Chiqish 30 bob

1 Tutatqi qurbongohiga oid ko‘rsatmalar. 11 Muqaddas chodir uchun to‘lovlar. 17 Bronza qo‘lyuvgichga oid ko‘rsatmalar. 22 Muqaddas qiladigan moyga oid ko‘rsatmalar. 34 Xushbo‘y hidli tutatqiga oid ko‘rsatmalar.

1 Tutatqi tutatish uchun akas yog‘ochidan qurbongoh yasat.
2 Qurbongoh to‘rtburchak, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak bo‘lsin. Qurbongohning shoxlari o‘zidan yo‘nib chiqarilsin.
3 Qurbongohning ustini, yon atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qoplat, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasat.
4 -
5 Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtir. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurishda foydalan.
6 Tutatqi qurbongohiniahd sandig‘ining qopqog‘i oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Bu joy — sen bilan Men uchrashadigan joyning tashqarisida.
7 Horun har kuni ertalab o‘sha chiroqlardan xabar olganda bu qurbongohda xushbo‘y hidli tutatqi tutatsin.
8 U kechqurun chiroqlardan xabar olganda ham tutatqi tutatsin. Bu tutatqi nazrlari sizlarning avlodlaringiz osha Men, Egangizning huzurida har kuni tutatilishi lozim.
9 Bu qurbongohda faqat muqaddas tutatqini tutatinglar. Qurbongohda kuydiriladigan qurbonlik yoki don nazri qilmanglar, sharob nazri ham qilmanglar.
10 Horun bir yilda bir marta qurbongoh uchun poklash marosimini o‘tkazsin. Buning uchun gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning to‘rtala shohiga surtib, qurbongohni poklasin. Bu marosim har yili avlodlar osha qilinishi lozim. Bu qurbongoh Men, Egangizga, bag‘ishlangan g‘oyat muqaddas qurbongohdir.”
11 So‘ngra Egamiz Musoga yana gapirdi:
12 “Isroilda katta bo‘lgan odamlarni sanaganingda, har bir odam sanoq paytida Men, Egangizga, himoya qiladigan to‘lov to‘lasin. Shunda sen ularni sanaganingda, ularga kulfat keltirmayman.
13 -
14 Yigirma va undan yuqori yoshdagi sanoqqa kiradigan har bir odam 1,25 misqol kumushdan Men, Egangizga, nazr qilishi lozim.
15 Ular o‘zlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni qilganlarida, boy odam o‘shandan ko‘p bermasin, kambag‘al ham o‘shandan oz bermasin.
16 Bag‘ishlangan bu kumushni Uchrashuv chodirini yasash uchun sarf qil. Men, Egangizning huzurida bu kumush Isroil xalqiga hukmimdan himoya qiladigan nazr berilganini eslatib turadi.”
17 Egamiz Musoga yana gapirdi:
18 “Yuvinish uchun bronzadan qo‘lyuvgich yasat. Qo‘lyuvgichning tagligi ham bronzadan bo‘lsin. Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnatib, unga suv quy.
19 Horun bilan uning o‘g‘illari qo‘lyuvgichdagi suv bilan qo‘llarini va oyoqlarini yuvishsin.
20 Ular Uchrashuv chodiriga kirayotganlarida, suvda yuvinishsin. Shunda ular nobud bo‘lmaydi. Yoki ular ruhoniy bo‘lib, qurbongohda kuydirgani nazrlar olib kelib Men, Egangizga, xizmat qilganlarida,
21 qo‘l–oyoqlarini suvda yuvishsin. Shunda ham ular nobud bo‘lmaydi. Bu Horun va uning nasllari uchun avlodlari osha saqlab olib o‘tish uchun doimiy qonundir.”
22 Egamiz Musoga yana aytdi:
23 “Quyidagi eng yaxshi xushbo‘y hidli ziravorlardan ol: 1250 misqol suyuq mirra, 625 misqol dolchin, 625 misqol qamish
24 va 1250 misqol kassiya. Sakkiz kosa zaytun moyi olib,
25 usta odam xushbo‘y hidli moy qilish uchun ziravorlarni moy bilan aralashtirsin. Bu muqaddas qiladigan moydir.
26 Bu moyni Uchrashuv chodiriga, ahd sandig‘iga,
27 xontaxtaga va xontaxtaning hamma buyumlariga, chiroqpoyaga va uning hamma buyumlariga, tutatqi qurbongohiga,
28 qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga, qo‘lyuvgichga va uning tagligiga surt.
29 Shu tariqa bu narsalarni Menga bag‘ishla. Shunda ular g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa ularga tekkanda, muqaddas bo‘ladi.
30 So‘ng Horun bilan o‘g‘illariga bu moydan surtib, ularni bag‘ishla, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin.
31 Isroil xalqiga esa Mening shu gapimni yetkaz: — Muqaddas qiladigan moy sizlarning butun avlodlaringiz osha Menga bag‘ishlansin.
32 Bu moy ruhoniy bo‘lmagan odamning tanasiga surtilmasligi kerak. Shu tarkibdagi moy aralashmasini sizlar tayyorlamanglar. Chunki bu moy muqaddasdir, sizlar buni muqaddas, deb qarashingiz lozim.
33 Kimki bunga o‘xshash hidli moyni tayyorlasa yoki bu moydan ruhoniy bo‘lmagan odam ustiga surtsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”
34 Egamiz yana Musoga gapirdi: “Quyidagi xushbo‘y hidli ziravorlarni olib, ularni aralashtir: yelimdan qilingan ziravor, moluska qobig‘idan qilingan ziravor, xilvon.
35 So‘ngra usta odam toza xushbo‘y tutatqidan, xushbo‘y hidli aralashmadan bir o‘lchovda olsin. Ularni tuz bilan aralashtirib, toza, muqaddas bo‘ladigan tutatqi qilsin.
36 Bu tutatqidan bir qismini olib, mayda qilib tuy va Men sen bilan uchrashadigan Uchrashuv chodiridagi ahd sandig‘i oldiga qo‘y. Bu tutatqini sizlar g‘oyat muqaddas deb bilishingiz lozim.
37 O‘sha tarkibdagi tutatqi aralashmasini o‘zlaringiz uchun qilmanglar. Buni Men, Egangizga, bag‘ishlangan muqaddas tutatqi, deb qara.
38 Kimki tutatgani o‘zicha shunga o‘xshagan tutatqi qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак