‘doy o‘rayotgan dalada bo‘l, ularning orqasidan yuraver. Xizmatkorlarimga tayinlab qo‘yaman, senga indashmaydi. Chanqasang, anavi idishlarda suv bor. Quduqdan xizmatkorlarim tortib olgan, ichaver!
10. Rut yer o‘pguday bo‘lib ta’zim qildi: — Nechun nazaringizga tushib, shunchalik mehringizga sazovor bo‘ldim? Men axir, kelgindi bo‘lsam, siz menga shu qadar e’tibor beryapsiz, — dedi u Bo‘azga.
11. Bo‘az shunday javob berdi: — Ering o‘lgandan keyin qaynanangga qanday munosabatda bo‘lganingni menga aytib berishdi. Sen ota–onangni, yurtingni tashlab, ilgari o‘zingga begona bo‘lgan xalq orasida yashashga kelding.
12. Yaxshiliklaring uchun Egamdan qaytsin. Sen panoh istab kelgan Isroil xalqining Xudosi — Egamdan senga to‘liq mukofot bo‘lsin.
13. — Sizning mehringizga sazovor bo‘layin, to‘ram! — dedi Rut. — Siz menday cho‘ringizning dilidagi armonlarini gapirib, tasalli berdingiz. Lekin men sizning cho‘rilaringizdan birontasi emasman–ku.
14. Tushlik payti bo‘lganda Bo‘az Rutga: — Bu yoqqa kel, nondan ol, musallasga botirib yegin, — dedi. Rut xizmatkorlar yonidan joy oldi. Bo‘az unga qovurilgan donlardan uzatdi. Rut to‘ydi va ozroq orttirib ham qoldirdi.
15. So‘ngra Rut yana boshoq terib olay, deb o‘rnidan turib nariga ketdi. Bo‘az xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: — U bog‘lamlar orasidan ham terib olaversin, zinhor xafa qila ko‘rmanglar.
16. Hatto bog‘lamdan atayin tashlab qoldirib ketinglar. U terib olsin, uni koyimanglar.
17. Shunday qilib, Rut qosh qorayguncha dalada boshoq terdi, terganlarini yanchidi. U yanchgan arpa bir tog‘oradan ko‘proq chiqdi.
18. Donni ko‘tarib, shaharga jo‘nadi. U terib kelgan donni qaynanasiga ko‘rsatdi. Rut o‘zi to‘ygandan so‘ng orttirib qoldirgan qovurilgan donlarni qaynanasiga berdi.
19. Qaynanasi Rutdan so‘radi: — Qayda ishlading? Kimning dalasidan boshoq terding bugun? Senga yordam ko‘rsatganni Xudo yorlaqasin! Rut kimnikida ishlaganini qaynanasiga aytdi: — Bugun men ishlagan dalaning egasi Bo‘az degan odam ekan, — dedi.
20. Naima keliniga: — Uni Xudo yorlaqasin! — dedi hayajonlanib. — Tiriklarga, ham marhumlarga sodiq qolib, marhamatini darig‘ tutmabdi. So‘ng: — U kishi bizning yaqin qarindoshlarimizdan, oilamizni o‘z panohiga olishga burchli odamlardan, — deb qo‘shib qo‘ydi.
21. Mo‘ablik Rut ham qo‘shimcha qildi: — U menga hatto, dalamda o‘rim–terim tugamaguncha, mening xizmatkorlarim bilan birga yuraver, deb aytdi.
22. Naima keliniga: — Yaxshi, qizim, sen uning cho‘ri qizlari bilan yuraver. Begona dalaga borsang, senga ozor berishlari mumkin, — dedi.
23. Shu tariqa Rut arpa va bug‘doy o‘rimi tugagunga qadar Bo‘azning cho‘ri qizlari yonida boshoq terib yurar, qaynanasi bilan birga yashardi.
1. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi: — Qizim, birortasi bilan ro‘zg‘or qilsang, o‘zingga yaxshi bo‘larmidi. Men senga qayliq topib berishim lozim.
2. O‘sha Bo‘az bizning qarindoshimiz, sen uning cho‘rilari bilan birga bo‘lgan eding–ku. Bilasanmi, shu kuni kechqurun u xirmonda arpasini yanchiydi.
3. Endi sen yuvinib–taranib, chiroyli kiyimlaringni kiy, keyin xirmonga bor. Lekin Bo‘az yeb–ichib bo‘lmaguncha, unga ko‘rinma.
4. U uxlashga yotganda, yotgan joyini bilib olgin–da, so‘ng borib oyoq tomonini ochib, o‘sha yerda yot. Nima qilishni uning o‘zi aytadi.
5. Rut qaynanasiga: — Hammasini aytganingizday qilaman, — dedi.
6. Rut xirmonga jo‘nadi. Yetib kelib, qaynanasi aytganday qildi.
7. Bo‘az yeb–ichdi, vaqti chog‘ bo‘ldi. So‘ng g‘aram yoniga borib yonboshladi– da, uxlab qoldi. Rut ohista kelib, uning oyoq tomonini ochib, yotdi.
8. Yarim kechasi Bo‘az cho‘chib uyg‘onib ketdi. Qarasa, oyoq tomonida bir ayol yotibdi.
9. — Kimsan? — deb so‘radi ayoldan. Rut unga: — Sizning cho‘ringiz Rutman. Cho‘ringizni panohingizga olsangiz, axir, siz bizning oilamizni panohingizga olishga burchli odamsiz, — dedi.
10. Bo‘az Rutga dedi: — Seni Xudo yorlaqasin, qizim. Sening bu safargi oilangga qilgan sadoqating oldingisidan ham a’lodir. Sen kambag‘al yoki boyvachcha yigitlarning ortidan chopmading.
11. Endi sen xavotirlanma, qizim. Aytganlaringning hammasini muhayyo qilaman. Butun shahar xalqi sening olijanob ayol ekanligingni biladi.
12. To‘g‘ri, men sizlarning oilangizni panohimga olishga burchli odamman, lekin bu ishga mendan ham yaqinrog‘i bor.
13. Shu kecha o‘tsin, yotaver. Agar ertaga u kishi senga nisbatan o‘z burchini o‘tamoqchi bo‘lsa, mayli, seni olaversin. Bordi–yu, o‘z burchini o‘tashni xohlamasa, men o‘z zimmamga olaman. Xudo haqi, men o‘z zimmamga olaman. Ertalabgacha uxlayver.
14. Rut Bo‘azning oyoq tomonida sahargacha uxladi. Ko‘z ko‘rmaydigan, g‘ira–shira tong paytida Rut o‘rnidan turdi. Bo‘az “Xirmonga uning kelganini odamlar bilmay qo‘ya qolishsin”, deb,
15. Rutga: — Sholro‘molingni ochib, ushlab tur, — dedi. Rut sholro‘molini ochib ushlab turdi. Bo‘az esa olti tog‘ora arpa o‘lchab, sholro‘molga soldi va orqasiga ko‘tartirib qo‘ydi. Keyin o‘zi shaharga jo‘nab ketdi.
16. Rut esa qaynanasi oldiga qaytdi. Qaynanasi undan: — Nima bo‘ldi, qizim? — deb so‘radi. Bo‘az Rutga qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, hammasini Rut qaynanasiga aytib berdi.
17. — U, qaynanangning oldiga quruq qo‘l bilan borma, deb mana bu olti tog‘ora arpani ham berib yubordi, — dedi Rut.
18. Qaynanasi Rutga dedi: — Qizim, bu ishlar nima bilan tugaydi, hali bilmaysan, — dedi. — Kutib turgin–chi, u bu ishni bugunoq oxiriga yetkazmay qo‘ymasa kerak.
1. Bo‘az shahar darvozasiga chiqib, o‘tirdi. O‘sha payt Bo‘az aytgan yaqin qarindoshi yonginasidan o‘tib qoldi. Bo‘az uning ismini aytib chaqirib: — Bu yoqqa keling, o‘tiring, birodarim, — dedi. Qarindoshi yaqin kelib o‘tirdi.
2. Bo‘az shahar oqsoqollaridan o‘n kishini guvohlikka chaqirib: — Shu yerda o‘tiringlar! — dedi. Ular kelib o‘tirishdi.
3. Bo‘az qarindoshiga dedi: — Mo‘ab yurtidan qaytib kelgan Naima bor–ku, u Elimalek akamizning dalasini sotmoqchi.
4. Men shu yerda o‘tirganlar va qavmim oqsoqollari huzurida o‘sha dalani sotib olasizmi, yo‘qmi, bilay dedim. Agar siz qarindoshlik burchingizni o‘tashni xohlasangiz, mayli, sotib olavering. Bordi–yu, xohlamasangiz, ayting, men bilayin. Chunki bu burchni o‘tash birinchi navbatda sizga tushadi. Sizdan keyin navbat meniki bo‘ladi. U kishi: — Qarindoshlik burchimni men o‘tayman, — dedi.
5. Bo‘az dedi: — Xo‘p. Lekin siz Naimaning dalasini xarid qilganingizda, dala bilan birga marhumning bevasi Mo‘ablik Rutni ham olishingiz kerak. Chunki marhumning nomi o‘z mulkidan yo‘qolib ketmasligi shart.
6. Shunda qarindoshi Bo‘azga: — Unday bo‘lsa, men uni ololmayman, aks holda o‘zimning mulkimni xavfga qo‘ygan bo‘laman. Zimmamdagi qarindoshlik burchimni siz o‘tayvering, mening ilojim yo‘q, — dedi.
7. Ilgari Isroilda qarindoshlik burchini o‘tamoqchi yoki mol–mulkini almashtirmoqchi bo‘lsalar, dalil–isbot tariqasida bittasi chorig‘ini yechib, ikkinchisiga berardi. Mana shu odat Isroilda qonuniy guvohlik o‘rnini bosardi.
8. Shunday qilib, qarindoshi Bo‘azga: — O‘zingiz sotib olavering, — dedi–da, chorig‘ini yechib berdi.
9. Shundan keyin Bo‘az oqsoqollarga va o‘sha yerdagi boshqa odamlarga murojaat qildi: — Sizlar guvohsiz: men bugun Elimalekdan Xilyon va Maxlo‘nga qolgan hamma mulkni Naimadan sotib olyapman.
10. Yana Maxlo‘nning xotini Mo‘ablik Rutni ham o‘z nikohimga olyapman, toki marhumning nomi o‘z mulkida qolsin, birodarlari orasida va kindik qoni to‘kilgan yurtida nomi yo‘qolib ketmasin. Bugun sizlar bunga guvoh bo‘lib turibsizlar.
11. Shunda shahar darvozasi yonida turgan odamlar va oqsoqollar: — Biz guvohmiz, — dedilar. — Egamiz sening xonadoningga keladigan ayolni Rohila va Leaxday qilsin, ana o‘sha bibilardan Isroil xalqi bino bo‘lgan. Efratda boyliklar egasi bo‘lgin, Baytlahmda noming ulug‘ bo‘lgay.
12. Sening xonadoning Tamaraning Yahudoga tug‘ib bergan o‘g‘li bobomiz Paraz xonadoniday barakali bo‘lsin. Egamiz mana shu juvon orqali senga o‘shanday buyuk nasl ato etsin.
13. Shunday qilib, Bo‘az Rutga uylandi. Ular turmush qurib, bir yostiqqa bosh qo‘yishdi. Egamizning marhamati bilan Rut homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di.
14. Ayollar Naimaga aytishdi: — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! U bugun senga g‘amxo‘rlik qiladigan nevara berdi, merosxo‘rsiz qoldirmadi. Merosxo‘ringning nomi Isroilda ulug‘ bo‘lsin.
15. U tufayli hayoting yana shodlikka to‘ladi, qariganingda suyanchig‘ing bo‘ladi. Chunki bu o‘g‘ilni seni yaxshi ko‘radigan, sen uchun hatto yetti o‘g‘ildan ham a’lo bo‘lgan kelining tug‘di.
16. Naima chaqaloqni o‘ziga oldi, bir dam bag‘ridan uzmadi. O‘zi enagalik qildi.
17. Qo‘shni ayollar: “Naima uchun o‘g‘il tug‘ildi”, deb chaqaloqqa Obid ismini berdilar. Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi bo‘ldi.
18. Parazdan Dovudgacha bo‘lgan avlod–ajdod quyidagicha: Parazdan Xazron bunyod bo‘ldi.
19. Xazrondan Ram bunyod bo‘ldi. Ramdan Ominadov bunyod bo‘ldi.
20. Ominadovdan Naxsho‘n bunyod bo‘ldi. Naxsho‘ndan Salmo‘n bunyod bo‘ldi.
21. Salmo‘ndan Bo‘az bunyod bo‘ldi. Bo‘azdan Obid bunyod bo‘ldi.
22. Obiddan Essay bunyod bo‘ldi. Essaydan Dovud bunyod bo‘ldi.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак