Chiqish 9 bob

1 Beshinchi falokat: chorvaning o‘limi. 8 Oltinchi falokat: chipqon ofati. 13 Yettinchi falokat: do‘l ofati.

1 Shundan keyin Egamiz Musoga yana gapirdi: — Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz, Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin, deb aytmoqda.
2 Agar ijozat bermay, Isroil xalqini ushlab turaversang,
3 chorvangni — otlaringni, eshaklaringni, tuyalaringni, mol–qo‘ylaringni Egamiz o‘z qudrati bilan urib, og‘ir o‘lat kasali yuboradi.
4 Egamiz Isroil xalqi bilan Misrliklarning chorvasini ayirib qo‘yadi. Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmaydi.
5 Egamiz vaqtini ham belgilab, aytganlarim ertaga bu yurtda bajo bo‘ladi, deb aytdi.”
6 Ertasi kuni Egamiz aytganlarini qildi: Misrliklarning chorvasi qirilib ketdi. Isroil xalqining chorvasidan esa birortasini ham nobud qilmadi.
7 Fir’avn odam yuborib bildiki, Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmabdi. Lekin baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
8 Shundan keyin Egamiz Muso bilan Horunga yana aytdi: — O‘choqdan bir oz kul olinglar. Muso kulni fir’avnning ko‘zi oldida osmonga sochsin.
9 Shunda kul changga aylanib, butun Misrni chang qoplaydi. Kul butun yurtdagi insonlarning, hayvonlarning tanasiga yallig‘langan chipqon chiqaradi.
10 Shunday qilib, Muso bilan Horun o‘choqdan kul olib, fir’avn huzuriga bordilar. Muso kulni osmonga sochgan edi, kul odamlarda va hayvonlarda yallig‘langan chipqon paydo qildi.
11 Sehrgarlar ham Musoning oldida chipqon og‘rig‘iga chidab turolmadilar. Chunki barcha Misrliklar kabi, sehrgarlarga ham chipqon chiqqan edi.
12 Ammo Egamiz fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. U Musoga aytganday, Muso bilan Horunning gapiga fir’avn quloq solmadi.
13 Egamiz Musoga yana dedi: — Sahar payti tur. Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
14 Agar ijozat bermasang, bu dunyoda Menga o‘xshagan xudo yo‘qligini bilib olasan, deb Men o‘zingning, a’yonlaringning, xalqingning ustiga juda og‘ir falokatlarni yuboraman.
15 Haqiqatan, Men senga qarshi qo‘l ko‘tarib, o‘zing va xalqingni o‘latga duchor qilib, yer yuzidan qirib yuborgan bo‘lardim.
16 Ammo senga qudratimni ko‘rsatay, butun olamga shuhratimni yoyay, deb yashamog‘ingga izn berdim.
17 Sen xalqimning ketishiga ijozat bermay, ularga qarshilik qilyapsan.
18 Bilib qo‘y, Men ertaga shu vaqtda shunaqangi do‘l yog‘diramanki, Misr yurti paydo bo‘lgandan buyon bunaqa do‘lni ko‘rmagan.
19 Endi, chorvamni va ochiq joylardagi bor mol–mulkimni pana joylarga yig‘inglar, deb farmon ber. Do‘l yoqqanda, uyda bo‘lmay, dalada qolgan hamma odamlaru hayvonlar nobud bo‘ladi.”
20 Fir’avnning a’yonlaridan ba’zilari Egamizning so‘zlaridan qo‘rqib, qullarini va chorvasini darrov uylariga olib keldilar.
21 Egamizning so‘zlarini mensimaganlar esa qullari bilan chorvasini ochiq joyda qoldirdilar.
22 Egamiz Musoga: — Qo‘lingni osmonga uzat! — dedi. — Misrning hamma joyiga, odamlarning, hayvonlarning, daladagi jamiki ekinlarning ustiga do‘l yog‘adi.
23 Muso tayog‘ini osmonga to‘g‘ri ko‘targan edi, Egamiz momaqaldiroq va do‘l paydo qildi, yerga yashin tushdi. Shunday qilib, Egamiz Misr yurtiga do‘l yubordi.
24 Natijada g‘oyat kuchli do‘l yog‘ib, uzoq vaqt yashin chaqnadi. Misr paydo bo‘lgandan beri bunaqangi do‘lni ko‘rmagan edi.
25 Do‘l Misrda ochiq joylardagi hamma narsani — insondan tortib hayvonlaru ekin–tikinlargacha nobud qildi. Daraxtlarni yer bilan yakson qildi.
26 Faqat Isroil xalqi yashayotgan Go‘shen yerlariga do‘l yog‘madi.
27 Fir’avn shundan so‘ng Muso bilan Horunni chaqirtirib kelib shunday dedi: — Bu safar men aybdorman. Egangiz haq, men bilan xalqim esa nohaqmiz.
28 Bu momaqaldiroq bilan do‘lga ortiq bardosh berolmaymiz. Iltimos, Egangizdan so‘rang, bularni to‘xtatsin. Xalqingiz ketishiga ijozat beraman. Sizlar endi Misrda ortiq qolmaysizlar.Bu momaqaldiroq bilan do‘lga ortiq bardosh berolmaymiz. Iltimos, Egangizdan so‘rang, bularni to‘xtatsin. Xalqingiz ketishiga ijozat beraman. Sizlar endi Misrda ortiq qolmaysizlar.
29 — Shahardan chiqishim bilanoq qo‘llarimni Egamizga cho‘zib iltijo qilaman, — dedi Muso. — Momaqaldiroq to‘xtaydi, do‘l ham yog‘maydi. O‘shanda butun olam Egamizniki ekanini bilasan.
30 Lekin shunisi menga ma’lumki, o‘zing, a’yonlaring hali ham Parvardigor Egamizdan qo‘rqmaysizlar.
31 Bu paytda arpa boshoqlagan, zig‘irpoya gullab qolgandi. Zig‘irpoya va arpa payhon bo‘ldi.
32 Biroq bug‘doy kechki bo‘lgani uchun zarar ko‘rmadi.
33 Muso fir’avn huzuridan chiqib, shahardan tashqariga bordi. U qo‘llarini Egamizga tomon uzatgan edi, momaqaldiroq va do‘l to‘xtadi, yomg‘ir ham tindi.
34 Yomg‘ir tinib, do‘l va momaqaldiroq to‘xtaganini fir’avn ko‘rdi–yu, yana gunohga qo‘l urdi. O‘zi ham, a’yonlari ham yuragini tosh qilib oldilar.
35 Egamiz Muso orqali aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак