Chiqish 15 bob

1 Misrliklarni Egamiz qanday mag‘lub qilganini Muso va xalq kuylaydilar. 22 Taxir suv.

1 Shundan keyin Muso va Isroil xalqi Egamizga quyidagi qo‘shiqni kuyladi: “Egamizni madh etib kuylayman. U buyuk g‘alaba keltirdi. Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.
2 Egamiz mening kuch–qudratimdir. U mening qutqaruvchimdir. U mening Xudoyimdir, men Uni olqishlayman, Otamning Xudosidir, men Uni ulug‘layman.
3 Ha, U jangchidir, U Egamizdir.
4 Fir’avnning lashkarini, jang aravalarini Egamiz dengizga uloqtirdi. Uning sara lashkarboshilarini Qizil dengizga cho‘ktirdi.
5 Dengiz qa’ri ularni ko‘mdi. Ular tosh singari, tubsizlikka tushib ketdilar.
6 Ey, Egamiz, Sening o‘ng qo‘ling qudrati bilan qo‘rqinchlidir. Ey, Egamiz, Sening o‘ng qo‘ling dushmanni rosa ezdi.
7 Sen buyuk g‘alabang bilan dushmanlaringni yiqitding. Sen ularga g‘azabingni sochgan eding, G‘azabing ularni xas–cho‘p singari yondirib tashladi.
8 Qahrli nafasingdan suv bir joyga yig‘ilib, Devor kabi tik turib qoldi, Dengizning qa’ri qattiq yer bo‘lib qoldi.
9 Shunda dushman gerdayib aytdi: “Orqalaridan tushaman, quvib yetaman. O‘ljani baham ko‘raman. Bulardan ko‘nglim qoniqadi. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni yana qul qilaman.”
10 Qahrli nafasingdan dengiz ularni ko‘mib yubordi. Ular bahaybat suvda qo‘rg‘oshinday g‘arq bo‘ldilar.
11 Xudolar orasida Senga o‘xshagani bormi, ey, Egamiz?! Kim Senga o‘xshar?! Muqaddasliging bilan ulug‘vorsan Sen, Qo‘rqinchli ishlaring bilan hamdu sanoga ilhomlantirursen, Sen ajoyibotlar ko‘rsatursen.
12 Sen o‘ng qo‘lingni uzatgan eding, G‘animlarni yer yutdi.
13 O‘zing qutqargan o‘sha xalqni Sen sodiq sevging bilan olib borasan. Muqaddas makoningga qudrating bilan ularni yetaklab borasan.
14 Xalqlar eshitib buni, titrashadi: Filist xalqi vahimaga tushib qoladi.
15 Edom urug‘boshilari qo‘rquvga tushadi–ku, Mo‘ab beklarini titroq bosadi–ku! Kan’ondagi xalqlar umidsizlikka tushadi–ku!
16 Ularni qo‘rquv va dahshat qamrab olar. Ey, Egamiz, Sening xalqing o‘tib ketguncha, O‘zing ega bo‘lgan bu xalq o‘tib ketguncha, Ular bilaging kuchi oldida toshday qotib qoladi.
17 Xalqingni O‘z tog‘ingga olib kelasan, Ularni joylashtirasan uying uchun tanlagan yerga, ey, Egamiz! Qo‘llaring o‘rnatgan muqaddas maskaningga Olib kirib joylashtirasan, ey, Rabbiy!
18 Egamiz abadulabad shoh bo‘lib hukmronlik qiladi.”
19 Fir’avnning otlari, aravakashlari va jang aravalari dengiz o‘rtasiga tushdi. Shunda Egamiz ularning ustiga dengiz suvlarini qaytarib olib keldi. Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasidagi quruq yerdan o‘tib ketdi. Shu bois Muso va xalq qo‘shiq kuyladi.
20 Horunning singlisi payg‘ambar Maryam childirmani qo‘liga oldi. Hamma ayollar unga ergashib, childirmalarini qo‘llariga olib, o‘ynadilar.
21 Maryam quyidagi naqoratni kuylab, ularga boshchilik qildi: “Egamizni madh etib kuylang. U buyuk g‘alaba keltirdi. Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.”
22 Muso Isroil xalqini Qizil dengizdan boshlab chiqqandan keyin, ular Sur sahrosiga bordilar. Ular sahroda uch kun yursalar ham, suv topa olmadilar.
23 Undan keyin Maroga bordilar. Ammo Maroning suvi taxir bo‘lgani uchun icholmadilar. Shuning uchun ham u yerga Maro, deb nom berilgan edi.
24 Xalq esa: “Endi nima ichamiz?” deb Musoga ming‘irlab nolidi.
25 Muso esa Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz Musoga bir cho‘pni ko‘rsatdi. Muso cho‘pni olib suvga tashlagan edi, suv ichishga yaroqli bo‘lib qoldi. Shunday qilib, o‘sha yerda Egamiz Isroil xalqini sinadi. Egamiz ularga yashash qonun–qoidasini berdi.
26 U Isroil xalqiga shunday dedi: “Agar Men, Egangiz Xudoga, hushyor bo‘lib quloq solsangiz, Mening oldimda to‘g‘ri ishlar qilsangiz, amrlarimga itoat etsangiz, hamma qonunlarimga rioya qilsangiz, o‘shanda Men Misrliklarni duchor qilgan xastaliklarning birortasiga ham sizlarni duchor qilmayman. Sizlarga shifo beradigan Egangiz Menman.”
27 Shundan so‘ng Isroil xalqi Ilimga keldi. U yerda o‘n ikkita buloq, yetmishta palma daraxti bor edi. Ular buloq bo‘yida qarorgoh qurdilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18