Chiqish 2 bob

1 Musoning tug‘ilishi. 11 Muso Midiyon yurtiga qochib ketadi.

1 O‘sha paytda Levi naslidan bir yigit bilan qiz oila qurdilar.
2 Keyinchalik ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Ayol chaqaloqning chiroyliligini ko‘rib, uni uch oy yashirib yurdi.
3 Lekin ayol chaqaloqni ortiq yashirib yurolmasligiga ko‘zi yetgach, qamish savat oldi. Suv kirmasin, deb savatni qora saqich bilan suvadi. Keyin savatning ichiga chaqaloqni solib, savatni daryo bo‘yidagi qamishzor orasiga qo‘yib ketdi.
4 Chaqaloqning opasi esa: “Uning taqdiri nima bo‘larkin”, deb uzoqdan kuzatib turdi.
5 Shu paytda fir’avnning qizi daryo bo‘yiga cho‘milgani kelib qoldi. Kanizaklari esa daryo bo‘yida yurishardi. Fir’avnning qizi birdan qamishzor orasidagi savatni ko‘rib qoldi–da, cho‘risiga: “Savatni olib kel!” deb buyurdi.
6 Fir’avnning qizi savatni ochib qarasaki, bir chaqaloq yig‘lab yotgan ekan. “Bu ibroniy bolalaridan biri”, dedi u. Chaqaloqqa rahmi keldi.
7 Chaqaloqning opasi shu paytda fir’avnning qizi oldiga kelib, undan so‘radi: — Borib, ibroniy ayollaridan birortasini chaqirib kelaymi? U enagalik qilib, sizga chaqaloqni boqib berardi.
8 — Mayli, bor, — dedi fir’avnning qizi. Qizcha borib, chaqaloqning onasini chaqirib keldi.
9 Fir’avnning qizi ayolga: — Mana bu chaqaloqni olib bor, menga boqib ber, — dedi. — Qilgan xizmating uchun haqini to‘layman. Shunday qilib, ayol chaqaloqni olib ketdi va o‘zi parvarish qildi.
10 Bola katta bo‘lgach, ayol uni fir’avnning qiziga olib keldi. Fir’avnning qizi bolani o‘ziga o‘g‘il qilib oldi. “Uni suvdan chiqarib olganman”, deb ismini Muso qo‘ydi.
11 Muso ulg‘aygandan keyin, bir kuni qabiladoshlarini ko‘rgani bordi. U qabiladoshlari qilayotgan og‘ir mehnatni ko‘rib yurgan edi. Bir Misrlik odam ibroniylardan — qabiladoshlaridan bittasini urayotganini ko‘rib qoldi.
12 Muso atrofga ko‘z tashladi. Hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, Misrlik odamni o‘ldirib, qumga ko‘mib qo‘ydi.
13 Keyingi kuni Muso yana o‘sha yerga borganda, ikkita ibroniyning bir–biri bilan janjallashayotgani ustidan chiqib qoldi. Muso nohaqlik qilgan odamdan: “Nimaga birodaringni uryapsan?” deb so‘radi.
14 Shunda haligi odam: — Kim seni bizga hukmdor, hakam qilib qo‘ydi? Misrlikni o‘ldirganingday, meni ham o‘ldirmoqchimisan? — dedi. O‘sha zahoti Muso: “Bu ish oshkor bo‘lib qolganga o‘xshaydi”, deb o‘ylab qo‘rqib ketdi.
15 Keyin fir’avn ham bu voqeani eshitib, Musoni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Lekin Muso fir’avndan qochib Midiyon yurtiga ketdi. U Midiyonga kelib, quduq yonida o‘tirdi.
16 Midiyon yurti ruhoniysining yettita qizi bor edi. Qizlar otasining qo‘y–echkilarini sug‘orish uchun oxurlarga suv to‘ldirgani kelib qoldilar.
17 Ammo bir nechta cho‘pon kelib, qizlarni haydab yubordi. Shunda Muso qizlarni himoya qildi, ularning qo‘ylarini sug‘orishga ham yordamlashdi.
18 Keyin qizlar otalari Yatroning yoniga qaytib keldilar. — Nimaga bugun erta qaytib keldingizlar? — deb so‘radi Yatro qizlaridan.
19 — Misrlik bir odam bizni cho‘ponlardan himoya qildi, — deb javob berishdi qizlar. — Buning ustiga, bizning o‘rnimizga suv tortib, qo‘ylarimizni ham sug‘ordi.
20 — Qayerda o‘sha odam? — deb so‘radi Yatro qizlaridan. — Nimaga u odamni qoldirib keldingizlar? Boringlar, uni chaqirib kelinglar, biz bilan birga ovqatlansin.
21 Shunday qilib, Muso Yatronikida yashashga rozi bo‘ldi. Yatro esa Musoni qizi Zippuraga uylantirib qo‘ydi.
22 Zippura Musoga o‘g‘il tug‘ib berdi. Muso: “Men begona yurtda musofir bo‘lgan edim”, deb o‘g‘lining ismini Gershom qo‘ydi.
23 Yillar o‘tdi. Bu orada Misr fir’avni olamdan o‘tib ketdi. Isroil xalqi hamon qullikda azob chekar, madad so‘rab faryod qilardi. Ularning faryodi Xudoga yetib bordi.
24 Xudo Isroil xalqining ohu nolalarini eshitdi. Ibrohim, Is’hoq, Yoqub bilan ahd qilib bergan va’dasi[10] Uning yodida edi.
25 Xullas, Xudo Isroil xalqining ahvolini ko‘rib, ularga achindi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак