Matto Muqaddas xushxabar 24 bob

1 Iso oxirzamon haqida gapiradi. 15 Buyuk musibat va Isoning qaytib kelishi. 32 Hushyor bo‘lish haqida. 45 Sadoqatli va sadoqatsiz xizmatkor haqida masal.

1 Iso Ma’baddan chiqib ketayotganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini Ma’badning binolariga qaratdilar.
2 Iso ularga dedi: “Bularning hammasini ko‘ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bular vayron bo‘ladi. Bironta tosh o‘z joyida qolmaydi.”
3 Iso bir O‘zi Zaytun tog‘ida o‘tirganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so‘rashdi: “Bizlarga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Sizning kelishingizni va oxirzamon yaqinlashganini nimadan bilsak bo‘ladi?”
4 Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot bo‘linglar, hech kim sizlarni yo‘ldan ozdirmasin!
5 Chunki ko‘pchilik o‘zlarini Mening nomim bilan atab: “Men Masihman”, — deb bir qancha odamni yo‘ldan ozdiradilar.
6 Sizlar urush haqidagi xabarlarni va mish–mishlarni eshitasizlar. Biroq cho‘chimanglar! Bular sodir bo‘lishi shart, ammo bu hali oxiri degani emas.
7 Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko‘tariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar bo‘ladi.
8 Bularning hammasi to‘lg‘oq azoblarining boshlanishiga o‘xshaydi.
9 O‘shanda sizlarni qiynash va o‘ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi.
10 Shunda ko‘plar imondan qaytadi, ular bir–birini sotib, bir–biridan nafratlanadi.
11 Ko‘p soxta payg‘ambarlar paydo bo‘ladi, ular ko‘plarni yo‘ldan uradi.
12 Yomonlik ko‘paygani uchun odamlar orasida mehr–oqibat yo‘qoladi.
13 Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.
14 Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabar butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi, hamma xalqlar uni eshitadi. Shundagina oxirzamon keladi.”
15 “Doniyor payg‘ambar aytganiday ko‘p harom– xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh bir narsaning muqaddas joyda turganini ko‘rganingizda (o‘qigan o‘zi tushunsin!),
16 Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochishsin.
17 Tomning ustida bo‘lganlar uyidan biron narsa olish uchun pastga tushmasin.
18 Dalada bo‘lganlar esa to‘nini olgani qaytib kelmasin.
19 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!
20 Qochishingiz qishga yoki Shabbat kuniga to‘g‘ri kelmasligi uchun iltijo qilinglar.
21 Chunki o‘sha vaqtda shunday azob– uqubatlar bo‘ladiki, dunyo yaratilgandan to hozirgacha bunaqasi bo‘lmagan va qaytib sodir bo‘lmaydi.
22 Lekin tanlangan odamlar uchungina u kunlar qisqartiriladi. Agar o‘sha kunlar qisqartirilmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmasdi.
23 Agar o‘shanda kimdir sizlarga: “Masih mana bu yerda” yoki: “Ana u yerda”, — deb aytsa, ishonmanglar.
24 Chunki soxta masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa, tanlangan odamlarni ham yo‘ldan ozdirish uchun buyuk alomatu mo‘jizalar ko‘rsatadilar.
25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo‘ydim.
26 Shunday qilib, agar ular sizlarga: “Qaranglar! U sahroda!” deb aytsalar, bormanglar. Agar ular: “U yashirin joyda”, deb aytsalar, ishonmanglar.
27 Chunki Inson O‘g‘li kelganda, Uni hamma ko‘radi. U sharqdan g‘arbga qadar butun osmonni yoritib yuborgan chaqmoqday bo‘ladi.
28 Kalxatlar to‘plangan joyda murda bo‘lishini hamma biladi. Mening kelishim ham shu singari hammaga ayon bo‘ladi.
29 O‘sha kunlardagi azob–uqubatlar o‘tishi bilanoq, Quyosh qorayadi, oyning nuri so‘nadi. Osmondan yulduzlar qulab tushadi, Samoviy kuchlar larzaga keladi.
30 O‘shanda Inson O‘g‘lining alomati osmonda namoyon bo‘ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qayg‘uradi. Shunda hamma odam Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li qudratga va buyuk ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
31 Karnayning baland sadosi ostida U farishtalarini yerning to‘rt tomoniga yuboradi. Ular dunyoning bir burchagidan boshqa burchagigacha tanlangan odamlarni to‘plab olishadi.”
32 “Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari ko‘karib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar.
33 Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, o‘sha vaqt yaqinlashib qolgan, ostonangizda turibdi.
34 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi.
35 Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.
36 O‘sha kun va soat haqida Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. O‘g‘il ham, osmondagi farishtalar ham bilmaydilar.
37 Nuh payg‘ambar davrida qanday bo‘lgan bo‘lsa, Inson O‘g‘li kelishida ham shunday bo‘ladi.
38 To‘fongacha bo‘lgan davrda odamlar yeb–ichardilar, uylanib, turmushga chiqardilar. Nuh kemaga kirgunga qadar hayot shu zaylda davom etardi.
39 To‘fon kelib, ularning hammasini yuvib ketmaguncha, ular hamma narsadan bexabar edilar. Inson O‘g‘li kelganda ham xuddi shunday bo‘ladi.
40 O‘shanda ikki kishi dalada bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
41 Tegirmon tortayotgan ikki ayol bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
42 Shuning uchun hushyor bo‘linglar. Men — Rabbingiz qaysi kuni kelishimni sizlar bilmaysizlar.
43 Ammo shuni bilib qo‘yingki, agar uy egasi tunning qay paytida o‘g‘ri kelishini bilganda edi, u uyg‘oq o‘tirib, o‘g‘rining uyga buzib kirishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.
44 Shunga o‘xshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson O‘g‘li sizlar kutmagan vaqtda keladi.”
45 “Ishonchli va dono xizmatkor kim? Xo‘jayin bunday odamni boshqa xizmatkorlariga boshliq qilib qo‘yadi, ularga o‘z vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi.
46 Xo‘jayin uyga qaytganda o‘sha xizmatkorini yumush ustida ko‘rsa, xizmatkor naqadar baxtli!
47 Sizlarga chinini aytay: xo‘jayin o‘sha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qo‘yadi.
48 Bordi–yu, u xizmatkor yomon bo‘lib, ko‘nglida: “Xo‘jayinim hali beri qaytib kelmaydi”, — deb,
49 boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa va sharobxo‘rlar bilan yeb–ichsa,
50 xizmatkor kutmagan kunda, o‘ylamagan soatda xo‘jayini kelib qoladi.
51 U xizmatkorining jazosini berib, boshiga ikkiyuzlamachilarning kunini soladi. Shunda xizmatkor qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.”


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак