Chiqish 28 bob

1 Ruhoniylik liboslariga oid ko‘rsatmalar.

1 Isroil xalqi orasidan akang Horunni va u bilan birga uning o‘g‘illarini yoningga chaqir. Horun ham, uning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar, Itamar ham ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin.
2 Akang Horunni hurmatli va ko‘rkam qilish uchun unga muqaddas ruhoniylik liboslarini tayyorlat.
3 Men qobiliyat ato qilgan hamma mohir ustalarga ayt. Ular Horunga quyidagi ruhoniylik liboslarini tikishsin:
4 ko‘krakpech, efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla va belbog‘. Horun Menga xizmat qilganda, bu liboslar uni muqaddas qilib boshqalardan ajratib turadi. Horun o‘g‘illari kiyishlari uchun ularga muqaddas liboslar tiktir, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilganlarida, bu liboslarni kiyishsin.
5 Ular bu liboslarni mayin zig‘ir matosidan tikib, ko‘k, safsar, qirmizi iplar va oltin bilan bezatishsin.
6 Efodni mayin zig‘ir matosidan yasatib, ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
7 U bir– biriga ikkita yelka bog‘ichi bilan bog‘langan old va orqa qismlardan iborat bo‘lsin.
8 Kamar yasatib, uni efodga bog‘lat. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildir. Unga ko‘k, safsar, qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
9 Keyin ikkita aqiq tosh olib, usta qimmatbaho toshga muhr o‘yadiganday, bu toshlarga Isroil o‘g‘illarining ismini o‘yib yozdir.
10 Bitta toshga Isroil o‘g‘illaridan oltitasining ismini, ikkinchi toshga qolgan oltitasining ismini yoshi bo‘yicha yozdir.
11 Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘ydirib,
12 efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir. Horun Men, Egangizning huzuriga kirganda, Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun ikkala yelkasida bu toshlarni olib yuradi.
13 Yana ikkita naqshli, oltin uya va
14 toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasat. Bu ikkala zanjirning bir uchi uyaga mahkamlanadi.
15 Oliy ruhoniy uchun ko‘krakpech yasat. U hukm qilayotganda, Xudoning xohishini bilish uchun foydalanadi. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan yasatib, ko‘k, safsar va qirmizi rangli iplardan va oltindan qilingan ipdan mahorat bilan naqsh soldir.
16 Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasat.
17 Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni to‘g‘ri qilib terdir: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdir.
18 Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdir.
19 Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdir.
20 To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdir. Hamma toshlar oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirilsin.
21 Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turadi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdir.
22 -
23 Ikkita oltin halqa yasatib, ko‘krakpechning ikkala ustki burchaklariga mahkamlat. Toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjirni ol.
24 Ikkala zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lat,
25 ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamlat. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir.
26 -
27 Yana oltindan to‘rtta halqa yasat. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamlat. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamlat.
28 Ko‘krakpech efodning naqshli kamari ustida bo‘lsin, efoddan osilib turmasin, deb ko‘krakpech halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamlanadi.
29 Horun har safar Muqaddas xonaga kirganda ko‘krakpechdagi o‘n ikki Isroil qabilasining ismini yuragi tepasida ko‘tarib yuradi. Shunday qilib, Horun Men, Egangizning huzurida bo‘lganda, ko‘krakpech doimo eslatib turadigan vazifani bajaradi.
30 Urim va Tummimni ko‘krakpech xaltasining ichiga sol, toki Horun Mening huzurimga kirganda, xalqim uchun Mening xohishimni bilgani foydalaniladigan o‘sha narsalarni doimo yuragi tepasida ko‘tarib yursin.
31 Efodning ridosini ko‘k ipdan to‘qilgan matodan tikdir.
32 Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildir. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning qirg‘og‘ini to‘qit.
33 Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta ostirib chiq.
34 Anor shaklini ko‘k, safsar, qirmizi ipdan qildir. Oltin qo‘ng‘iroqchalarni anor shakli oralariga ostir.
35 Horun o‘ldirilmasligi uchun Men, Egangizning huzurida oliy ruhoniy bo‘lib, xizmat qilganda, u shu ridoni kiyishi kerak. U Muqaddas xonaga kirganda va u yerda bo‘lganda, ridoning qo‘ng‘iroqchalari chalinadi, Horun xavf–xatardan yiroq bo‘ladi.
36 Keyin toza oltindan lavha yasat. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday qilib, “Egamizga bag‘ishlangan”, deb o‘yib yozdir.
37 Lavhani ko‘k bog‘ich bilan sallaning old tomoniga mahkamlat.
38 Isroil xalqining ehsonlari Menga qabul bo‘lishi uchun, Horun doimo o‘z ruhoniylik vazifasini bajarganda, lavhani peshanasida olib yursin. Isroil xalqi nazr qilganda, Horunning nazrlarga oid gunohni yuvish vazifasining ramzi shu lavha bo‘ladi.
39 Horunning ko‘ylagini va sallasini mayin zig‘ir matosidan qildir, ko‘ylagiga naqsh soldir. Belbog‘ini chiroyli, naqshli matodan yasat.
40 Horunning o‘g‘illarini hurmatli va ko‘rkam qilish uchun ularga ko‘ylaklar, belbog‘lar, peshanabog‘lar tiktir.
41 Akang Horun va uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishlari uchun ularni bag‘ishla: bu liboslarni ularga kiygizib, moy surt, ularni ruhoniy qilib tayinla.
42 Tananing ochiq joylari ko‘rinib qolmasin, deb yana ularga zig‘ir matosidan ishtonlar tiktir. Kiyimlar ularning belidan sonigacha yopib tursin.
43 Horun va uning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki Muqaddas xonada xizmat qilish uchun qurbongohga yaqinlashganlarida, shu ichki kiyimlarni kiyib olsin. Shunda Horun va uning o‘g‘illari ochiq joylarini berkitmagani uchun aybdor bo‘lib o‘ldirilmaydi. Horun va uning nasliga doimiy qonun–qoida ana shudir.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак