Matto Muqaddas xushxabar 13 bob

1 Urug‘ sepuvchi haqida masal. 10 Masallarning maqsadi. 18 Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosi.  24 Begona o‘t haqida masal. 31 Xantal urug‘i haqidagi masal. 33 Xamirturush burdasi. 36 Begona o‘t haqidagi masalning ma’nosi. 44 Yashirilgan xazina haqidagi masal. 45 Qimmatbaho marvarid haqida masal. 47 To‘r haqida masal. 53 Iso O‘z yurtida rad etiladi.

1 O‘sha kuni Iso uydan chiqib, ko‘l bo‘yiga borib o‘tirdi.
2 Uning atrofida shu qadar ko‘p olomon to‘plandiki, U qayiqqa tushib, o‘tirishga majbur bo‘ldi. Olomon esa ko‘l qirg‘og‘ida turardi.
3 Iso masal orqali xalqqa ko‘p narsalarni o‘rgatdi: “Quloq solinglar! Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi.
4 U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug‘larni cho‘qib ketibdi.
5 Ba’zi urug‘lar tuprog‘i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq chuqur bo‘lmagani uchun, urug‘lar tez ko‘karib chiqibdi.
6 Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi bo‘lmagani uchun so‘lib qolibdi.
7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o‘sib, urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi.
8 Yana boshqa urug‘lar esa yaxshi tuproqqa tushibdi. Ba’zilari yuz, ba’zilari oltmish, ba’zilari esa o‘ttiz barobar ko‘p hosil beribdi.
9 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”
10 Shundan keyin shogirdlar kelib, Isodan so‘radilar: — Nega odamlarga masallar bilan gapiryapsiz?
11 U shunday javob berdi: — Osmon Shohligining sirlarini bilish ularga emas, sizlarga berilgan.
12 Zero, kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va unda mo‘l–ko‘lchilik bo‘ladi. Ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bori ham tortib olinadi.
13 Odamlarga masallar bilan gapirayotganimning sababi shuki, ular qarab turib ko‘rmaydilar, quloq solib turib, eshitmaydilar va anglamaydilar.
14 Ishayoning bashorati ularda bajo bo‘lgan: “Sizlar e’tibor berib tinglaysiz, Lekin hech qachon tushunmaysiz, Yaxshilab qarab turasiz, Ammo hech qachon anglamaysiz.
15 Zero, bu xalqning aqli o‘tmas bo‘ldi, Quloqlari og‘irlashdi, Ular ko‘zlarini yumib olishdi. Toki ko‘zlari bilan ko‘rmasinlar, Quloqlari bilan eshitmasinlar, Aqllari bilan anglamasinlar, Tag‘in Menga qaytib, shifo topmasinlar.”
16 Sizlar esa nihoyatda baxtlisizlar! Axir, sizlarning ko‘zlaringiz ko‘radi, quloqlaringiz eshitadi.
17 Sizlarga chinini aytay: qanchadan– qancha payg‘ambarlar, qanchadan–qancha solih odamlar siz ko‘rganlarni ko‘rishni istaganlar, ammo ko‘rmaganlar. Sizlar eshitganlarni eshitishni ular istaganlar, ammo eshitmaganlar.
18 “Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosini anglab olinglar.
19 Osmon Shohligi to‘g‘risidagi kalomni eshitgan, ammo tushunib olmagan odamga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan kalomni o‘g‘irlab ketadi. So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar ana shularga ishoradir.
20 Toshloq yerga sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar.
21 Lekin ularning ildizi bo‘lmagani uchun uzoq vaqtga chidamaydilar. Kalom tufayli qiyinchilik yoki quvg‘inga duchor bo‘lishsa, darrov chekinadilar.
22 Tikanlar orasiga sepilgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular Xudoning kalomini eshitadilar, lekin dunyoning tashvishlari va boylikka o‘chlik kalomni bo‘g‘ib qo‘yadi, kalom esa samarasiz qoladi.
23 Yaxshi tuproqqa sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uning ma’nosini tushunib oladilar. Ularning ba’zilari yuz barobar, ba’zilari yetmish barobar va ba’zilari o‘ttiz barobar mo‘l hosil beradilar.”
24 Iso ularga boshqa bir masal aytib berdi: “Osmon Shohligini o‘z dalasiga yaxshi urug‘ sepgan bir odamning vaziyatiga o‘xshatsa bo‘ladi.
25 Hamma uxlab yotganda, dushman kelib, bug‘doyzorga begona o‘t urug‘ini sepib ketibdi.
26 Bug‘doy o‘sib, boshoqlay boshlaganda, begona o‘tlar ham o‘sib chiqibdi.
27 Xizmatkorlar kelib, xo‘jayinga aytibdilar: — Xo‘jayin, dalangizga yaxshi urug‘ ekkan edingiz–ku! Manavi begona o‘tlar qayoqdan paydo bo‘ldi ekan?
28 — Bu — dushmanning ishi, — deb javob beribdi xo‘jayin. Xizmatkorlar xo‘jayinga: — Istasangiz, biz borib o‘sha o‘tlarni yulib tashlaymiz.
29 — Yo‘q, — debdi u, — sizlar begona o‘tlarni yulayotganlaringizda, bug‘doyni ham qo‘shib yulib olishingiz mumkin.
30 Mayli, o‘rim–yig‘im paytigacha bug‘doy bilan birga begona o‘tlar ham o‘saversin. Payti kelganda o‘roqchilarga: “Avval begona o‘tlarni yig‘ishtirib, bog‘langlar–da, yoqib yuboringlar, keyin bug‘doyni yig‘ishtirib, omborxonamga joylanglar”, deyman.
31 Iso ularga yana boshqa bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o‘z bog‘iga sepgan xantal urug‘iga o‘xshaydi.
32 Xantal urug‘larning eng maydasi bo‘lsa–da, o‘sib chiqqanda, hamma ko‘katlardan baland bo‘ladi. U shunday daraxt bo‘ladiki, qushlar uning shoxlariga uya quradi.”
33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Xudoning Shohligi xamirturushga o‘xshaydi. Ayol bir bo‘lak xamirturushni uch tog‘ora unga qorsa ham, hamma xamir oshadi.”
34 Iso bularning hammasini olomonga masallar bilan gapirdi. Masalsiz ularga hech narsa to‘g‘risida gapirmasdi.
35 Shunday qilib, payg‘ambarning quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi: “Og‘zimni masalga ochaman, Dunyo yaratilgandan beri sir saqlanganlarni Sizga e’lon qilaman.”
36 Shundan keyin Iso olomon oldidan ketib, uyga kirdi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib: — Begona o‘tlar haqidagi masalni bizga tushuntirib bering, — dedilar.
37 Iso shunday javob berdi: — Yaxshi urug‘ sepuvchi Inson O‘g‘lidir.
38 Dala olamdir, yaxshi urug‘lar — Osmon Shohligining odamlari, begona o‘tlar esa yovuz shaytonning odamlaridir.
39 Begona o‘tlarni sepgan dushman — iblis, o‘rim–yig‘im — oxirzamon, o‘roqchilar esa farishtalardir.
40 Begona o‘tlarni yig‘ishtirib, olovda yoqishganday, oxirzamonda ham xuddi shunday voqea yuz beradi.
41 Inson O‘g‘li O‘z farishtalarini yuboradi. Farishtalar Uning Shohligidan gunohga undagan hammani va barcha badkirdorlarni yig‘ib oladilar.
42 Ularni lovullab turgan o‘choqqa tashlaydilar. Badkirdorlar u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.
43 Shunda solihlar o‘z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!
44 “Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o‘xshaydi. Bir odam uni topib olibdi. Uni yana yashirib, xursand bo‘lganidan bor–yo‘g‘ini sotib, u dalani xarid qilibdi.”
45 “Osmon Shohligi nodir marvarid izlayotgan bir savdogarga o‘xshaydi.
46 Savdogar qimmatbaho marvaridni topganda, bor–yo‘g‘ini sotib, marvaridni xarid qilibdi.”
47 “Osmon Shohligi baliqchilar dengizga tashlagan to‘rga o‘xshaydi. To‘rga turli xil baliqlar tutilibdi.
48 To‘r to‘lgach, baliqchilar uni qirg‘oqqa tortib chiqarishibdi va o‘tirib, yaxshi baliqlarni savatlarga solishibdi, yomonlarini esa tashlab yuborishibdi.
49 Oxirzamonda ham xuddi shunday bo‘ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib olib,
50 lovullagan o‘choqqa tashlaydilar. O‘choqqa tushganlar qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.”
51 Iso shogirdlaridan so‘radi: — Bularning hammasini tushundingizlarmi? — Tushundik, — deb javob berdi ular.
52 Iso ularga dedi: — Shunday ekan, Osmon Shohligiga shogird tushgan har bir Tavrot tafsirchisi omboridan ham yangi, ham eski narsalarni olib chiqayotgan uy egasiga o‘xshaydi.
53 Iso bu masallarni aytib bo‘lgach, u yerdan ketdi.
54 U ona shahriga kelib, sinagogada odamlarga ta’lim berdi. Odamlar esa hayratga tushib dedilar: — Bu Odam shuncha donolikni va mo‘jiza ko‘rsatish qudratini qayerdan olgan ekan–a?
55 Bu o‘sha duradgorning o‘g‘li emasmi?! Onasining ismi Maryam, ukalari Yoqub, Yusuf, Shimo‘n va Yahudo–ku!
56 Uning singillari ham oramizda yashaydi! Bunday buyuk ishlarni U qanday qilar ekan–a?
57 Odamlar Isodan qattiq xafa bo‘ldilar. Iso esa ularga dedi: — Payg‘ambar ona shahridan va o‘z uyidan boshqa hamma yerda izzatlanadi.
58 Odamlarning ishonchsizligi tufayli, Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsatmadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18