Luqo Muqaddas xushxabar 5 bob

1 Isoning dastlabki shogirdlari. 12 Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sog‘aytiradi. 17 Iso shol odamni sog‘aytiradi. 27 Iso Levini chaqiradi. 33 Ro‘za tutish haqida savol.

1 Bir kuni Iso Jalila ko‘li bo‘yida turganda, olomon Xudoning so‘zini eshitish uchun Isoning yonida tirband bo‘ldi.
2 Iso ko‘l qirg‘og‘ida turgan ikki qayiqni ko‘rdi. Baliqchilar qayiqdan chiqib, to‘rlarini yuvayotgan edilar.
3 Qayiqlardan biri Shimo‘nniki edi. Iso Shimo‘nning qayig‘iga tushib, qirg‘oqdan bir oz nariroq suzib borishni iltimos qildi. So‘ng o‘tirib, o‘sha yerdan odamlarga ta’lim berdi.
4 Iso gapini tugatib, Shimo‘nga dedi: — Chuqurroq yerga suzib borib, o‘lja uchun to‘rlaringizni tashlanglar.
5 Shimo‘n Isoga shunday dedi: — Ustoz, biz tun bo‘yi astoydil harakat qildik, lekin hech narsa tutolmadik. Ammo Siz aytganingiz uchun, to‘r tashlaymiz.
6 Ular to‘r tashlaganlarida, shu qadar ko‘p baliq ovladilarki, hatto to‘rlari yirtila boshladi.
7 Ular boshqa qayiqdagi o‘rtoqlariga, yordam beringlar, deb ishora qildilar. Qayiqlar yetib kelgach, ikkala qayiqni ham baliqqa to‘ldirdilar, qayiqlar suvga bota boshladi.
8 Shimo‘n Butrus buni ko‘rdi–da, Isoning oldida tiz cho‘kib dedi: — Hazrat! Mening yonimdan keting, chunki men gunohkor insonman.
9 Shimo‘n va yonidagilar bunday mo‘l baliq ovidan hayratga tushgan edilar.
10 Shimo‘nning sheriklari Zabadiy o‘g‘illari Yoqub bilan Yuhanno ham hayratda edilar. Iso Shimo‘nga dedi: — Qo‘rqma, bundan buyon sen insonlarni ovlaysan.
11 Ular qayiqlarini qirg‘oqqa tortdilar va hamma narsalarini qoldirib, Isoga ergashdilar.
12 Iso bir shaharda bo‘lganda, teri kasalligiga chalingan bir odam kelib qoldi. U Isoni ko‘rib, yuz tuban yerga muk tushib, yolvordi: — Hazrat, bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
13 Iso qo‘lini uzatdi va unga tekkizib: — Istayman, pok bo‘l! — dedi. Kasallik esa o‘sha zahoti ketdi.
14 Iso yuz bergan voqeani hech kimga aytmaslikni o‘sha odamga buyurdi. So‘ng dedi: — Borib o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir.
15 Ammo Iso to‘g‘risidagi gap–so‘zlar tobora yoyilib boraverdi. Tumonat xaloyiq Uni tinglash va dardlaridan forig‘ bo‘lish uchun Uning oldiga yig‘ilib kelar edi.
16 U esa ko‘pincha kimsasiz joylarga ketib, ibodat qilar edi.
17 Bir kuni Iso ta’lim berayotganda, Uning tinglovchilari orasida farziylar bilan Tavrot tafsirchilari ham o‘tirgan edilar. Ular Jalila va Yahudiyaning hamma qishloqlaridan, Quddusdan kelgan edilar. Isoda Egamizning xastalarga shifo berish qudrati bor edi.
18 Bir nechta kishi to‘shakda yotgan bir shol odamni ko‘tarib keldilar. Uni uyga — Isoning oldiga olib kirishga urindilar.
19 Lekin olomon ko‘pligidan buning ilojini topolmay, uyning tomiga chiqib, tomdan teshik ochdilar. So‘ng sholni o‘sha teshikdan to‘shagi bilan olomon o‘rtasiga — Isoning oldiga tushirdilar.
20 Iso ularning ishonchini ko‘rib, sholga dedi: — Birodarim, gunohlaring kechirildi.
21 Tafsirchilar bilan farziylar esa o‘zlaricha shunday mulohaza qila boshladilar: “Kufrlik qilayotgan bu Odam kim o‘zi? Xudodan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi–ku!”
22 Iso ularning mulohazalarini bilib, shunday savol berdi: — Nega bunday narsalarni o‘ylaysizlar?
23 Qaysi biri osonroq? Sholga: “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi?
24 Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar. Iso shunday dedi–yu, sholga: — Senga aytaman: O‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi.
25 Shol o‘sha zahoti hammaning ko‘zi oldida o‘rnidan turdi. Yotgan to‘shagini olib, Xudoni ulug‘lab, uyiga ketdi.
26 Hamma hayratga tushib, Xudoni ulug‘ladi. Ular qo‘rquv ichra: “Bugun aql bovar qilmaydigan hodisani ko‘rdik”, deb aytardilar.
27 Shundan so‘ng, Iso u yerdan chiqib, soliq yig‘adigan joyda o‘tirgan Levini ko‘rib qoldi. Iso unga: — Ortimdan yur! — dedi.
28 Levi o‘rnidan turdi, hamma narsasini qoldirib, Isoga ergashdi.
29 So‘ngra Levi o‘z uyida Isoning sharafiga katta ziyofat berdi. Mehmonlar orasida bir guruh soliqchilar va boshqa odamlar bor edi.
30 Farziylar va farziylarning mazhabidan bo‘lgan tafsirchilar norozi bo‘lib, Isoning shogirdlariga dedilar: — Nega sizlar soliqchilaru gunohkorlar bilan birga yeb–ichib o‘tiribsizlar?
31 Iso ularga shunday javob berdi: — Sog‘lar emas, xastalar tabibga muhtojdir.
32 Men solihlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
33 Ba’zi odamlar Isoga dedilar: — Mana, Yahyoning shogirdlari farziylarning shogirdlari kabi tez–tez ro‘za tutib, ibodat qilishadi. Sizning shogirdlaringiz esa yeb–ichib yuribdilar!
34 Iso ularga dedi: — Kuyov davrada bo‘lganda to‘yga kelgan mehmonlarni ro‘za tutishga majbur qilib bo‘lardimi?!
35 Biroq ular kuyovdan judo bo‘ladigan kunlar keladi, ana o‘shanda ro‘za tutadilar.
36 Iso ularga bir masalni ham aytib berdi: — Hech kim yangi kiyimdan yirtib olib, eski kiyimga yamoq solmaydi. Aks holda yangi kiyim ham yirtiladi, yangi kiyimdan olingan yamoq ham eski kiyimga to‘g‘ri kelmaydi.
37 Shuningdek, hech kim yangi sharobni eski meshga quymaydi. Chunki yangi sharob meshni yorib yuboradi, sharob to‘kiladi, mesh ham nobud bo‘ladi.
38 Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quymoq darkor.
39 Eski sharobdan ichgan odam yangi sharobni istamaydi. “Eskisi yaxshi”, deb aytadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак