Luqo Muqaddas xushxabar 2 bob

1 Isoning tug‘ilishi. 8 Cho‘ponlar va farishtalar. 21 Isoga ism qo‘yiladi. 22 Shimo‘nning madhiyasi. 41 O‘smir Iso Ma’badda.

1 O‘sha kunlarda Qaysar Avgust butun Rim imperiyasidagi aholi ro‘yxatga olinsin, degan farmon chiqardi.
2 Bu ilk aholi ro‘yxati bo‘lib, Suriyada Kviriniy hokim bo‘lganda o‘tkazildi.
3 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hamma o‘z shahriga bordi.
4 Yusuf ham Jaliladagi Nosira shahridan Yahudiyaning Baytlahm shahriga yo‘l oldi. Bu shahar Dovud shahri edi. Yusuf Dovud xonadonidan, uning naslidan edi.
5 Yusuf ro‘yxatdan o‘tgani Maryamni ham o‘zi bilan olib ketdi. Maryam Yusufga unashtirilgan bo‘lib, farzand kutayotgan edi.
6 Ular o‘sha yerda bo‘lganlarida Maryamning oy–kuni to‘ldi.
7 U o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘lini tug‘di. Uni yo‘rgaklab, oxurga yotqizib qo‘ydi, chunki mehmonxonada ularga joy yo‘q edi.
8 Baytlahm yaqinida cho‘ponlar bor edi. Ular tunda yaylovdagi suruvini qo‘riqlash uchun dalada yotib qolgan edilar.
9 Ularning qarshisida Egamizning bir farishtasi paydo bo‘ldi, Egamizning ulug‘vorligi ularning atrofini yoritib yubordi. Cho‘ponlar qattiq vahimaga tushdilar.
10 Ammo farishta ularga shunday dedi: — Qo‘rqmanglar! Men sizlarga Xushxabar olib keldim. Bu xabar hammaga buyuk quvonch keltiradi.
11 Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Najotkor tug‘ildi. U Masihdir, bizning Rabbimizdir.
12 Mana, sizlarga Uning belgisi: oxurda yotgan, yo‘rgaklangan chaqaloqni topasizlar.
13 Birdan farishtaning yonida samo lashkari bo‘lmish son–sanoqsiz farishtalar paydo bo‘ldi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi:
14 “Falak toqidagi Xudoga sharaflar bo‘lsin, Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin!”
15 Farishtalar cho‘ponlar oldidan osmonga qo‘tarilgan zamon, cho‘ponlar bir–biriga dedilar: — Qani, Baytlahmga boraylik! Egamiz bizga aytgan voqea yuz berganini ko‘raylik!
16 Ular shosha–pisha bordilar, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan chaqaloqni ko‘rdilar.
17 Ular chaqaloqni ko‘rib, farishta bu chaqaloq to‘g‘risida nimalar aytganini gapirib berdilar.
18 Cho‘ponlarning gapini eshitganlarning hammasi hayratga tushdi.
19 Maryam esa bu so‘zlarning barini diliga tugib olib, chuqur o‘ylab yurdi.
20 Cho‘ponlar qaytib ketayotib, Xudoni ulug‘lab, Unga hamdu sanolar aytdilar. Chunki eshitgan va ko‘rganlarining hammasi xuddi farishta aytganiday sodir bo‘lgandi.
21 Oradan sakkiz kun o‘tdi. Chaqaloqni sunnat qiladigan payt keldi. Unga Iso deb ism qo‘ydilar. Iso ona qornida paydo bo‘lmasdan oldin, farishta Unga shu ismni bergan edi.
22 Maryam, Tavrotga ko‘ra, tozalanish kunlariga rioya qildi. Bu muddat tugagach, Maryam bilan Yusuf Quddusga bordilar.
23 U yerda poklanish qurbonligini keltirib, Egamizning qonunidagi “ikkita kaptar yoki ikkita musicha keltirilsin”, degan amrni bajardilar. Ular bolani ham Egamizga taqdim qilmoqchi bo‘lib, uni o‘zlari bilan Quddusga olib borgan edilar.
24 Chunki Egamizning qonunida: “Har bir to‘ng‘ich o‘g‘il Egamizga bag‘ishlanishi kerak”, deb yozilgan.
25 O‘sha paytda Quddusda Shimo‘n degan bir odam bor edi. U solih, taqvodor odam bo‘lib, Isroilning najot topishini intizor bo‘lib kutar edi. Muqaddas Ruh unga yor edi.
26 MuqaddasRuh unga: “Egamiz va’da qilgan Masihni sen ko‘rmaguningcha, o‘lmaysan”, deb ayon qilgan edi.
27 Shunday qilib, Shimo‘n Muqaddas Ruh boshchiligida Ma’badga bordi. Isoning ota–onasi qonunda buyurilgan marosimni bajarish uchun, chaqaloqni Ma’bad hovlisiga olib kirdilar.
28 Shunda Shimo‘n chaqaloqni qo‘liga olib, Xudoga hamdu sano aytdi:
29 “Ey Egam, va’dangni Sen bajo aylading, Endi tinchgina o‘lishga rozi bu quling.
30 Zero, o‘z ko‘zim ila ko‘rdim Qutqaruvchini,
31 Barcha ellar oldida hozirlagan najotingni.
32 G‘ayriyahudiylarga ayon bo‘ladigan nurdir U, Xalqing Isroilning shuhratidir U.
33 Yusuf ham, Maryam ham Iso haqida aytilgan bu so‘zlardan hayratga tushdilar.
34 Shimo‘n ularni duo qilib, Isoning onasi Maryamga dedi: — Mana shu go‘dak Isroilda ko‘p odamlarning qulashiga va yuksalishiga sababchi bo‘ladi. U Xudodan alomat bo‘ladi, Uni ko‘plar rad etadi.
35 Natijada ko‘plarning sirli fikrlari oshkor bo‘ladi. Sening qalbingga ham qilich sanchiladi.
36 U yerda Xanna ismli keksa bir payg‘ambar ayol ham bor edi. U Osher qabilasidan Panuil degan odamning qizi edi. U turmushga chiqib, eri bilan yetti yil yashadi.
37 So‘ng beva qolgan edi. U sakson to‘rt yil davomida beva bo‘lib, hech qachon Ma’badni tark etmasdi. Ro‘za tutib, ibodat qilib, kechayu kunduz Xudoga sajda qilardi.
38 Shimo‘n Maryam va Yusufga gapirib turgan paytda Xanna ularga yaqinlashib, Xudoga shukronalar aytdi. U Quddusning ozod qilinishini intizorlik bilan kutganlarning hammasiga bu bola haqida so‘zlay boshladi.
39 Yusuf bilan Maryam Egamizning qonunidagi hamma talablarni bajarganlaridan keyin, Jalilaga, o‘z shahri Nosiraga qaytib bordilar.
40 Bola ulg‘ayib, kuchga va donolikka to‘lib borardi. U Xudoning inoyati ostida edi.
41 Isoning ota–onasi har yili Fisih bayramida Quddusga borar edilar.
42 Iso o‘n ikki yoshda bo‘lganda, ular yana odatdagiday bayram qilish uchun Quddusga bordilar.
43 Bayramdan keyin ular uyga qaytar ekanlar, o‘smir Iso Quddusda qoldi. Ota–onasi esa bundan bexabar edi.
44 Ular “Iso yo‘lovchilar orasida kelyapti”, deb o‘ylashdi. Bir kun yo‘l bosganlaridan keyin, Isoni qarindosh–urug‘lari va tanish–bilishlari orasidan qidira boshladilar.
45 Uni topa olmaganlaridan keyin, Quddusga qaytib, Isoni o‘sha yerdan qidirdilar.
46 Uch kundan so‘ng Uni Ma’baddan topdilar. U muallimlar orasida o‘tirardi, ularning gaplariga quloq solib, savollar berardi.
47 Isoning gaplarini eshitganlarning hammasi Uning fahm–idrokiga va berayotgan javoblariga hayron qolardilar.
48 Ota– onasi Uni ko‘rib, ajablandilar. Onasi Unga dedi: — O‘g‘lim, bu nima qilganing? Otang ikkovimiz Seni qidiraverib adoyi tamom bo‘ldik–ku!
49 — Nega Meni qidirdingizlar? — dedi Iso. — Men Otamning uyida bo‘lishim kerakligini nahotki bilmagan bo‘lsangizlar?!
50 Ammo ular Isoning aytgan gapini tushunmadilar.
51 Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota–onasiga itoat qildi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib qo‘ydi.
52 Iso ulg‘ayib, yillar o‘tgan sari dono bo‘lib borardi. U Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonardi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак