Chiqish 25 bob

1 Muqaddas chodir uchun nazrlar. 10 Ahd sandig‘i va uning qopqog‘iga oid ko‘rsatmalar. 23 Muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtaga oid ko‘rsatmalar. 31 Chiroqpoyaga oid ko‘rsatmalar.

1 Egamiz Sinay tog‘ida Musoga dedi:
2 “Isroil xalqiga, Egamizganazr qilinglar, deb ayt. Menga chin ko‘ngildan nazr qilgan odamning nazrini qabul qil.
3 Quyidagilar sen ulardan qabul qilib oladigan nazrlardir: oltin, kumush, bronza,
4 ko‘k, safsar, qirmizi rangli ip, mayin zig‘ir matosi, echki juni,
5 qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri, akas yog‘ochi,
6 moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushbo‘y hidli tutatqi uchun ziravorlar,
7 efodga taqiladigan aqiq va ko‘krakpechga taqiladigan boshqa qimmatbaho toshlar.
8 Isroil xalqi Men uchun muqaddas maskan barpo qilishsin, toki Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilayin.
9 Bu Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini Men senga ko‘rsatadigan namunaga muvofiq yasat.
10 Akas yog‘ochidan sandiq yasat. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak bo‘lsin.
11 Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplat. Aylanasiga oltin gulchambar qildir.
12 Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasatib, to‘rtala oyog‘iga mahkamlat: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida bo‘lsin.
13 Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasatib, xodalarni oltin bilan qoplat.
14 Xodalarni sandiqning ikkala tomonidagi halqadan o‘tkaz, toki xodalar yordamida sandiqni ko‘tarib yurishsin.
15 Xodalar sandiqning halqalaridan ayirib olinmasin, doimo tursin.
16 Men senga beradigan ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani sandiqqa solib qo‘y.
17 Toza oltindan sandiqning qopqog‘ini yasat. Bu qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak bo‘lsin.
18 Shu bilan birga, oltindan ikkita karub yasat: ikkala karubni ham qopqoqning ikki chetiga zarb urib yasat.
19 Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qilsin.
20 Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan bo‘lsin.
21 Qopqoqni sandiqning ustiga qo‘y. Men senga beradigan ikkita tosh lavhani sandiqqa sol.
22 Ahd sandig‘i ustida Men sen bilan uchrashaman. Karublar o‘rtasidagi gunohdan poklash joyi tepasidan Men senga gapirib, Isroil xalqi uchun hamma amrlarimni senga beraman.
23 Akas yog‘ochidan xontaxta yasat. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak bo‘lsin.
24 Xontaxtani toza oltin bilan qoplatib, chetlariga aylantirib oltin gulchambar yasat.
25 Yana xontaxtaning atrofi bo‘ylab to‘rt enli qilib oltin bilan qoplangan taxta qildirib, uni xontaxta oyoqlariga mahkamlat. Oltin gulchambarni xontaxtaning aylanasi bo‘ylab taxta ustiga qildir.
26 Yana to‘rtta oltin halqa yasatib, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtir.
27 Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat.
28 Bu yog‘ochlarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalan.
29 Xontaxtaga qo‘yiladigan lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun ko‘za va kosalar yasat. Bu buyumlarni toza oltindan yasat.
30 Mening huzurimdagi xontaxtada doim muqaddas nonlar tursin.
31 Toza, zarb qilingan oltindan chiroqpoya yasat. Butun chiroqpoya va uning bezaklari bir butun qilib yasalsin. Chiroqpoyaning tagligi, tanasi, kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bo‘lsin.
32 Yana chiroqpoyaning tanasidan oltita shoxcha chiqarilsin: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarilsin.
33 Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi uchta piyola bo‘lsin.
34 Chiroqpoyaning tanasida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bo‘lsin.
35 Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib tursin.
36 Chiroqpoya, shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib zarb qilingan toza oltinning yaxlit bo‘lagidan yasalishi lozim.
37 Chiroqpoyaga yettita moychiroq yasatib, unga hammasini o‘rnashtir, toki moychiroqlar chiroqpoyaning old tomonini yoritib tursin.
38 Moychiroqlarga qarab turish uchun toza oltindan qisqichlar va patnislar yasat.
39 Chiroqpoyani va bu buyumlarni ikki pud toza oltindan yasashsin.
40 Ehtiyot bo‘l, o‘sha hamma buyumlarni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namunaga muvofiq yasat.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак