Luqo Muqaddas xushxabar 18 bob

1 Beva ayol va adolatsiz qozi to‘g‘risida masal. 9 Farziy va soliqchi to‘g‘risida masal. 15 Iso bolalarni duo qiladi. 18 Boylik va abadiy hayot haqida. 31 Iso O‘z o‘limi to‘g‘risida uchinchi marta aytadi. 35 Iso ko‘r odamga shifo beradi.

1 Shogirdlar doimo va bezmasdan ibodat qilsin deb, Iso ularga shunday bir masal aytib berdi:
2 — Bir shaharda Xudodan ham qo‘rqmaydigan, odamdan ham uyalmaydigan bir qozi bor ekan.
3 O‘sha shaharda bir beva ayol ham yashar ekan. U qozining oldiga tez–tez borib turib: — Meni raqibimdan himoya qiling, — deb o‘tinarkan.
4 Qozi ancha vaqtgacha unga yordam berishdan bosh tortib yurar ekan. Oxiri u o‘zi– o‘ziga shunday debdi: — Men Xudodan qo‘rqmayman, odamlardan ham uyalmayman.
5 Ammo bu beva xotin meni holu jonimga qo‘ymagani uchun, uni himoya qila qolay. Bo‘lmasa, u kelaverib meni bezor qiladi.
6 Rabbimiz Iso gapida davom etib dedi: — Adolatsiz qozining gapini eshitdingizmi?
7 Shunday ekan, nahotki Xudo tunu kun iltijo qilayotgan O‘z tanlaganlarini himoya qilmasa?! Yo‘q, Xudo ularni kuttirib qo‘ymaydi!
8 Sizlarga aytaman, ularni zudlik bilan himoya qiladi! Ammo Inson O‘g‘li kelganda, yer yuzida imoni bor odamlarni toparmikin?”
9 O‘zlarining solihligiga ishonib, boshqalarni mensimaydigan ba’zi odamlarga Iso quyidagi masalni aytib berdi:
10 “Ikki odam ibodat qilgani Ma’badga kirishibdi. Ularning biri farziy, ikkinchisi soliqchi ekan.
11 Farziy o‘rnidan turib, shunday ibodat qilibdi: — Xudoyim, O‘zingga shukr! Chunki men boshqalarga o‘xshab o‘g‘ri, jinoyatchi, zinokor yoki manavi soliqchiday emasman.
12 Men haftada ikki marta ro‘za tutaman. Topganimning o‘ndan birini ushr qilib beraman.
13 Soliqchi bo‘lsa uzoqda turib, hatto osmonga ham qarashga botinolmay, ko‘kragiga urganicha: — Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! — deb iltijo qilardi.
14 Sizga aytaman: farziy emas, mana shu odam oqlanib uyiga qaytdi. Zotan o‘zini o‘zi yuksaltirgan odam kamsitiladi, o‘zini past olgan odam esa yuksaltiriladi.”
15 Iso bolalarimizga qo‘l tekkizsin, deb odamlar Uning oldiga hatto go‘daklarni ham olib kelishardi. Shogirdlar buni ko‘rib, odamlarni koyidilar.
16 Iso esa bolalarni yoniga chaqirib, dedi: “Bolalarga yo‘l beringlar, Mening oldimga kelishiga to‘sqinlik qilmanglar! Zero, Xudoning Shohligi shundaylarnikidir.
17 Sizlarga chinini aytayin: kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech qachon kirolmaydi.”
18 Yahudiy boshliqlardan biri Isodan so‘radi: — Valine’mat Ustozim! Abadiy hayotga ega bo‘lish uchun nima qilishim kerak?
19 Iso unga dedi: — Nega Meni valine’mat deysiz? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas.
20 Siz amrlarni bilasiz: “Zino qilmang. Qotillik qilmang. O‘g‘irlik qilmang. Yolg‘on guvohlik bermang. Ota–onangizni hurmat qiling.”
21 — Bularning hammasiga yoshligimdan amal qilib kelaman, — dedi boyagi boshliq.
22 Buni eshitib, Iso dedi: — Sizga birgina narsa yetishmaydi: bor narsangizni soting, pulini kambag‘allarga tarqating. Shunda osmonda xazinangiz bo‘ladi. Keyin kelib, Menga ergashing.
23 Boshliq buni eshitib, qattiq xafa bo‘ldi, chunki u juda boy edi.
24 Iso uning xafa bo‘lganini ko‘rib dedi: — Mol–dunyosi bor odamlarning Xudo Shohligiga kirishi naqadar qiyin!
25 Boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroqdir.
26 Buni eshitganlar esa: — Unday bo‘lsa, kim najot topa olar ekan? — deb so‘rashdi.
27 Iso shunday javob berdi: — Odamlar uchun imkonsiz bo‘lgan narsaning Xudo uchun imkoni bor.
28 Shunda Butrus dedi: — Mana, biz uy–joyimizni tashlab, Sizning orqangizdan ergashib keldik.
29 Iso shogirdlariga dedi: — Sizlarga chinini aytayin, Xudoning Shohligi uchun uy–joyini, yoki xotinini yo aka–ukalarini yoki ota–onasini yo bola–chaqasini qoldirgan odam
30 bu dunyoning o‘zidayoq bir necha barobar ortig‘i bilan oladi, narigi dunyoda esa abadiy hayotga ega bo‘ladi.
31 Keyin Iso o‘n ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi: — Mana, biz Quddusga ketyapmiz. Payg‘ambarlarning Inson O‘g‘li to‘g‘risida yozgan hamma bashoratlari bajo bo‘ladi.
32 Uni g‘ayriyahudiylarga tutib beradilar. Uni masxaralab haqorat qiladilar. Unga tupuradilar.
33 G‘ayriyahudiylar Uni qamchilaydilar, keyin o‘ldiradilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.”
34 Shogirdlar esa bu so‘zlardan hech narsa tushunmadilar. Bu so‘zlarning ma’nosi ularga qorong‘i edi, Isoning aytganlarini ular anglamadilar.
35 Iso Yerixo shahriga kirib kelayotganda, bir ko‘r odam yo‘l chekkasida sadaqa so‘rab o‘tirar edi.
36 Oldidan katta bir olomon o‘tib ketayotganini eshitgan o‘sha ko‘r: — Nima gap? — deb so‘radi.
37 — Nosiralik Iso o‘tib ketyapti, — deb javob berishdi unga.
38 Shunda ko‘r: — Ey Dovud O‘g‘li Iso, menga rahm qil! — deb baqirdi.
39 Oldinda ketayotganlar esa: — Jim bo‘l! — deb ko‘rni koyishdi. U esa yanada qattiqroq baqirdi: — Ey Dovud O‘g‘li! Menga rahm qil!
40 Shunda Iso to‘xtab, ko‘rni yoniga olib kelishlarini buyurdi. Ko‘r kelgach, Iso undan so‘radi:
41 — Mendan nima istaysan? Sen uchun nima qilay? — Hazrat, ko‘zlarim ko‘rsin! — dedi u.
42 Iso unga: — Ko‘zlaring ko‘rsin, ishonching senga shifo berdi, — dedi.
43 O‘sha zahoti u ko‘ra boshladi. So‘ng Xudoni ulug‘lagancha Isoga ergashdi. Buni ko‘rgan butun xalq Xudoga hamdu sanolar aytdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18