Matto Muqaddas xushxabar 16 bob

1 Zamonning alomatlarini bilish haqida. 5 Farziylar va sadduqiylarning xamirturushi. 13 Butrus Masihni tan oladi. 21 Iso O‘z o‘limi haqida gapiradi.

1 Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab ko‘rish maqsadida: — Bizga bir mo‘jizali alomat ko‘rsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz, — dedilar.
2 Iso ularga shunday javob berdi: — Quyosh botganda, sizlar, osmon qizg‘ish, havo yaxshi bo‘ladi, deysizlar.
3 Ertalab esa, osmon qizil, havoning avzoyi buzuq, bugun bo‘ron bo‘ladi, deysizlar. Sizlar osmonning avzoyiga qarab, ob–xavoni aniqlay olasizlar–ku! Nega zamon alomatlarini talqin qila olmaysizlar?!
4 Bu qabih va bevafo nasl alomat so‘rayapti, ammo ularga Yunus payg‘ambarning alomatidan boshqa alomat berilmaydi.” Iso ularni qoldirib ketdi.
5 Narigi qirg‘oqqa yetib kelgan shogirdlar o‘zlari bilan non olishni unutgan edilar.
6 Iso ularga dedi: — Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo‘linglar!
7 Shogirdlar o‘zlaricha: “Biz non olib kelmaganimiz uchun U shunday deyapti”, deb muhokama qila boshladilar.
8 Shogirdlar nimani muhokama qilayotganlarini Iso bilib, ularga dedi: — Ey imoni sustlar! Nega sizlar, nonimiz yo‘q, deb aytyapsizlar?
9 Hali ham tushunmadingizlarmi? Besh mingta odamga beshta nonni bo‘lib berganim esingizdami? O‘shanda qolgan–qutgan nonlar bilan qancha savatni to‘ldirib olgan edingizlar?
10 Yoki yettita nonni to‘rt ming kishiga bo‘lib berganim– chi? O‘shanda, non burdalari bilan nechta savatni to‘ldirib olgan edingizlar?
11 Men sizlarga non haqida gapirmaganimni hali ham anglamadingizlarmi? Men silarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo‘linglar!” — deb aytyapman.
12 Shundan keyin shogirdlar tushundilarki, Iso ularni nonga ishlatiladigan xamirturushdan saqlanish to‘g‘risida emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning ta’limotidan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida ogohlantirayotgan ekan.
13 Iso Filip Qaysariyasi atrofidagi hududga keldi. O‘sha yerda U shogirdlaridan so‘radi: — Odamlar Inson O‘g‘lini kim deb biladi?
14 Shogirdlar Unga shunday javob berdilar: — Ba’zilar Yahyo cho‘mdiruvchi, ba’zilar Ilyos, ba’zilar Yeremiyo, boshqalar esa, qadimgi payg‘ambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
15 Iso ulardan so‘radi: — Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz?
16 Shimo‘n Butrus javob berib dedi: — Siz Masihsiz, Barhayot Xudoning O‘g‘lisiz!
17 Iso Shimo‘n Butrusga dedi: — Sen baxtlisan, ey Yunus o‘g‘li Shimo‘n! Axir, bu sirni senga inson emas, balki osmondagi Otam ochib bergan.
18 Butrus, senga shuni aytay: sening isming qoya–ku! Mana shu qoya ustiga Men O‘zimning jamoatimni quraman. Hatto o‘lim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi.
19 Osmon Shohligi kalitlarini Men senga beraman. Yer yuzida sen nimani taqiqlasang, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sen nimaga ijozat bersang, osmonda ham ijozat beriladi.
20 Bundan so‘ng Iso: “Masih ekanimni hech kimga aytmanglar”, deb shogirdlariga qat’iy buyurdi.
21 Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: “Men Quddusga borib, oqsoqollar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘lida ko‘p azob chekaman. Meni o‘ldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman.”
22 Shunda Butrus Isoni chetga tortib, shunday ta’na qildi: — Xudo saqlasin, Hazratim! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin!
23 Iso esa Butrusga qarab: — Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! — dedi. — Meni yo‘ldan urma! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini o‘ylayapsan.
24 Keyin Iso O‘z shogirdlariga dedi: — Kimda–kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va xochini ko‘tarib, orqamdan yursin.
25 Kim o‘z jonini asrab qolmoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi.
26 Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, o‘z jonidan mahrum bo‘lsa, bundan unga nima foyda?! Inson o‘z joni evaziga qanday to‘lov bera oladi?!
27 Inson O‘g‘li O‘z Otasining ulug‘vorligida, farishtalari bilan kelganda, har kimni o‘z ishiga yarasha taqdirlaydi.
28 Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan ba’zilari, Inson O‘g‘lining Shoh bo‘lib kelganini ko‘rmaguncha, o‘lmaydilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18