11. YUSUFNING YUKSALISHI
Ibtido 39-46
Bo'yash uchun rasm. chizish 10 (skachat) | PDF kitob va RUS
Yusufni sotib olgan odamlar uni Misr yurtiga olib kelishdi. U yerda bir boy odamga sotib yuborishti. Yusuf juda yaxshi ishchi edi, lekin o'sha boy odamning xotini Yusufga tuhmat qildi. U kishi xotiniga ishonib, Yusufni qamoqqa tashladi. Ammo qamoqxonada ham Yusuf yaxshi ishchi edi. U mahbuslar orasida tartibni saqlashga yordam berardi. Bir kuni kechasi ikki mahbus tush ko'rdi. Xudo Yusufga tushlarni ta’bir qilishga yordam berdi. Bu ikkala tush ta’biri ham amalga oshdi.
Ikki yil o'tgach, podshoh tush ko'rdi, lekin hech kim uning tushini ta’bir qila olmadi. Keyin bir odam Yusufnini qamoqda ekanini esladi. Podshoh bu haqda bilgach, “Uni huzurimga olib keeling,”- deb buyurdi.
Keyin Yusufni tezda olib kelishdi. Shoh unga tushlarini aytib berdi, Yusub tinglab bo’lgach shunday dedi: “Xudo sizga bu tushlarni yuborgan. Tez orada shunday yetti yil keladiki, bu yillar davomida yer mo'l hosil beradi. Shundan so'ng, yetti yil ocharchilik bo'ladi. Siz odamlarga dastlabki yetti yil ichida iloji boricha ko'proq hosil olishga yordam beradigan dono odamni topishingiz kerak, shunda bu zaxiralar ocharchilik yillari uchun ham yetarli bo'ladi”.
Podshoh Yusufning donoligidan mamnun bo'lib: “Sendan ko'ra dono odam yo'q. Sen boshqaruvchi bo’lasan,”- dedi. Podshoh Yusufga chiroyli kiyim berishni buyurdi va bundan buyon hamma Yusufga bo'ysunishi kerak dedi. Yusuf tufayli mo'l hosil yig'ib olindi.
Keyin ochlik boshlandi. Ko'p odamlar Misrdan oziq-ovqat sotib olish uchun uzoqdan kelishardi. Bir kuni Yusufning akalari ham kelishdi. Ular Yusufga ta'zim qilishdi, chunki ular ukasi boshqaruvchi ekanligini bilishmagan va Yusuf ularga o’zini tanitmagan edi. Yusuf ularga mo'l-ko'l don olishga ruxsat berdi va ular uylariga ketishdi.
Keyingi safar ular kelganlarida, Yusuf ularga o’zini tanitdi. Akalari qo'rqib ketishdi. Ular Yusufga yetkazgan barcha yomonliklari uchun ularni jazolashiga amin edilar. Ammo Yusuf yig'lab, ularni quvonch bilan qarshi oldi va keyin uyiga taklif qilib dedi: “Yana besh yil ocharchilik bo'ladi. Uyga shoshiling otamni va oilangizni Misrga olib keling. Siz eng yaxshi yerda yashaysiz va men sizga g'amxo'rlik qilaman”.
Yoqub o'g'li Yusufni yana ko'rishdan juda xursand edi. Xudo Yusuf bilan birga edi va shunday qildiki, uning orzulari ro'yobga chiqdi.
SAVOL JAVOB:
1. Odamlarga hosilni yig'ishda kim yordam berdi?
(Yusuf odamlarga hosil yig'ishda yordam berdi)
2. Akalari Yusufga ta'zim qildilarmi?
(Ha, akalari unga ta'zim qilishdi)
3. Yusuf akalaridan g'azablandimi?
(Yo'q, uning jahli chiqmadi. U ularga mehribon edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egamiz Yusuf biln birga bo’lib, unga ko’p muvaffaqiyat keltirardi” (Ibtido 39:2).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар