Chiqish 17 bob

1 Qoyadan chiqqan suv. 8 Isroil xalqi Omolek xalqini yengadi.

1 Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko‘chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo‘q ekan.
2 Ular Musoga: “Bizga ichgani suv ber”, deb nolidilar. Shunda Muso: — Nimaga menga noliyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!
3 Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O‘zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o‘ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming‘irlab nolidi.
4 — Bu xalqni nima qilay? — deb iltijo qildi Muso Egamizga. — Yana bir ozdan keyin ular meni toshbo‘ron qilishadi–ku!
5 — Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog‘ingni ham o‘zing bilan ol.
6 Men sening oldingda — Sinay tog‘idagi qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi. Muso Isroil oqsoqollarining ko‘zi oldida Egamiz aytganday qildi.
7 Shunday qilib, Muso o‘sha joyga Massax va Mariva, deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g‘amxo‘rlik qiladimi, yo‘qmi?” deb Uni sinagan edi.
8 Omolek xalqi Rafidimga kelib, Isroil xalqiga urush ochdilar.
9 Shunda Muso Yoshuaga: — Odamlardan tanlab olgin–da, borib, Omoleklarga qarshi urushga chiq! — dedi. — Ertaga men tepalikning ustida bo‘laman. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq qo‘limda bo‘ladi.
10 Yoshua Muso buyurganday qilib Omoleklar bilan jang qilgani bordi. Muso, Horun va Xur tepalikning ustiga chiqishdi.
11 Muso qo‘llarini ko‘targanda, Isroil xalqi g‘olib kelar, tushirganda esa Omoleklar g‘olib kelardi.
12 Oxiri Musoning qo‘llari toliqdi. Shunda Horun bilan Xur Musoga tosh keltirib qo‘yib berdilar. Muso tosh ustiga o‘tirdi. Keyin Musoning qo‘llarini bir tomondan Horun, bir tomondan Xur yuqoriga ko‘tarib turdi. Quyosh botguncha, Musoning qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib turaverdilar.
13 Shunday qilib, Yoshua Omoleklarni yengib, qilichdan o‘tkazdi.
14 Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi: — Bu g‘alabani xotira qilib, yozib qo‘y, mening quyidagi va’damni ham kirit: “Men Omoleklarning nomini yer yuzidan o‘chiraman.” Keyin buni ovoz chiqarib Yoshuaga o‘qib ber.
15 Muso bir qurbongoh qurdirib, bu qurbongohga: “Egam bayrog‘imdir”, deb nom berdi.
16 “Omoleklar Egamizning taxtiga qarshi qo‘llarini ko‘tarishga jur’at qilganlari uchun, Egamiz doimo ularga qarshi urushda bo‘ladi”, dedi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18