Chiqish 16 bob

1 Manna va bedanalar. 31 Isroil xalqi xotira uchun mannadan saqlab qo‘yadi.

1 Isroil xalqining butun jamoasi Ilimdan chiqib jo‘nadi. Ular Misrdan chiqqanlaridan keyin bir oy o‘tgach, Ilim bilan Sinay oralig‘idagi Sin sahrosiga yetib keldilar.
2 Ular sahroda turar ekanlar, hammalari ming‘irlab Muso bilan Horundan nolishdi:
3 “Qaniydi Egamiz bizni Misrda o‘ldirib qo‘ya qolganda edi! Biz Misrda go‘sht solingan qozon boshida o‘tirardik, to‘ygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan o‘lib ketsin, deb bizni sahroga olib keldingiz.”
4 Shunda Egamiz Musoga: — Nonni sizlarga osmondan yog‘diraman! — dedi. — Xalq har kuni chiqib, kunda kerak bo‘ladigan nonini yig‘ishtirib oladi. Shu yo‘l bilan bu xalqni sinayman. Ular Mening ko‘rsatmalarimga rioya qiladilarmi, yoki yo‘qmi, ko‘raman.
5 Har haftaning oltinchi kuni esa kunda to‘plaganlariga qaraganda ikki hissa ko‘p non yig‘ishtirib olib, tayyorlab qo‘yadilar.
6 Muso bilan Horun jamiki Isroil xalqiga shunday deb aytdilar:
7 — Sizlar ming‘irlab Egamizdan noligan edingiz, U eshitdi.
8 Endi U kechqurun sizlarga go‘sht beradi. Ertaga ertalab mo‘l qilib non beradi. Egamizning buyuk qudratini shunda ko‘rasizlar. Sizlarni Misrdan olib chiqqan Egamiz ekanini bilib olasizlar. Ammo biz kim bo‘libmizki, ming‘irlab bizdan noliysizlar?! Biz bor–yo‘g‘i Egamizning xabarchilarimiz, xolos. Bizdan noliganlaringizda, sizlar haqiqatan Egamizdan noligan bo‘lasizlar.
9 Shundan so‘ng Muso Horunga: — Isroil xalqining butun jamoasiga ayt. Egamizning huzuriga kelsin, — dedi. — Egamiz ularning ming‘irlab noliganini eshitdi.
10 Horun Isroil xalqining butun jamoasiga shu gaplarni aytib bo‘lishi bilanoq, xalq sahroga qaradi. Shu payt Egamiz ulug‘vorligini bulut ichida zohir qildi.
11 Keyin Egamiz Musoga gapirdi:
12 — Men Isroil xalqining ming‘irlab noliganini eshitdim. Ularga shu gaplarni yetkaz: “Oqshom go‘sht yeysizlar, ertalab esa to‘yguningizcha non yeysizlar. O‘shanda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.”
13 Shu kuni oqshomda bedanalar uchib kelib, qarorgohni bosib ketdi. Ertasiga ertalab qarorgoh atrofiga shudring tushdi.
14 Shudring ko‘tarilgach, yer yuzi laylak qor uchquniga o‘xshash, qirovsimon bir narsa bilan qoplandi.
15 Isroil xalqi bu narsani ko‘rganda, nima ekanini bilolmasdan: “Bu nima?” deb bir–birlaridan so‘rayverdilar. — Tanovul qilishlaringiz uchun Egamiz sizlarga bergan non shudir, — dedi Muso Isroil xalqiga.
16 — Egamiz shunday amr bergan: “Har bir xonadon o‘zi yeydigan nonni olsin. Xonadondagi har bir jon uchun bir omirdan yig‘ishtirib olsin.”
17 Isroil xalqi Egamiz amr etganday qildi. Birov ko‘proq, birov ozroq yig‘ishtirib oldi.
18 Har bir odam uchun omir bilan o‘lchaganlarida, ko‘p yig‘ishtirganlardan hech narsa ortib qolmadi, oz yig‘ishtirganlar uchun esa yetarli bo‘ldi. Har bir xonadon keraklisini oldi.
19 Muso yana xalqqa: “Hech kim bu mannadan ertalabgacha qoldirmasin”, — dedi.
20 Ammo ba’zilar Musoning gapiga quloq solmay, ertalabgacha qoldirgan edilar, qoldirgan mannaga qurt tushib, sasiy boshladi. Shunda Muso o‘sha odamlardan g‘azablandi.
21 Mannani har bir xonadon har kuni ertalab ehtiyojiga yarashasini to‘plab olardi. Quyosh yerni qizdirgandan keyin esa, yerda qolgani erib ketardi.
22 Oltinchi kuni esa mannani ikki hissa — jon boshi uchun ikki omirdan yig‘ib oldilar. Jamoa oqsoqollari bu to‘g‘rida Musoga xabar berganlarida,
23 Muso ularga aytdi: — Ertaga Shabbat kuni bo‘lgani uchun oltinchi kuni ikki barobar yig‘ishtirib olgani Egamiz xalqqa amr bergan. Shabbat kuni hamma ishlardan tinib, Egamizga atab ajratilgan kundir. Shuning uchun yopadiganingizni bugun yopib olinglar, qaynatadiganingizni bugun qaynatib olinglar. Ortganini saqlab, ertagacha qoldiringlar.
24 Shunday qilib, Muso buyurganday, ortganini ertasiga qoldirgan edilar, qolgani na sasidi, na qurtladi.
25 — Bugungi mannangiz shudir, — dedi Muso. — Chunki bugun Egamizga atalgan Shabbat kunidir. Bugun yerda hech narsa bo‘lmaydi.
26 Olti kun manna yig‘ishtirib olasizlar. Ammo yettinchi kun — Shabbat kuni aslo manna topib bo‘lmaydi.
27 Yettinchi kuni ham ba’zilar manna yig‘ishtirgani tashqariga chiqdilar, lekin topolmadilar.
28 Shunda Egamiz Musoga: — Qachongacha Mening amrlarimga va ko‘rsatmalarimga itoat etmay yurasizlar?! — dedi.
29 — Men, Egangiz, yettinchi kunni — Shabbatni dam olish kuni qilib, sizlarga berganimni anglab yetmaysizlarmi?! Mana, sizlarga ikki kunga yetarli mannani oltinchi kuni beryapman. Yettinchi kuni har kim uyida bo‘lib, dam olishi lozim.
30 Shunday qilib, xalq yettinchi kuni ishlamadi.
31 Isroil xalqi bu yegulikka manna, deb nom qo‘ydilar. U kashnich urug‘i kabi, rangi oqish, mazasi asal qo‘shilgan chalpakka o‘xshardi. Muso Isroil xalqiga aytdi:
32 — Egamiz shunday amr bergan: “Bir omir mannani kelgusi avlodlar uchun saqlab qo‘yinglar, toki Men sizlarni Misrdan olib chiqqanimdan keyin sahroda o‘zlaringizga yedirgan nonni ular ko‘rsinlar.” Shundan keyin Muso Horunga aytdi:
33 — Bir idish olib, ichiga bir omir manna solgin–da, Egamizning huzuriga qo‘y, toki kelgusi avlodlarga saqlanib qolsin.
34 Egamiz Musoga amr etganday, Horun, mannani saqlab qo‘yamiz, deb uni ahd sandig‘ining oldiga qo‘ydi.
35 Isroil xalqi keyingi qirq yil davomida — Kan’on yurtiga yetib borib o‘rnashgunlaricha, manna tanovul qildilar.
36 (Mannani o‘lchash uchun foydalanilgan idish omir, deb aytilgan. Bu idish taxminan to‘rt kosaning hajmiga to‘g‘ri kelgan.)


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18