Luqo Muqaddas xushxabar 8 bob

1 Isoga ergashgan ayollar. 4 Urug‘ sepuvchi haqida masal. 9 Masallarning maqsadi. 11 Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosi. 16 Yorug‘lik va qorong‘ilik haqida. 19 Isoning onasi bilan ukalari. 22 Iso bo‘ronni tinchlantiradi. 26 Jinga chalingan odamga Iso shifo beradi. 40 Sog‘aygan ayol va tirilgan qiz haqida.

1 Oradan ko‘p o‘tmay, Iso shaharu qishloqlarga borib, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qildi. O‘n ikki shogirdi U bilan birga edi.
2 Yovuz ruhlardan va xastaliklardan xalos bo‘lgan bir necha ayollar ham Isoga ergashgan edilar. Bular: Magdalalik Maryam (uning ichidan yettita jin chiqib ketgan edi),
3 Hirodning saroy boshqaruvchisi Xuzaning xotini Yo‘anna, Suzanna va ko‘plab boshqa ayollar edi. Ular o‘z mol– mulklarini Iso bilan Uning shogirdlari ehtiyojlari uchun sarf qilardilar.
4 Bir kuni shaharu qishloqlardan talay olomon kelib, Isoning yonida to‘plandi. Iso shunday masal aytdi:
5 “Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi. U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Odamlar urug‘larni bosibdi, qushlar cho‘qib ketibdi.
6 Ba’zi urug‘lar toshloq joyga tushibdi. Urug‘lar ko‘karib chiqibdi–yu, ammo namlik bo‘lmagani uchun, qurib qolibdi.
7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Urug‘lar bilan birga o‘sib chiqqan tikanlar urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi.
8 Yana ba’zi urug‘lar yaxshi tuproqqa tushibdi. Ular ko‘karib chiqib, har biri yuz baravar hosil beribdi.” Iso bularni aytib bo‘lib, baland ovozda: “Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!” — dedi.
9 Shogirdlar Isodan: — Bu masalning ma’nosi nima? — deb so‘rashdi.
10 U shunday javob berdi: — Xudo Shohligining sirlarini bilish sizlarga berilgan. Boshqalarga esa, Men hamma narsani masallar bilan tushuntiraman, toki ular: “Tinglab turib, tushunmasinlar, Qarab turib, anglamasinlar.”
11 “Bu masalning ma’nosi shu: Urug‘ — Xudoning kalomidir.
12 So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitadilar, lekin ishonmasliklari va najot topmasliklari uchun iblis ularning yuragidan kalomni olib ketadi.
13 Toshloq joyga tushgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda uni sevinch bilan qabul qiladilar. Ammo ular ildiz otmagan. Shuning uchun ular qisqa vaqt davomida ishonadilar, sinov payti kelganda esa imondan qaytadilar.
14 Tikanlar orasiga tushgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, biroq umri davomidagi tashvishlar, boylik va hayot lazzatlari bunday urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yadi. Ularning hosili yetilmaydi.
15 Yaxshi tuproqqa tushgan urug‘lar esa shunday kishilarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uni ezgu, samimiy yurakda asraydilar va sabr–toqat ila hosil beradilar.”
16 “Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qo‘ymaydi yoki chorpoya tagiga yashirib qo‘ymaydi. Aksincha, kirganlar yorug‘likni ko‘rsin, deb uni chiroqpoyaga qo‘yadi.
17 Axir, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi. Har qanday sir ochiladi.
18 Shunday ekan, yaxshilab quloq solinglar: kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi. Kimda yo‘q bo‘lsa, bor, deb o‘ylagan narsasi ham undan tortib olinadi.”
19 Isoning onasi bilan ukalari Uning oldiga keldilar, ammo odam ko‘pligidan Unga yaqinlasha olmadilar.
20 Isoga: — Onangiz bilan ukalaringiz tashqarida turishibdi, ular Sizni ko‘rishmoqchi, — deb aytishdi.
21 Iso ularga shunday javob berdi: — Xudoning so‘zini eshitib, unga amal qiluvchilar Mening onam va ukalarimdir.
22 Bir kuni Iso shogirdlariga: “Ko‘lning narigi tomoniga o‘taylik”, — dedi. Ular qayiqqa o‘tirib, jo‘nab ketdilar.
23 Suzib ketayotganlarida Iso uxlab qoldi. Ko‘lda qattiq bo‘ron ko‘tarildi, qayiq suvga to‘la boshladi. Ular xavfli ahvolda qoldilar.
24 Shunda shogirdlar: — Ustoz! Ustoz! Halok bo‘lyapmiz! — deb Isoni uyg‘otdilar. Iso turib shamolga va quturayotgan to‘lqinlarga do‘q urdi. Shu onda shamol tindi, sukunat tushdi.
25 Iso shogirdlariga: — Ishonchingiz qani?! — dedi. Ular esa qo‘rquv va hayrat ichra bir–biriga shunday deyishdi: — Bu kim bo‘ldi ekan–a? U hatto shamolu suvga amr beradi, ular esa bo‘ysunadi–ya!
26 Iso shogirdlari bilan qayiqqa tushib, Jalila ko‘lining narigi qirg‘og‘idagi Gerasa hududiga suzib keldi.
27 Iso qirg‘oqqa chiqishi bilan Uni jinga chalingan shaharlik bir odam qarshi oldi. Bu odam ancha vaqtdan beri kiyim kiymas edi. U uyda emas, qabriston g‘orlarida yashardi.
28 O‘sha odam Isoni ko‘rgach, qichqirib yubordi. O‘zini Uning oyoqlari ostiga otib, ovozi boricha baqirdi: — Ey Iso, Xudoyi Taoloning O‘g‘li! Meni tinch qo‘y! O‘tinaman, menga azob berma! — dedi.
29 Chunki Iso yovuz ruhga bu odamdan chiqib ketishni buyurgan edi. Ko‘p marta yovuz ruh bu odamdan ustun kelib, uni boshqarardi. Garchi bu odamning qo‘l–oyoqlarini zanjir bilan bog‘lab qo‘riqlashgan bo‘lsa ham, u zanjirni uzib tashlardi, jin esa uni kimsasiz joylarga olib ketardi.
30 Iso jindan: — Isming nima? — deb so‘radi. — Ismim Tumonat, — dedi u. Chunki bu odamning ichiga bir talay jin kirib olgan edi.
31 Jinlar Isodan: “Bizni tubsiz chuqurlikka yubormagin”, deb yolvorib so‘radilar.
32 Shu tog‘ning yon bag‘rida katta bir cho‘chqa podasi o‘tlab yurgan edi. Jinlar Isodan: “Cho‘chqalarning ichiga kirishimiz uchun bizga ijozat ber”, deb yolvordilar. Iso ularga ruxsat berdi.
33 Shunda jinlar bu odamdan chiqib, cho‘chqalarga kirib olishdi. Cho‘chqa podasi tik qiyalikdan ko‘lga yopirilib, cho‘kib ketdi.
34 Cho‘chqa boquvchilar sodir bo‘lgan voqeani ko‘rib qochdilar. Ular bo‘lib o‘tgan hodisani shahar va qishloqlarda gapirib yurdilar.
35 Odamlar bo‘lib o‘tgan voqeani ko‘rgani keldilar. Ular Isoning oldiga kelganlarida, jindan xalos bo‘lgan odamni ko‘rdilar. U odam kiyingan, aqli raso holda Isoning oyoq tomonida o‘tirardi. Ular buni ko‘rib, qo‘rqib ketishdi.
36 Voqeani ko‘rganlar esa jin chalgan odamning qanday qilib shifo topganini so‘zlab berdilar.
37 Shunda Gerasa hududidan kelgan hamma odamlar qattiq vahimaga tushib, Isoga: “Bizning yurtimizdan chiqib keting”, deb iltimos qildilar. Iso qayiqqa tushib, qaytib ketdi.
38 Jinlardan xalos bo‘lgan odam Isoga: — Siz bilan ketay, — deb yolvordi. Iso esa: — Uyingga qaytib bor.
39 Xudo sen uchun nimalar qilganini aytib ber, — deb uni jo‘natib yubordi. U kishi borib, Iso unga qanchalar muruvvat ko‘rsatganini butun shaharga e’lon qildi.
40 Iso ko‘lning bu qirg‘og‘iga qaytib kelganda, xalq Uni qarshilab oldi, chunki hamma Uni kutayotgan edi.
41 Shu payt Yair ismli bir odam kelib qoldi. U sinagoga oqsoqoli edi. U Isoning oyog‘iga bosh urib: “Iltimos, uyimga yuring”, deb yolvordi.
42 Chunki Yairning o‘n ikki yoshli yolg‘iz qizi o‘lim to‘shagida yotgan edi. Iso o‘sha odam bilan ketdi. Olomon Isoni har tomondan qisib qo‘yardi.
43 Olomon orasida o‘n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. U bor–budini tabiblarga sarflagan bo‘lsa ham, birontasi unga shifo bera olmagan edi.
44 Ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qo‘lini tekkizdi. Shu zahoti qon ketishi to‘xtadi.
45 — Menga kim tegdi? — deb so‘radi Iso. Isoga qo‘l tekkizganini hech kim tan olmadi. Shunda Butrus dedi: — Ustoz, olomon Sizni o‘rab olib, siqib qo‘yganini ko‘rib turibsiz–ku!
46 Lekin Iso dedi: — Kimdir Menga qo‘lini tekkizdi. Ichimdan bir kuch chiqqanini sezdim.
47 Nazardan chetda qola olmasligini bilib, ayol titragancha Isoning oldiga keldi. Uning oyoqlari ostiga o‘zini tashlab, butun xalq oldida nima sababdan Isoga qo‘lini tekkizganini va qo‘l tekkizgan zahoti shifo topganini aytib berdi.
48 Iso unga dedi: — Qizim, ishonching seni sog‘aytirdi. Eson– omon bor.
49 Iso shunday deb turgan ham ediki, sinagoga oqsoqolining uyidan kimdir kelib unga: — Qizingiz o‘ldi, Ustozni ovora qilmay qo‘ya qoling, — dedi.
50 Buni eshitgan Iso sinagoga oqsoqoli Yairga dedi: — Qo‘rqmang. Faqat ishoning, qizingiz shifo topadi.
51 Iso oqsoqolning uyiga kelganda, Butrus, Yuhanno, Yoqub va qizning ota–onasidan boshqa hech kimning ichkariga kirishiga ruxsat bermadi.
52 Hamma qizcha uchun dod–faryod qilayotgan edi. Iso ularga dedi: — Yig‘lamanglar, axir, qizcha o‘lmagan, u uxlab yotibdi.
53 Ular esa Isoning ustidan kuldilar, chunki qizcha o‘lganini bilardilar.
54 Iso esa qizchaning qo‘lidan ushlab: — Qizaloq, tur o‘rningdan! — dedi.
55 Qizchaga jon kirdi. U shu zahoti o‘rnidan turdi. Iso: “Qizchaga ovqat beringlar”, — deb buyurdi.
56 Qizchaning ota–onasi dong qotib qoldilar. Iso esa ularga bo‘lgan voqea haqida hech kimga og‘iz ochmaslikni buyurdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак