Chiqish 34 bob

1 Egamiz ahdni yangilaydi. 29 Musoning yuzidan nur yog‘iladi.

1 Egamiz Musoga amr berdi: — Oldingilariga o‘xshagan ikkita tosh lavha kes. Sen sindirgan oldingi lavhalardagi so‘zlarni Men o‘sha lavhalarga yozaman.
2 Ertalabga tayyor bo‘l, Sinay tog‘iga chiqib, tog‘ cho‘qqisida Meni kutib olishga hozir bo‘lib tur.
3 Lekin sen bilan birga hech kim chiqmasin. Tog‘ning biror joyida hech kim bo‘lmasin. Hatto tog‘ning yaqinida mol– qo‘ylar ham boqilmasin.
4 Egamiz amr etganday, Muso oldingilariga o‘xshagan ikkita tosh lavhani kesdi. Ertasiga saharda turib, qo‘liga ikkala tosh lavhani olib, Sinay tog‘iga chiqdi.
5 Egamiz bulut ichida tushib keldi. Muso bilan birga turib, O‘zini Musoga ma’lum qildi.
6 Musoning oldidan o‘tib, baland ovoz bilan gapirdi: — Men Egangman! Men Egangman! Rahmdil va inoyatli, jahli tez chiqmaydigan Xudoman, sodiq sevgim mo‘ldir.
7 Ming–ming avlodlarga sodiq sevgimni ko‘rsataveraman. Fosiqlikni, isyonni va gunohlarni kechiraman. Lekin aybdorlarni aslo jazosiz qoldirmayman. Men ularni jazolab, ularning gunohlari oqibatini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
8 O‘sha zahoti Muso ikki bukilib ta’zim qilib, sajda qildi.
9 So‘ngra: — Yo, Rabbiy! — dedi. — Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman, Sen biz bilan borgin. Bu xalq o‘jar bo‘lsa ham, fosiqligimizni va gunohlarimizni kechirgin, bizni O‘zingning xalqing qilib qabul et.
10 Egamiz aytdi: “Men endi Isroil xalqi bilan ahd tuzaman. Butun xalqing ko‘zi oldida ajoyibotlar ko‘rsataman. Bunaqa ajoyibotlar yer yuzida yoki bironta xalq orasida bo‘lmagan. Men, Egangizning sizlarga ko‘rsatadigan dahshatli ishini sen bilan birga bo‘lgan butun xalq ko‘radi.
11 Men sizlarga bugun beradigan amrlarga itoat qilinglar. Men sizlarning oldingizdan Amor, Kan’on, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini quvaman.
12 Ehtiyot bo‘linglar, sizlar kiradigan yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Bo‘lmasa, sizlarni tuzog‘iga ilintirib oladi.
13 Sizlar esa ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini maydalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni kesib tashlanglar.
14 Boshqa xudolarga sajda qilmanglar. Men, Egangizning nomi Rashkchi: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman.
15 O‘sha yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Ular o‘z xudolari ortidan hirs bilan ergashadilar. Ular bilan sulh tuzsangiz, o‘z xudolariga qurbonliklar keltirayotganlarida sizlarni ham o‘zlariga qo‘shilishga taklif qiladilar. Sizlar ular bilan borib, qurbonliklaridan tanovul qilasiz.
16 Keyin ularning qizlarini o‘g‘illaringizga olib berasizlar. Ular o‘z xudolariga hirs bilan sajda qilganda, o‘g‘illaringizni ham o‘sha xudolarga hirs qo‘yishga boshlaydilar.
17 O‘zlaringizga xudolar tasvirlarini yasamanglar.
18 Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlanglar. Men sizlarga amr etganimday, Abib oyining belgilangan vaqtida yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Sizlar Abib oyida Misrdan chiqqansizlar.
19 To‘ng‘ich o‘g‘illaringiz, hamma chorvangizning — mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan erkak bolasi Meniki.
20 Birinchi tug‘ilgan erkak eshak Egamizdan bir qo‘zi yoki uloqcha evaziga sotib olinadi. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning bo‘ynini sindirib o‘ldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.
21 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa ish qilmanglar. Hatto ekin–tikin paytida va o‘rim paytida ham dam olinglar.
22 Har yili bug‘doy o‘rimini yig‘ishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urug‘ning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar. Kuzda Chayla bayramini nishonlanglar.
23 Hamma erkaklaringiz har yili uchala bayramda Isroil xalqining Xudosi, Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.
24 Sizlarning yeringizdan xalqlarni quvaman, chegaralaringizni kengaytiraman. Har yili uch marta Men, Egangiz Xudoga, sajda qilishga kelganingizda, sizlarning mulkingiz bo‘lgan yerni hech kim bosib olmaydi.
25 Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qo‘shilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Fisih ziyofati qurbonligi go‘shtini ertalabgacha qoldirmanglar.
26 Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar. Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar.”
27 Keyin Egamiz Musoga: — Bu so‘zlarni yozib ol! — deb amr qildi. — Shu so‘zlarga binoan Men sen bilan hamda Isroil xalqi bilan ahd tuzaman.
28 Muso o‘sha yerda Egamizning huzurida yemay–ichmay, qirq kechayu qirq kunduz bo‘ldi. Egamiz ikkita tosh lavhaga ahd so‘zlarini — o‘nta amrni yozdi.
29 Xudo Muso bilan gaplashgani uchun, u qo‘lida ikkita lavhani olib tog‘dan tushayotganda, yuzlaridan nur sochilayotgan edi. Musoning o‘zi buni bilmasdi.
30 Horun ham, jamiki Isroil xalqi ham Musoni ko‘rib, uning yuzidan nur yog‘ilib turgani uchun birortasi unga yaqin kelishga qo‘rqardi.
31 Muso Horunni va barcha jamoa oqsoqollarini chaqirdi, ular Musoning oldiga kelishdi. Muso ular bilan gaplashgandan keyin,
32 jamiki Isroil xalqi unga yaqinroq keldi. Muso Sinay tog‘ida Egamiz bergan amrlarni bajarishni xalqqa buyurdi.
33 Muso ular bilan gaplashib bo‘lgandan keyin, yuziga yopinchiq yopib oldi.
34 Muso Egamizga gapirish uchun Uning huzuriga borganda, yuzini yopib olardi. U chiqib, Egamiz, ayt, deb aytgan hamma amrni Isroil xalqiga yetkazardi. Shunda Isroil xalqi
35 Musoning yuzi hamon nur sochib turganini ko‘rardi. So‘ngra Muso keyingi safar Egamiz bilan gaplashish uchun borgungacha yopinchiqni olib qo‘yardi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак