Chiqish 39 bob

1 Ruhoniylik liboslari qilinadi. 32 Ish oxiriga yetadi.

1 Ular ko‘k, safsar va qirmizi ipdan Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga liboslarni ajoyib qilib tikdilar. Horunga muqaddas ruhoniylik liboslari tikishdi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
2 Ular efodni mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan va oltindan qilingan ipdan unga naqsh soldilar.
3 Oltinni yupqa qilib yoyib, ingichka–ingichka qilib kesib, oltin ip qilishdi. Ular mahoratlarini ishga solib ko‘k, safsar, qirmizi ipdan naqsh solingan mayin zig‘ir matosini bu oltin ip bilan bezatdilar.
4 Efodning old va orqa qismlarini bir–biriga bog‘lash uchun ikkita yelka bog‘ichini qilib, ularni old va orqa qismlarining ustki chetiga tikdilar.
5 Kamar yasab, uni efodga bog‘ladilar. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildilar. Unga ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
6 Keyin muhr o‘yganday qilib, Isroil o‘g‘illarining ismini ikkita aqiq toshga o‘yib yozdilar. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘yib,
7 Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
8 Ular ko‘krakpechni yasadilar. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan va oltindan qilingan ipdan unga mahorat bilan naqsh soldilar.
9 Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasadilar.
10 Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni to‘g‘ri qilib terdilar: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdilar.
11 Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdilar.
12 Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdilar.
13 To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdilar. Hamma toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirdilar.
14 Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turardi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdilar.
15 Ular ko‘krakpechni efodga bog‘lash uchun toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasadilar.
16 Yana naqshli ikkita oltin uya va ikkita oltin halqa yasab, ikkala halqani ko‘krakpechning ustki burchaklariga mahkamladilar.
17 Ikkala oltin zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lab,
18 ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamladilar. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar.
19 -
20 Yana oltindan to‘rtta halqa yasadilar. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamladilar. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamladilar.
21 Ko‘krakpech efodning naqshli kamari ustida bo‘lsin, efoddan osilib turmasin, deb ko‘krakpechni halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamladilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
22 Efodning ridosini ko‘k ipdan to‘qilgan matodan qildilar.
23 Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildilar. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning qirg‘og‘ini to‘qidilar.
24 Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta osib chiqdilar. Anor shakli yigirilgan ko‘k, safsar, qirmizi ipdan qilingan edi.
25 Qo‘ng‘iroqchalar toza oltindan qilingan bo‘lib, anor shakli oralariga osilgan edi.
26 Horun oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilganda, u shu ridoni kiyishi kerak edi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
27 Horun bilan uning o‘g‘illariga mayin zig‘ir matosidan ko‘ylaklarni,
28 sallani, peshanabog‘larni va ishtonlarni qildilar.
29 Belbog‘ini mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tikib bezatdilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
30 Toza oltindan lavhani — muqaddaslik ramzini yasadilar. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday, “Egamizga bag‘ishlangan”, deb o‘yib yozdilar.
31 Lavhani sallaga mahkamlash uchun ko‘k bog‘ichni lavhaga bog‘lab qo‘ydilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
32 Shunday qilib, Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodir yasalishiga oid hamma ishlar nihoyasiga yetdi. Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
33 Keyin Musoning oldiga quyidagilardan iborat Muqaddas chodirni olib keldilar: chodirning ichki qavatini va uning hamma qismlarini — ilgaklarini, romlarini tambalarini, ustunlari va tagliklarini,
34 qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan yopinchiqni, yumshoq teridan yopinchiq va Eng muqaddas xonani to‘sib turadigan ichki pardani,
35 ahd sandig‘ini, uning xodalari va qopqog‘ini,
36 xontaxtani, uning hamma buyumlarini va unga qo‘yiladigan muqaddas nonlarni,
37 toza oltindan qilingan chiroqpoya, unga o‘rnatilgan moychiroqlarni, uning hamma buyumlarini va moychiroqlar uchun zaytun moyini,
38 oltin tutatqi qurbongohini, muqaddas qiladigan moy va xushbo‘y hidli tutatqini, chodirga kiraverishdagi pardani,
39 bronza qurbongohni, uning bronza panjarasini, xodalari va hamma buyumlarini, qo‘lyuvgichni va uning tagligini,
40 hovlini to‘sib turadigan pardalarni, ustunlarini, tagliklarini va hovliga kiraverishdagi pardani, chodir va hovli uchun qoziqlarni, arqonlarni, Muqaddas chodir — Uchrashuv chodirida foydalanadigan hamma ashyolarni,
41 Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga ajoyib qilib tikilgan liboslar — ruhoniy Horun va uning o‘g‘illari uchun muqaddas liboslarni.
42 Xullas, Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.
43 Muso qilingan hamma ishlarni ko‘zdan kechirdi, Isroil xalqi bu ishlarni Egamizning amri bo‘yicha qilganlarini ko‘rib, Muso ularni duo qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак