Chiqish 10 bob

1 Sakkizinchi falokat: chigirtka ofati. 21 To‘qqizinchi falokat: zulmat.

1 Egamiz Musoga amr berdi: — Fir’avnning huzuriga bor! Men, mo‘jizalarimni ularning orasida ko‘rsatay, deb fir’avnni va uning a’yonlari yuragini tosh qilib qo‘ydim. Misrliklarni masxara qildim, ularga mo‘jizalar ko‘rsatdim.
2 Endi sizlar bolalaringizga, nabiralaringizga bularni aytib berasizlar, deb shu ishlarni qildim. Ana shunda Egangiz Men ekanligimni hammalaringiz bilib olasizlar.
3 Muso bilan Horun fir’avnning huzuriga borib unga Egamizning shu gapini yetkazdilar: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: — Sen qachongacha Menga itoat etmay yurasan?! Xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin.
4 Agar xalqimning ketishiga ijozat bermasang, Men ertaga yurtingga chigirtkalar yuboraman.
5 Chigirtkalar yer yuzini shunaqangi qoplaydiki, yer tamomila ko‘rinmay qoladi. Do‘ldan omon qolgan hosilingizni, dalada o‘sgan jamiki daraxtlaringizni chigirtkalar yeb bitiradi.
6 Saroying, a’yonlaringning uylari, hamma Misrliklarning xonadonlari chigirtkaga to‘lib ketadi. Ota–bobolaring yer yuzida paydo bo‘lgandan buyon bunaqasini ko‘rmagan.” Shundan keyin Muso fir’avnning huzuridan burilib chiqib ketdi.
7 Shunda a’yonlar fir’avnga: — Bu odam bizga tuzoq bo‘lsa ham, qachongacha indamaysiz?! — dedilar. — Ijozat bering o‘shalarga! Ketaverishsin. Egasi Xudoga sajda qilishsin. Ko‘rmayapsizmi, Misr xarob bo‘ldi–ku!
8 Shundan so‘ng Muso bilan Horunni fir’avn huzuriga chaqirtirib keldi. Fir’avn ikkoviga dedi: — Mayli boringlar, Egangiz Xudoga sajda qilinglar. Ammo sizlardan kimlar boradi?
9 — Yoshu qari — hammamiz birga ketamiz, — deb javob berdi Muso. — O‘g‘illarimizni, qizlarimizni, mol–qo‘ylarimizni ham olib ketamiz. Egamizga atab bayram nishonlashimiz kerak.
10 Fir’avn qarshilik qildi: — Agar xotinlaringiz va bolalaringiz bilan ketishlaringizga ijozat bersam, Egangiz albatta sizlar bilan bo‘ladi! Niyatingiz yomonligi ochiq ko‘rinib turibdi.
11 Yo‘q, ularga aslo javob bermayman! Egangizga sajda qilgani borishni istayotgan sizlar emasmi?! Juda yaxshi. Faqat erkaklarni olinglar–u, ketaveringlar. Shunda Muso bilan Horunni fir’avnning huzuridan haydadilar.
12 Egamiz Musoga: — Qo‘lingni Misr uzra uzat! — deb amr berdi. — Misr yurtiga chigirtka yog‘ilsin. Chigirtkalar bu yurtdagi hamma o‘simliklarni, do‘ldan omon qolgan hamma ekin–tikinni yeb bitirsin.
13 Muso tayog‘ini Misr uzra uzatgan edi, Egamiz bu yurtga sharqdan shamol estirdi. Bir kecha– kunduz shamol esdi. Sharqdan esgan shamol ertalabgacha chigirtkalarni olib keldi.
14 Butun Misr yurtiga chigirtka yopirildi. Misrning hamma joyini chigirtka bosib ketdi. Chigirtkalar shunchalik uyulib ketdiki, ilgari bunaqasi bo‘lmagan edi, bundan keyin ham bo‘lmaydi.
15 Yer yuzini chigirtka bosib ketganidan, yer qop–qora bo‘lib qoldi. Jamiki ekin–tikinni, do‘ldan omon qolgan daraxtlardagi meva–chevalarni chigirtka yeb bitirdi. Misrdagi biror daraxtda, biror o‘simlikda yashil barg qolmadi.
16 Fir’avn zudlik bilan Muso bilan Horunni chaqirtirib, ularga aytdi: — Egangiz Xudoga va o‘zlaringizga qarshi gunoh qildim.
17 O‘tinaman, bir martagina gunohimdan o‘tib, Egangiz Xudoga iltijo qilinglar. Bu halokatli ofatni mendan daf qilsin.
18 Muso fir’avnning huzuridan chiqib, Egamizga ibodat qildi.
19 Egamiz g‘arbdan juda kuchli shamol estirdi. Shamol chigirtkalarni Qizil dengizga uchirib olib ketdi. Misr yurtida bironta ham chigirtka qolmadi.
20 Lekin Egamiz fir’avnning yuragini yana tosh qilib qo‘ydi va fir’avn Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
21 Egamiz Musoga: — Qo‘lingni osmonga uzat! — deb amr berdi. — Misrni qo‘rqinchli zulmat qoplaydi.
22 Muso qo‘lini osmonga uzatdi. Shundan keyin Misr uch kun davomida zim–ziyo zulmat ichida qoldi,
23 birov birovni ko‘ra olmadi. Natijada hech kim biron joyga yurib bora olmadi. Isroil xalqi yashayotgan yer esa yorug‘ edi.
24 Fir’avn yana Musoni chaqirtirib, unga: — Boringlar, Egangizga sajda qilaveringlar, — dedi. — Bola–chaqalaringizni olib ketaveringlar. Ammo mol–qo‘ylaringizni qoldirib ketasizlar.
25 — Bo‘lmaydi! — dedi Muso. — Chorvamizni ham olib ketishimizga ijozat berishing kerak. Biz Egamiz Xudogaqurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklar keltiramiz.
26 Hamma chorvamizni o‘zimiz bilan olib ketamiz, orqada bironta ham tuyoq qolmasligi kerak. Egamiz Xudoga sajda qilganimizda, qurbonliklarni shu mol– qo‘ylarimizdan olamiz. U yerga bormagunimizcha, Egamizga nimani qurbonlik qilishimizni bilmaymiz–ku!
27 Shunday qilib, Egamiz yana fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn o‘jarlik qilib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
28 Oxiri fir’avn Musoga: — Yo‘qol bu yerdan! — deb baqirdi. — Ehtiyot bo‘l, bundan keyin zinhor ko‘zimga ko‘rinma! Ko‘zimga ko‘ringan zahoti o‘lasan!
29 — Sen aytganingday bo‘lsin! — dedi Muso. — Bundan keyin ko‘zingga ko‘rinmayin!


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак