J.Makdauell, E.Devis. Yalang‘och dalillar - (3-savol) Kitob O'zbek tilida
Ялангоч далиллар (Дж. Макдауэлл, Э. Девис) Ўзбек тилида Аудиокитоб
Ota-onalar nazarida siz jinsiy aloqa haqida hech qachon bermaydigan 39 savol
Mundarija
Tashakkurnoma
Xo‘sh, boshlaymizmi?
1. Sabr toqat va pokdomonlik ikkovi bir narsami yoki yo'q?
2. Nega Xudo va muqaddas kitob jinsiy aloqaga qarshi chiqishadi?
3. Xudo jinsiy aloqani nega yaratdgan?
4. Siz “Sevgi” so'zi ostida nimani tushunasiz?
5. Muqaddas kalomdagi "Xudo sevgidir" so'zlari nimani anglatadi?
6. Insonning asosiy jinsiy azosi qayerda joylashgan?
7. Jinsiy aloqa miyamga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
8. Ahir zamonaviy tibbiyot tanosil qasaligiga qarshi kurashishni o'rganib olmaganmi?
9. Eng ko'p tarqalgan tanosil kasaligi qaysi?
10. Ayollar erakaklarga nisbatan saraton kasaligiga ko'proq chalinishlari to'g'rimi?
11. Yoshlar boshqa yoshdagi odamlarga nisbatan tanosil kasalliklarga ko‘proq chalinishi to'g'rimii?
12. Ahir prezervativdan foydalanib qilingan jinsiy aloqa
xavfsiz emasmi?
13. Mabodo ikkalamizda ham tanosil kasaligining alomatlari bo'lmasa biz kasal bo'lib chiqishimiz mumkinmi?
14. Ahir tanosil kasaliklarini antibiotiklar va ukol yani igna orqali dori yuborish bilan davolab bo'maydimi?
15. Tanosil kasaliklarini yuqtirish qiyinmi?
16. Tanosil kasaliklari yanada og'irroq hastaliklarga masalan, saratonga olib borishi mumkinmi?
17. Ahir homladorlikga qarshi hab dorilarni qabul qilish jinsiy aloqa havfisizligini tamilamaydimi?
18. Men Qanday qilib tanosil kasaligiga duch kelmasligim mumkin?
19. Nikohgacha jinsiy aloqa va ruhiy salomatlik o'rtasida bog'liqlik bormi?
20. Anal jinsiy aloqa bilan shug'ullanish maqbul ahvolmi?
21. Oral jinsiy aloqani haqiqiy jinsiy aloqa deya hisoblash mumkinmi?
22. Biroq oral jinsiy aloqa bilan shug'ullanib bokiralikni saqlab qolish mumkin emasmi?
23. Oral jinsiy aloqa qanchalik xavfsiz?
24. Ahir jinsiy aloqa faqat ikki kishiga taluqli shahsiy emasmi?
25. Ahir dastlab birga yashab ko'rish yaxshi emasmi?
26.Ahir nikohgacha bo'ladigan jinsiy aloqa nikohdagi jinsiy aloqa uchun yaxshi tayyorgarlik emasmi?
27. Biroq jinsiy aloqa ajoyibku, nega u bilan mashhul bo'lish hamisha ham yaxshi va to'g'ri emas?
28. Agar garmonlarim jumbushga kelib, mendan kuchli chiqayotgan bo'lsachi, nikohgacha kutish uchun sabrim etadimi?
29. Men bokiralikni yo'qotganman, demak endi hech narsani toqirlay olmaymanmi?
30. Jinsiy mazmundagi oz foto suratlarini yuborish bu noto'g'rimi?
31. Men kechirimni qanday olishim va uni qay tariqa his qilishim mumkin?
32. Bu odam meni sevishini qanday bilishim mumkin?
33. Mun Xudoning hoxshini qanday bilishim mumkin?
34. Men qanday qilib yo'q deyishim mumkin?
35. Men bu borada qanchalik uzoqqa borishim mumkin?
36. Murosaga kelishga meni undaydigan kishilarga nima deyishim mumkin?
37. Pornografiya shaxsiy hayotimga qanday ta'sir qiladi?
38. Masturbatsiya bu durustmi?
39. Agar gunoh qilishdan o'zimni to'htatishga ojizligimni sezib tursam, nima qilishim kerak?
40. Qizlarga, Erin Devis
41. Yigitlarga, Josh Makdauelldan
42. Yoshlar yetakchilari uchun eslatma
43. Muhokama uchun savollar
3.Xudo jinsiy aloqani nega yaratgan?
Muqaddas Kalomda uchta aniq sabablar keltirilgan. Birinchisi sizga yetarli darajada aniq tuyulishi mumkin, ammo keling, o‘qishda davom eting. Balki siz Xudoning rejasini zerikarli deya hisoblarsiz, ammo aslida bunday emas.
№ 1. Avlodlarning davom etishi
Har holda, siz jinsiy aloqa nega yaratilganining birinchi sababini bilib olgandirsiz. U avlodlar davom etishi uchun kerak - boshqacha aytganda, bolalarni tug‘ish uchun.
Xudo Ibtido Kitobida (1:28) Odam Ato va Momo Havoga O‘zining rejasini bildirib, shunday degan: “...Uvali-juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldirib, itoat ettiringlar ...”
Xudo bizga jinsiy aloqaga kirishgan holda, yangi hayot yaratishdek ilohiy qobiliyat bergan. Oyatning boshida bunday yaqinlikning natijasi biz uchun marhamat bo‘lishi kerakligi aytilgan. Bir-birlariga o‘zlarini bir umr bag‘ishlagan erkak va ayolning qovushganlari natijasida go‘dak dunyoga keladi, bu esa chindan ham aql bovar qilmas marhamatdir!
Albatta, nikoh qurmagan holda ham avlodni davom ettirish mumkin. Biroq hayotni yaratish - siz qachondir qilishingizga to‘g‘ri keladigan ajoyib ishlardan biri. U Xudoning nikohni muqaddas qilgan doirasi ichida, vaqtni noo‘rin tanlagani uchun chalg‘imagan holda, uyat hissini sezmasdan to‘liq rohatlanishga arziydi.
№ 2. Birlashuv
Inson borlig‘ida yaqinlikka intilish hissi chuqur ildiz otgan. Biz boshqa odamlar va Xudo bilan muloqotda bo‘lishni jon-dilimiz bilan istaymiz. Uning O‘zi bizga bu istakni singdirgan. U jinsiy aloqani yaratgan holda, bizning ehtiyojlarimizni alohida jinsiy bog‘liqlik bilan to‘ldirishni ham rejalashtirgan.
Jismoniy yaqinlik odamlar o‘rtasida alohida rishtalarni hosil etishi ilmiy tasdiqlangan, lekin birlashuvning yanada chuqurroq darajasidagi jinsiy yaqinlikka faqat Xudoning rejasiga amal qilgan holda erishish mumkin.
Ibtido Kitobida (2:24) shunday deyilgan: “Shuning uchun erkak kishi ota-onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar”.
Ushbu parchada er va xotin o‘rtasidagi aloqa haqida gapiriladi, bu aloqa shunchalik kuchliki, ikkitasi bir tan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular shunchalik darajada yaqinlashadilarki, endi bir-birlaridan ajratishning iloji yo‘q.
Ibtido Kitobining muallifi yaqinda ilm-fan tasdiqlagan narsani sezgilari orqali tushungan. Tadqiqotchilar oksitotsin deya ataluvchi gormonni, “quchoqlash gormoni”ni kashf etishdi7. Bu kimyoviy modda bo‘lib, miyamiz uni jinsiy aloqa vaqtida yoki ehtiros qo‘zg‘algan paytda ajratib chiqaradi. Oksitotsin qonga tushganida himoyalanganlik, ishonch va chuqur mayinlik hissini uyg‘otadi. Ona chaqalog‘ini emizganida aynan o‘sha gormon onaning qonidan ajralib chiqadi va odamlar o‘rtasida chuqur bog‘liklikni yaratish uchun xizmat qiladi.
Siz har safar kim bilandir intim yaqinlikka kirishganingizda, tanangizda juftingiz bilan sizni “elimlab” qo‘yadigan kimyoviy jarayon ro‘y beradi. Xudo jinsiy aloqani bizning jinsiy yaqinlikka bo‘lgan ehtiyojimizni biologik darajada qondirish uchun yaratgan - biroq bu o‘rinda bir to‘siq bor. Bu ilmiy asosda tasdiqlangan: Er va xotin jinsiy aloqa borasida boshqa sheriklarsiz yaqinlikka kirishsalar, Xudoning rejasi yaxshiroq tarzda qamrab olingan bo‘ladi.
Chikago universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu dalilni aniqladi: faqat er va xotinlikka asoslangan juftliklar jinsiy aloqadan eng yuqori darajada bahramand bo‘ladilar. So‘rovga ko‘ra, barcha bir nikohdagi juftliklarning 87 foizi yaqinlikdan “favqulodda” yoki “ulkan” jismoniy huzur olishlari haqida aytishgan; shu bilan birgalikda, ularning 85 foizi tag‘in “favqulodda” yoki “ulkan” hissiy qoniqish ham olishlarini bildirishgan8. Boshqacha aytganda, oksitotsin hech bir qiyinchiliksiz nikohdagi juda ko‘plab odamlarning organizmidan ajralib chiqadi!
|
Xudo jinsiy aloqaning lazzat keltirishini istaydi! |
Qayd etish joizki, yolg‘iz yashaydigan yoki boshqa bir necha kishilar bilan aloqaga kirishadigan odamlar (ham jismoniy, ham hissiy darajada) nisbatan kamroq qoniqish hissini tuyadilar. Salomatlikni asrash statistika Milliy markazi tomonidan Merilend universiteti bilan o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlariga ko‘ra, nikohgacha jinsiy aloqa qilishga oshiqmagan ayollar to‘ygacha faol jinsiy aloqada bo‘lgan ayollarga nisbatan ajralish masalalariga kamroq to‘qnash keladilar9.
Xudoning rejasiga amal qilgan holda, biz o‘zimizning yarim bo‘lagimiz bilan juda mustahkam, qiyinchilik bilan uziladigan rishtalarni yaratamiz (Ibtidoda qanday yozilganini eslang: “...ikkisi bir tan bo‘ladilar”).
Biz nikohgacha jinsiy aloqa qilish masalasida sabr qilsak, yaqinlikning yetishib bo‘lmaydigan darajasiga erishamiz.
№ 3 sabab. Hordiq, kuch to‘plash
Demak, biz Xudo jinsiy aloqaga mutlaqo qarshi emasligini va U bizga faqat yaxshilikni tilashini bilib oldik. Mana buning isboti: U jinsiy aloqani bizning rohatlanishimiz uchun ham yaratgan. Bu jiddiy gap! Xudo jinsiy aloqaning lazzat keltirishini istaydi!
Biz bu haqda Sulaymonning Hikmatlar Kitobida o‘qiymiz (5:18-19): “Bulog‘ing suvlari muborak bo‘lsin, Ko‘z ochib ko‘rganing bilan quvongin. Jozibali ohu va kiyik! Uning og‘ushi seni qoniqtirsin, doim uning sevgisi bilan qanoatlangin”. Juda ta’sirchan oyatlar, to‘g‘rimi? Bu o‘rinda er o‘z xotinining tanasidan qanday lazzat olishi haqida so‘z yuritilgan. Asl qo‘lyozmada shunga o‘xshash so‘zlar bitilgan: “U bilan qovushish seni mast qilsin”. Xudo eng boshidanoq jinsiy aloqa hayratomuz zavq va quvonch keltirishini istagan.
Ha, to‘g‘ri: nikohdan tashqaridagi jinsiy yaqinlik ham rohat berishi mumkin, ammo u biz Xudoning rejasiga amal qilgan holda erishadigan yuksak darajaga hech qachon yaqin ham kelolmaydi.
Takrorlaymiz, Xudoning rejasi bizga eng yuqori darajada jinsiy lazzatni baxsh etishdan iborat. Ommaviy so‘rovlar nikoh asosidagi turmush va jinsiy halovat o‘rtasidagi aloqani aniq kuzatish imkonini bermoqda. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, barvaqt faol jinsiy aloqaga jalb etilgan yoki ko‘pgina kishilar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ayollar jinsiy aloqa borasida hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan holda turmush qurgan ayollarga nisbatan o‘zaro qovushishdan kamroq qoniqish olisharkan. “USA Today” gazetasi bunday fenomenni “jamoat ayollarining qasosi” deya atagan10.
|
Xudo jinsiy aloqani bizning quvonchimiz va O‘z shon-shavkati uchun yaratgan. |
Bu dunyo bizga hech nima bilan chegaralanmagan jinsiy aloqa ko‘proq huzur-halovat keltirishini uqtirmoqchi bo‘ladi, biroq ilm-fan Xudoning Kalomida aytilganlarni tasdiqlamoqda. Bizning jinsiy aloqadan rohatlanishimiz Xudoga yoqadi. Uning rejasiga amal qilgan holda, biz hech nima bilan taqqoslab bo‘lmaydigan quvonch va rohatga erishamiz.
Xo‘sh, Xudo nega jinsiy aloqani yaratgan? Bu yaqqol ayon: bizning quvonchimiz va O‘zining shon-shavkati uchun. Inson Xudoning rejasiga ko‘ra jismoniy yaqinlikdan lazzatlanganida, bu hayratomuz his-tuyg‘ularga olib boradi. Uning belgilagan chegaralaridan chiqqanimizda quvonch so‘nadi, jinsiy yaqinlik o‘zining dastlabki qadr-qimmatini yo‘qotadi, ya’nikim bizga Xudoning O‘zi tayyorlagan marhamat, ta’bir joiz bo‘lsa, quyoshda qolgan mevadek ayniydi.
Книга на Узбекском языке: - Голые факты (Джош Макдауэлл, Эрин Девидсон)
Казалось бы, информации о сексе у нас теперь предостаточно, но заблуждений, связанных с ним, не становится меньше. Подростков эта тема особенно волнует, однако зачастую они ищут необходимые сведения не там, где нужно. Если у вас есть вопросы, но вы не знаете, кому их задать, или если вам задают вопросы, а вы не знаете, где искать на них ответы, — эта книга для вас.
Эта книга знаменитого американского проповедника адресована всем молодым людям, но прежде всего тем, кто борется с сексуальными искушениями, кто хочет знать больше обо всем, что касается любви, отношений и интимной близости, тем, кто стесняется задавать неловкие вопросы, и, самое главное, тем, кто стремится узнать, как чтить Бога своим телом. Однако эта книга, содержащая предельно откровенные и исчерпывающие ответы на главные вопросы молодежи касательно секса, может быть полезна не только подросткам, но и их родителям, наставникам, пасторам и молодежным лидерам.




































































































































