38. BAYTLAHM YULDUZI
Bo'yash uchun rasm. chizish 38 (skachat) | PDF kitob va RUS
Iso tug’ilganidan sakkiz kun o’tib, ota-onasi uni ma'badga olib kelishdi. U yerda ularni Shimo'n ismli oqsoqol kutib oldi, u Najotkorni ko'rmaguncha o'lmasligi haqida bashorat qilgan edi. Baxtli Shimo'n chaqaloq Isoni quchog'iga oldi va Xudoga chin dildan minnatdorchilik bildirdi.
Xanna ismli keksa ayol ma'badda edi. U ham chaqaloq Isoni ko'rdi va ko'p odamlarga Najotkor tug'ilganini aytdi.
Iso tug'ilgan paytda osmonda yorqin yulduz porlab turardi. Uzoq yerlardan kelgan donishmandlar yulduzga ergashdilar. Ko'p o'tmay ular Quddusga kelib, shoh Hiroddan: “Yahudo shohi qayerda tug'ilgan? Biz uning yulduzini Sharqda ko'rdik va unga ta'zim qilish uchun keldik”.
Shoh Hirod xavotirga tushdi. U yahudiy o'qituvchilaridan Isoning tug'ilgan joyi haqida so'radi. Munajjimlar javob berishdi: “Baytlahmda, Muqaddas bitiklar shunday deydi”.
Keyin shoh Hirod munajjimlarga dedi: "Baytlahmga borib, chaqaloqni toping, keyin qaytib kelib, menga xabar bering. Men ham unga ta'zim qilmoqchiman”. Lekin u yolg’on gapirgandi, shoh Hirod Isoni o'ldirishni rejalashtirdi chunki u Iso uning o'rniga shoh bo'lishidan qo'rqardi.
Munajjimlar ko’p sovg'alar bilan Baytlahmga yo'l olishdi. Yulduz ularga Iso turgan uyni ko'rsatdi. Ular Isoni ko'rish va unga sajda qilishdan juda xursand edilar shuningdek, oltin va boshqa ko’p sovg'alarni topshirishdi. Tushida Xudo munajjimlarni ogohlantirdi: “Shoh Hirodning oldiga qaytmang”. Munajjimlar uyga boshqa yo'l bilan qaytib ketishdi.
Munajjimlar ketgandan so'ng, Farishta tushida Yusufga: “Hirod Isoni o'ldirishga harakat qiladi. Maryamni bolasi bilan olib, Misrga olib bor. Senga qaytib kelishing mumkinligini aytmagunimcha u yerda qol”. Yusuf itoat qildi va kechasi Maryam va Iso bilan birga Misrga yo'l olishdi.
Tez orada shoh Hirod Baytlahm atrofidagi barcha chaqaloqlarni o'ldirishni buyurdi. Onalar farzandlari uchun qattiq fig’on chekib yig'lashdi! Iso Misrda ota-onasi bilan xavfsiz edi.
Shoh Hirod vafot etganidan so'ng, Xudo Yusufga Isroil yurtiga qaytishini aytdi. Yusuf Maryam va Iso bilan Nosirada yashay boshladi.
SAVOL JAVOB:
1. Munajjimlar Iso tug'ilganini qayerdan bilishgan?
(Ular osmonda uning yulduzini ko'rishdi)
2. Shoh Hirod Isoga sajda qilishni xohladimi?
(Yo'q, u Isoni o'ldirmoqchi edi)
3. Munajjimlar Isoga nima olib kelishdi?
(Ular oltin va boshqa ko’p sovg'alarni olib kelishdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xudo... hamma narsani biladi” (1 Yuhanno 3:20).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар