45. YAIRNING QIZI
Bo'yash uchun rasm. chizish 45 (skachat) | PDF kitob va RUS
Bir kuni, Iso bir odamni davolaganida, u Iso bilan borishni xohladi. Ammo Iso shunday dedi: “Uyinga qayt. Xudo sen uchun nima qilgani haqida boshqalarga ayt”.
U odam Isoning so’zlariga quloq soldi. Iso o'sha shaharga qaytib kelganida, ko'p odamlar uni kutishayotgan edi. Ular Isoni ko'rib xursand bo'lishdi.
Yair ismli bir kishi kelib, Isoning oyoqlariga yiqildi. U shunday dedi: “Iltimos, mening uyimga keling va yagona qizimni davolang. U og’ir kasal va o'lishi mumkin”.
Iso Yairning uyiga bordi. Iso bilan birga olomon kelar edi. Olomon ichida o'n ikki yildan buyon kasal bo'lib yurgan ayol ham bor edi. U tabiblarga borib, barcha pullarini sarfladi, ammo sog'lig'i yomonlashdi. Endi u shunday o'ylardi: “Agar men Isoning kiyimiga tegsam, tuzalib ketardim". Keyin u Isoga yaqinlashdi va kiyimining chetiga tegdi. Xuddi shu daqiqada u sog'ayib ketdi.
Iso o'girilib so'radi: “Kim menga tegdi?”.
Butrus va boshqa shogirdlar: “Ustoz, ko'p odamlar sizni o'rab olishgan. Ulardan biri sizga tekkan bo’lishi mumkin.”- dedilar
Ammo Iso e'tiroz bildirdi: “Kimdir menga qo’lini tekkizdi, chunki mendan qanday kuch chiqqanini sezdim”.
Ayol qo'rqib ketdi. U kelib, Isoga nima bo'lganini aytib berdi.
Iso dedi: “Eson omon bor. Qizim, ishonching seni sog’aytirdi”.
Shundan so’ng, Yairga shunday deyishti: “Qizingiz vafot etdi. Isoning endi borishi shart emas”.
Bu haqda eshitgan Iso Yairga: “Qo'rqma. Menga ishon va u tirik qoladi”.
Tez orada Iso Yairning uyiga keldi. U yerda yig'I ovozi eshitildi. Iso ularga: “Yig'lamang. Qiz o'lmagan. U uxlayapti,”- dedi. Odamlar esa Isoning ustidan kuldilar. Ular unga ishonishmadi.
Iso otasi, onasi va uchta shogirdidan boshqa hammani uydan chiqib ketishini aytdi. Iso qizning qo'lidan ushlab: “O’rningdan tur,”- dedi. Xuddi shu daqiqada u o'rnidan turdi va yurib ketdi. Ota-onasi qanchalik hayratda va baxtli edilar! Iso odamlarni sevgani uchun mo’jizalar yaratardi.
SAVOL JAVOB:
1. Ayol nimaga tegdi: Isoning kiyimiga yoki uning qo'liga?
(U Isoning kiyimiga tegdi)
2. Iso kimdir uning kiyimiga tekkanini bilarmidi?
(Ha, Iso kimdir uning kiyimiga tekkanini bilar edi)
3. Iso Yairning uyiga juda kech keldimi?
(Yo'q, Iso shunday qildiki, Yairning qizi yana tirik va sog'lom bo’ldi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xalq uni qarshilab oldi” (Luqo 8:40).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар