Luqo Muqaddas xushxabar 22 bob

1 Isoni o‘ldirish rejasi. 7 Iso shogirdlari bilan Fisih taomini tanovul qiladi. 24 Eng katta kim? 31 Iso Butrusning tonishini bashorat qiladi. 35 Hamyon, to‘rva, qilich. 39 Iso Zaytun tog‘ida ibodat qiladi. 47 Iso hibsga olinadi. 54 Butrus Isodan tonadi. 66 Iso Oliy kengash oldida.

1 Xamirturushsiz non bayramiga yaqin qolgan edi. Bu bayram Fisih deb atalardi.
2 Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni yashirincha o‘ldirish uchun fursat poylab yurgan edilar, chunki ular xalqdan qo‘rqardilar.
3 Shunda o‘n ikki havoriydan biri — Yahudo Ishqariyotning ichiga shayton kirib oldi.
4 Yahudo bosh ruhoniylarning va Ma’bad mirshabboshilarining oldiga borib, Isoni qanday tutib berish to‘g‘risida ular bilan gaplashdi.
5 Ular juda xursand bo‘lib, Yahudoga pul beradigan bo‘ldilar.
6 Yahudo rozi bo‘ldi va Isoni xalqdan yashirincha ularning qo‘liga tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
7 Xamirturushsiz non bayrami keldi. Shu kuni Fisih qo‘zisi qurbonlik qilinar edi.
8 Iso Butrus bilan Yuhannoni yuborayotib shunday dedi: — Boringlar, biz uchun Fisih taomini tayyorlanglar.
9 Ular Isodan so‘radilar: — Bayram taomini qayerda tayyorlashimizni xohlaysiz?
10 Iso ularga dedi: — Shaharga kirishlaringiz bilanoq, ko‘zada suv ko‘tarib ketayotgan bir odamni uchratasizlar. O‘sha odamga ergashib, u kiradigan uyga kiringlar.
11 Xonadon egasiga shunday deb aytinglar: “Ustozimiz shogirdlari bilan Fisih taomini yemoqchilar. U sizdan: ‘Bizga tayyorlab qo‘yilgan mehmonxona qayerda?’ deb so‘rab yubordilar.”
12 Uy egasi sizlarga jihozlangan katta boloxonani ko‘rsatadi. U yerda biz uchun hozirlik ko‘ringlar.
13 Shogirdlar ketdilar. Hamma narsa xuddi Iso aytganiday ro‘y berdi. Ular Fisih taomini tayyorladilar.
14 Ziyofat vaqti bo‘ldi. Iso bilan havoriylari dasturxon atrofiga yonboshlashdi.
15 Iso ularga dedi: — Men azob chekmasimdan avval bu Fisih taomini sizlar bilan birga yeyishni juda ham orzu qilgandim.
16 Sizlarga aytay: Biz Xudoning Shohligida haqiqiy Fisih taomini yemagunimizcha, Men bu taomdan boshqa yemayman.
17 Keyin Iso sharob quyilgan kosani olib, shukrona duosini aytib dedi: — Buni olinglar, o‘zaro bo‘lishinglar.
18 Sizlarga aytay: Xudoning Shohligi kelmaguncha, Men uzum ne’matidan boshqa ichmayman.
19 So‘ngra nonni oldi, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berib dedi: — Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido bo‘ladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar.
20 Ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin, Iso yana sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi: — Bu kosa Xudoning yangi ahdini bildiradi. Bu Ahd sizlar uchun to‘kiladigan qonim evaziga kuchga kiradi.
21 Ana, qarang! Menga xiyonat qiladigan odam Men bilan bir dasturxonda o‘tiribdi.
22 Ha, Xudo reja qilganday Inson O‘g‘li jon beradi. Ammo Inson O‘g‘liga xiyonat qilgan odamning holiga voy!
23 Shunda ular bir–birlaridan: — Oramizda bunday ishga qo‘l uradigan kim ekan? — deb so‘ray boshladilar.
24 Shogirdlar orasida: “Qaysi birimiz eng katta hisoblanishimiz kerak?” degan bahs bo‘ldi.
25 Iso ularga dedi: “Butparastlarning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar. El boshliqlari oliyhimmat deb olqishlanadilar.
26 Sizlar esa bunday bo‘lmanglar. Aksincha, orangizda kim katta bo‘lsa, o‘zini eng kichikday tutsin. Kim boshliq bo‘lsa, xizmatkorday bo‘lsin.
27 Xo‘sh, kim katta? Dasturxon atrofida o‘tirganmi yoki unga xizmat qilayotganmi? Dasturxon atrofida o‘tirgan emasmi?! Men esa orangizda xizmatkordayman.
28 Og‘ir kunlarimda yonimda bo‘ldingizlar.
29 Shuning uchun, Otam Menga in’om qilgan Shohlikni Men sizlarga in’om qilyapman.
30 Sizlar Mening Shohligimda dasturxonim atrofida o‘tirib yeb–ichasizlar, Isroilning o‘n ikki qabilasiga hukmronlik qilasizlar.”
31 Iso dedi: — Shimo‘n, Shimo‘n! Mana, bug‘doyni g‘alvirdan o‘tkazishganday, shayton sizlarni sinovdan o‘tkazishga izn so‘radi.
32 Biroq imondan toymasin, deb Men sen uchun ibodat qildim. Sen tavba qilib, Menga qaytganingdan keyin, birodarlaringni imonda mustahkamla.
33 Shimo‘n Isoga javoban dedi: — Hazrat! Men Siz bilan zindonga ham, o‘limga ham borishga tayyorman!
34 Iso esa dedi: — Eh Butrus! Senga shuni aytay, bugun xo‘roz qichqirmasdan oldin sen uch marta Meni tanimasligingni aytasan.
35 Iso shogirdlariga dedi: — Men sizlarni hamyonsiz, to‘rvasiz, choriqsiz yuborganimda, biron narsada kamchiligingiz bormidi? — Hech narsada! — javob berdi ular.
36 Iso ularga shunday dedi: — Endi esa kimning hamyoni yoki to‘rvasi bo‘lsa, olsin. Kimda qilich yo‘q bo‘lsa, choponini sotib, qilich xarid qilsin.
37 Sizlarga aytay: “U gunohkorlar qatorida sanaldi”, deb Men haqimda aytilgan bashorat bajo bo‘lishi kerak. Ha, Men haqimda yozilgan bu so‘z bajo bo‘lyapti.
38 Shogirdlar: — Hazrat, qarang, mana bu yerda ikkita qilich bor ekan! — dedilar. — Bo‘ldi, yetar! — dedi Iso.
39 Iso shahardan chiqib, odatdagiday Zaytun tog‘iga yo‘l oldi. Shogirdlari ham Uning orqasidan ketdilar.
40 Iso o‘sha joyga yetib kelgandan keyin, shogirdlariga: — Vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar, — dedi.
41 O‘zi ulardan bir tosh otar masofacha nari bordi–da, tiz cho‘kib ibodat qildi:
42 — Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini Mendan uzoqlashtirsang! Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.
43 Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir bo‘lib, Unga kuch ato qildi.
44 Iso og‘ir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi. Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi.
45 Iso ibodatni tugatib, shogirdlari yoniga keldi. Ularning uxlab yotganini ko‘rdi. Shogirdlar qayg‘udan holdan toygan edilar.
46 Iso ularga: — Nega uxlab yotibsizlar? Qani turinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar, — dedi.
47 Iso hali gapirib bo‘lmasidan, birdaniga olomon kelib qoldi. Olomonni o‘n ikki shogirddan biri — Yahudo boshlab kelgandi. Yahudo Isoni o‘pmoqchi bo‘lib, Unga yaqinlashdi.
48 Iso esa unga dedi: — Yahudo, sen Inson O‘g‘liga bir o‘pich bilan xiyonat qilyapsanmi?
49 Isoning yonidagilar voqea qayoqqa yo‘nalayotganini payqab: — Hazrat, qilichni ishga solaylikmi? — deyishdi.
50 Ulardan biri esa oliy ruhoniyning xizmatkoriga jarohat yetkazib, uning o‘ng qulog‘ini kesib tashladi.
51 Shunda Iso: — Qo‘yinglar, bas! — dedi–da, xizmatkorning qulog‘iga qo‘l tekkizib unga shifo berdi.
52 So‘ng Uni qo‘lga olishga kelgan bosh ruhoniylar, Ma’bad mirshabboshilari va oqsoqollarga dedi: — Men qaroqchimidim, Meni olib ketgani qilichu tayoqlar bilan kelibsizlar?!
53 Sizlar bilan har kuni Ma’badda birga edim, Menga qo‘l tekkizmadingizlar. Ammo endi zamon sizniki, zulmat hukmronligi keldi!
54 Isoni ushlab, oliy ruhoniyning uyiga olib ketdilar. Butrus esa masofa saqlab ularga ergashib bordi.
55 Oliy ruhoniyning hovlisi o‘rtasida gulxan yoqishdi. Butrus gulxan atrofida o‘tirgan odamlarning yoniga borib o‘tirdi.
56 Bir cho‘ri qiz gulxan yonida o‘tirgan Butrusni ko‘rdi. U Butrusga tikilib qaradi–da: — Bu odam ham U bilan birga edi! — dedi.
57 Lekin Butrus inkor etib: — Ey singlim, men Uni tanimayman! — dedi.
58 Bir ozdan keyin boshqa bir odam Butrusni ko‘rib: — Sen ham ulardan birisan–ku! — dedi. Lekin Butrus unga ham: — Ey birodar, men ulardan emasman! — dedi.
59 Oradan bir soatlar o‘tgandan keyin yana kimdir: — Haqiqatan ham, manavi odam U bilan birga bo‘lgan. Axir, u ham Jalilalik–ku! — deb turib oldi.
60 — Menga qara, nima to‘g‘risida gapiryapsan, tushunmayapman — deb e’tiroz bildirdi Butrus. U gapini tugatmasdanoq, xo‘roz qichqirdi.
61 Rabbimiz Iso o‘girilib, Butrusga qaradi. Shunda Butrus Rabbimizning: “Bugun xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan”, — degan gapini esladi.
62 Butrus hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi.
63 Isoni qo‘riqlagan odamlar Uni haqoratlab kaltakladilar.
64 Ular Isoning ko‘zlarini bog‘lab qo‘yib: — Payg‘ambar, qani top–chi, Seni kim urdi ekan? — derdilar.
65 Isoga yana ko‘p haqoratli so‘zlar aytdilar.
66 Tong otganda Oliy kengash a’zolari — bosh ruhoniylar bilan tafsirchilar yig‘ildilar. Isoni ularning oldiga olib kelishdi.
67 — Bizga ayt–chi, Sen Masihmisan? — deb so‘radilar. Iso shunday javob berdi: — Agar sizlarga aytsam, Menga ishonmaysizlar.
68 Agar sizlarga savol bersam, javob bermaysizlar.
69 Biroq bundan buyon Inson O‘g‘li Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tiradi.
70 Shunda hamma birdaniga: — Bundan chiqdi, Sen Xudoning O‘g‘li ekansan–da? — deb so‘radilar. — O‘zlaringiz Mening kimligimni aytdingizlar, — dedi ularga Iso.
71 Shunda ular: — Boshqa guvohga ehtiyoj qolmadi! O‘z og‘zidan o‘zimiz eshitdik, axir! — deyishdi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак