Luqo Muqaddas xushxabar 13 bob

1 Tavba va halokat haqida. 6 Hosilsiz anjir daraxti haqida masal. 10 Shabbat kuni Iso bukri ayolga shifo beradi. 18 Xantal urug‘i haqida masal. 20 Xamirturush haqida masal. 22 Najot eshigi tor. 31 Isoning Quddus uchun nolasi.

1 O‘sha vaqtda ba’zi odamlar kelib, Isoga Rimlik hokim Pilat o‘ldirgan Jalilaliklar haqida xabar qilishdi. Jalilaliklar qurbonlik keltirayotgan paytda Pilat ularni o‘ldirib, qonlarini so‘yilgan qurbonliklar qoniga aralashtirib tashlagan edi.
2 Iso xabarchilarga dedi: “Sizningcha, bu Jalilaliklar boshqa hamma Jalilaliklarga qaraganda ko‘proq gunoh qilganlari uchun shunchalik jafo chekdilarmi?
3 Sizga yo‘q, deyman. Lekin tavba qilmasangizlar, hammalaringiz ular kabi halok bo‘lasizlar.
4 Yoki Siloam minorasi qulaganda nobud bo‘lgan o‘n sakkiz kishini olaylik. Sizlarning fikringizcha, o‘sha nobud bo‘lganlar Quddusda yashaydigan qolgan hamma odamdan ko‘ra ko‘proq gunoh qilgan edilarmi?
5 Sizlarga yo‘q, deb aytaman. Lekin tavba qilmasangizlar, hammangiz ular kabi halok bo‘lasizlar.”
6 Shundan keyin Iso shu masalni aytib berdi: “Bir odamning uzumzoriga anjir daraxti ekilgan ekan. O‘sha odam kelib, anjir daraxtidan meva izlabdi, ammo topa olmabdi.
7 U bog‘bonga debdi: — Menga qara, uch yildirki, men mana bu anjir daraxtidan meva izlayman, ammo shu paytgacha bironta meva topa olmadim. Uni kesib tashla! Bekorga yerni egallab turishining nima keragi bor?!
8 Bog‘bon esa shunday javob beribdi: — Xo‘jayin, daraxtingiz bu yil ham tursin. Men uning atrofini chopib, go‘ng solay.
9 Balki kelgusi yil meva berar. Agar bermasa, unda kesib tashlaymiz.
10 Shabbat kuni Iso sinagogalarning birida ta’lim berayotgan edi.
11 U yerda o‘n sakkiz yildan beri jinga chalingan bir ayol bor edi. U ikki bukilib qolgan bo‘lib, qaddini umuman rostlay olmasdi.
12 Iso uni ko‘rgach, yoniga chaqirib dedi: — Ey ayol, sen dardingdan xalos bo‘lding!
13 So‘ng ayolga qo‘llarini qo‘ydi, shu zahoti ayolning qaddi tiklandi–qoldi. Ayol Xudoga hamdu sanolar aytdi.
14 Iso Shabbat kuni xastaga shifo bergani uchun sinagoga oqsoqoli achchiqlanib, olomonga shunday dedi: — Ishlash uchun olti kun bor. Shifo topmoqchi bo‘lsangiz, Shabbatdan boshqa kuni kelinglar.
15 Rabbimiz Iso unga javoban dedi: — Ey ikkiyuzlamachilar! Sizlar o‘zlaringiz ham Shabbat kuni ho‘kizingiz yoki eshagingizni oxurdan yechib, sug‘organi olib borasizlar–ku!
16 Bu esa Ibrohimning qizi, axir! Shayton o‘n sakkiz yildan beri uni bog‘lab qo‘ygan edi. Uni Shabbat kuni kishanlaridan ozod qilish nahotki mumkin bo‘lmasa?!
17 Iso shu gaplarni aytganda, uning hamma raqiblari sharmanda bo‘ldilar. Jamiki olomon esa Iso qilgan ajoyib ishlardan xursand edi.
18 Iso dedi: — Xudo Shohligi nimaga o‘xshaydi? Uni nimaga o‘xshatsam bo‘ladi?
19 Xudoning Shohligi bir odam o‘z bog‘iga ekkan xantal urug‘iga o‘xshaydi. Urug‘ unib–o‘sib, daraxt bo‘ladi, qushlar uning shoxlariga uya quradi.
20 Iso yana shunday dedi: — Xudoning Shohligini yana nimaga o‘xshatsam bo‘ladi?
21 Xudoning Shohligi xamirturushga o‘xshaydi. Ayol bir bo‘lak xamirturushni uch tog‘ora unga qorsa ham, hamma xamir oshadi.
22 Iso Quddusga yo‘l oldi va shaharu qishloqlarga borib, ta’lim berar edi.
23 Bir odam Unga shunday savol berdi: — Hazrat, nahotki sanoqli odam najot topsa?! Iso shunday javob berdi:
24 — Tor eshikdan kirishga jon–jahdingiz bilan harakat qilinglar. Sizlarga shuni aytay: ko‘p odam ichkari kirishga intiladi, ammo kira olmaydi.
25 Uy egasi o‘rnidan turib eshikni yopganda, sizlar tashqarida qolib eshikni taqillatasizlar va: “Hazrat, bizga eshikni oching!” deb aytasizlar. U esa sizlarga: “Kimligingizni va qayerdan kelganingizni bilmayman!” deb javob beradi.
26 Shunda sizlar: “Axir, biz Siz bilan birga yeb– ichganmiz! Ko‘chalarimizda ta’lim bergansiz!” deb aytasizlar.
27 Ammo U sizlarga deydi: “Men sizlarni tanimayman! Qayerdanligingizni ham bilmayman! Yo‘qolinglar oldimdan, ey badkirdorlar!”
28 Sizlarni tashqariga quvib chiqarishganda, qattiq pushaymon bo‘lasizlar, fig‘on chekasizlar, chunki Ibrohim, Is’hoq, Yoqub va barcha payg‘ambarlar Xudoning Shohligida ekanini ko‘rasizlar.
29 Shundan keyin sharqu g‘arbdan, shimolu janubdan odamlar kelib, Xudoning Shohligida ziyofatga o‘tiradilar.
30 Shunda oxirgi bo‘lgan ba’zi odamlar birinchi bo‘ladilar, birinchi bo‘lgan ba’zilar esa oxirgi bo‘ladilar.”
31 Shu paytda farziylardan ayrimlari Isoning oldiga kelib deyishdi: — Bu yerdan ketishingiz kerak. Hirod Sizni o‘ldirmoqchi.
32 Iso ularga shunday dedi: — Borib u tulkiga aytinglar: Eshitib ol, Men bugun ham, ertaga ham jinlarni quvib, xastalarga shifo beraman. Uchinchi kuni esa ishimni tugataman.
33 Ammo shunday bo‘lsa ham, Men bugun, ertaga va indinga O‘z yo‘limdan qolmasligim kerak. Axir, payg‘ambar Quddusdan tashqarida o‘ldirilishi mumkin emas.
34 Eh Quddus, Quddus! Payg‘ambarlarni qatl etib, huzuriga yuborilganlarni toshbo‘ron qiluvchi shahar! Tovuq o‘z jo‘jalarini qanotlari ostiga qanday to‘plasa, Men ham sening xalqingni bir necha marta shunday to‘plamoqchi bo‘ldim. Lekin sen istamading.
35 Ey Quddus aholisi, sizning uy– joylaringiz huvullab qoladi. Sizga shuni aytay: “Egamiz nomi bilan keladigan inson baraka topsin”, — deb aytmaguningizcha, Meni ko‘rmaysizlar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак