16. YOSHUA
Chiqish 17, Sahroda 2, Yoshua 3-24
Bo'yash uchun rasm. chizish 16 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudoning xalqini Kan'on yurtiga kirish vaqti bor keldi. Muso ularga Xudoning barcha qonunlarini yodda tutib, ularga amal qilishlarini aytdi. Shundagini Xudo ularga baraka berardi. Muso: “Xudo siz uchun qilgan barcha yaxshiliklarini yodingizda tuting,”- dedi.
Muso Yoshuani yangi yo’lboshchi qilib tayinladi. Yoshuaga esa kuchli bo'lishni va har doim Xudoga itoat qilishni buyurdi.
Muso yaxshi yo’lboshchi edi, lekin bir kuni odamlar suvga muhtoj bo'lganida, Muso o'zini tuta olmadi va g'azablandi. Xudo: “Qoyaga ayt suv chiqadi,”- dedi, lekin buning o'rniga Muso qoyaga tayoq bilan urdi. Xudo Musoga Kan'on yurtiga kirmasligini aytdi.
Musoning o'lim vaqti keldi. Avvaliga Xudo unga baland tog'dan go'zal Kan'onni ko'rish imkoniyatini berdi va Muso vafot etganida, Xudo uni o'zi ko'mdi va uning qabrini hech kim ko'rmadi.
Yoshua yaxshi yo’lboshchi edi. U Isroil xalqiga Kan'on yurtiga kirishga tayyorgarlik ko'rishga yordam berdi. Ular Iordan daryosidan o'tishlari kerak edi va Yoshua ruhoniylarga birinchi bo'lib borishni aytdi. Ruhoniylar suvga qadam qo'yganlarida, Xudo shunday qildiki, oqayotgan suv to'xtab quruq yer hosil bo’ldi. Hamma odamlar quruq yer bo'ylab boshqa tomonga o'tishdi.
Isroil xalqi Yerixo shahri yaqinidagi yerlarga chodirlarini tikishdi. Xudo Yoshuaga nima qilish kerak va qanday qilish kerakligini aytdi. Olti kun davomida har kuni odamlar katta shahar atrofida jimgina yurishdi. Yettinchi kuni esa ular shahar atrofini yetti marta aylanib chiqishdi. Keyin ular juda baland ovozda baqirishdi va Xudo shunday qildiki, shahar devorlaridan tortib poydevorigacha qulab tushdi. Isroilliklar shaharga kirib, uni olov bilan yoqib yuborishdi.
Xudo: “Hech kim o'ljadan hech narsa olmasligi kerak,”- dedi. Ammo Oxun ismli bir kishi Xudoga itoat qilmadi va o'sha shahardan o'ziga pul va kiyim oldi. U hamma narsasini chodirining ostiga yashirdi.
Oxun itoatsizlik qilgani uchun Xudo o'z xalqiga yordam berishdan bosh tortdi. Yoshua Xudodan nega ular muammoga duch kelayotganlarini so'radi. Xudo: “Orangizda bir inson menga itoat qilmadi. Uni yo'q qilish kerak,”- dedi. Xudo Yoshuaga bu Oxun ekanligini aytdi. Odamlar Oxun va uning oilasini toshbo'ron qilishdi, shunda Xudo yana o'z xalqiga yordam bera boshladi.
Yoshua Isroil xalqining yo’lboshchisi bo'lgan payt, ularning hammasi Egamizga xizmat qilishdi va Xudo ularga baraka berdi.
SAVOL JAVOB:
1. Muso vafot etganidan keyin kim yo’lboshchi bo'ldi?
(Yoshua Musoning vafotidan keyin yo’lboshchi bo'ldi)
2. Odamlar baqirganlarida Yerixoda nima bo'ldi?
(Shahar devorlari qulab tushdi)
3. Xudo Oxunning itoatsizligini bilarmidi?
(Ha, Xudo Oxunning itoatsizligini bilar edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Men va mening oilam esa Egamizga xizmat qilamiz” (Yoshua 24:15).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар