Matto Muqaddas xushxabar 2 bob

MATTO - BAYON ETGAN MUQADDAS XUSHXABAR

Muqaddas Kitob. Matto kitobi PDF
Matto kitobi (SKACHAT LOTIN) .PDF

 

1 Sharqdan kelgan munajjimlar. 13 Yusuf Maryam va chaqaloqni olib, Misrga qochadi. 16 Baytlahmda chaqaloqlar o‘ldiriladi. 19 Yusuf oilasi bilan Misrdan qaytib keladi.

1 Iso shoh Hirodning hukmronligi davrida, Yahudiyadagi Baytlahm shahrida tug‘ilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay sharqdan Quddusga munajjimlar kelishdi.
2 Ular: — Yahudiylarning yangi tug‘ilgan shohi qayerda? — deb so‘radilar. — Biz Uning yulduzi chiqqanini ko‘rdik. Unga ta’zim qilgani keldik.
3 Bu gapni eshitib shoh Hirod ham, butun Quddus aholisi ham bezovtalanib qoldi.
4 Hirod barcha bosh ruhoniylarni va Tavrot tafsirchilarini to‘plab, ulardan: “Masih qayerda tug‘ilishi kerak?” deb so‘radi.
5 Ular shunday javob berdilar: — Yahudiyadagi Baytlahm shahrida, chunki payg‘ambarning bitiklarida shunday yozilgan:
6 “Ey Yahudo yurtidagi Baytlahm! Sen Yahudoning buyuk shaharlaridan hech kam emassan. Zero, sendan bir hukmdor chiqadi, U xalqim Isroilga cho‘ponlik qiladi.”
7 Shundan keyin Hirod hech kimga bildirmay munajjimlarni chaqirib, ulardan yulduz paydo bo‘lgan aniq vaqtni bilib oldi.
8 So‘ng ularni Baytlahmga jo‘natayotib, dedi: — Baytlahmga boringlar, chaqaloq to‘g‘risida hamma narsani aniq bilib olinglar. Chaqaloqni topganlaringizdan keyin, menga xabar beringlar, toki men ham borib, Unga ta’zim qilayin.
9 Munajjimlar shohning so‘zlarini eshitib bo‘lib, yo‘lga tushdilar. Ularga oldin ko‘ringan yulduz yana paydo bo‘ldi, munajjimlar rosa xursand bo‘ldilar.
10 Yulduz ularga yo‘l ko‘rsatib bordi va nihoyat, chaqaloq yotgan joy tepasiga kelib to‘xtadi.
11 Munajjimlar uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko‘rdilar. Tiz cho‘kib, chaqaloqqa ta’zim qildilar. So‘ng xazinalar solingan qutichalarini ochib, Unga oltin, xushbo‘y tutatqilar va mirrani tortiq qildilar.
12 Hirodning oldiga qaytmasliklari to‘g‘risida ular tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo‘l bilan o‘z yurtiga qaytib ketdilar.
13 Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir bo‘lib dedi: “Tur! Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod chaqaloqni topib, o‘ldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol.”
14 Yusuf o‘rnidan turib, chaqaloq bilan Maryamni oldi–yu, tunda Misrga jo‘nadi.
15 Hirodning ajali yetgunicha, u yerda qoldi. Egamizning payg‘ambar orqali: “Men O‘g‘limni Misrdan chaqirib oldim”, deb aytgan bashorati bajo bo‘lishi uchun bu voqea yuz bergandi.
16 Hirod, munajjimlar uni aldab ketganini bilib, g‘azabga mindi. U Baytlahmdagi va uning atroflaridagi ikki yoshgacha bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni qilichdan o‘tkazishni buyurdi. Chunki munajjimlarning aytgani bo‘yicha yulduz taxminan ikki yil oldin chiqqan edi.
17 Shunday qilib, Yeremiyo payg‘ambarning aytganlari bajo bo‘ldi:
18 “Rama shahridan bir nido eshitilur, Achchiq bir nolayu ohu fig‘on bu. Bolalari uchun yig‘lar Rohila, Ovunishni xohlamas, chunki ular endi yo‘q.
19 Hirod vafot etgandan keyin Yusuf Misrda ekan, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir bo‘lib dedi:
20 “Tur, bola bilan onasini olib, Isroil yurtiga qaytib bor. Bolaning joniga qasd qilganlar olamdan o‘tdi.”
21 Shunda Yusuf bola bilan Maryamni olib, Isroil yurtiga yo‘l oldi.
22 Ammo Yahudiyada Hirod o‘rniga uning o‘g‘li Arxelay hukmronlik qilayotganini eshitib, u yerga borishga qo‘rqdi. So‘ng tushida xabar olgandan keyin, Jalila viloyatiga yo‘l oldi.
23 U yerga borib, Nosira degan shaharga joylashdi. Shunday qilib, Egamiz payg‘ambarlar orqali: “Uni Nosiralik deb ataydilar”, deb aytgan bashorati bajo bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18