Matto Muqaddas xushxabar 20 bob

1 Mardikorlar haqida masal. 17 Iso O‘z o‘limi to‘g‘risida uchinchi marta gapiradi. 20 Bir onaning tilagi. 29 Iso ikki ko‘rga shifo beradi.

1 “Osmon Shohligi erta saharda uzumzoriga mardikorlar yollagani chiqqan bog‘ egasiga o‘xshaydi.
2 Bog‘ egasi mardikorlarga, sizlarga bir kumush tangadan, odatdagi bir kunlik ish haqini to‘layman, deb ular bilan kelishibdi. So‘ng ularni o‘zining uzumzoriga yuboribdi.
3 Soat to‘qqizlarda u bozor maydoniga chiqqan ekan, bekor turgan bir necha odamlarni ko‘rib,
4 ularga: — Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli ish haqingizni to‘layman, — debdi. Ular boribdilar.
5 Bog‘ egasi soat o‘n ikkilarda va uchda bozor maydoniga chiqib, yana shunday qilibdi.
6 Soat beshlarda tag‘in bozor maydoniga borsa, bekor turgan yana boshqalarni ko‘ribdi–da: — Nega sizlar bu yerda kun bo‘yi bekor turibsizlar? — deb so‘rabdi.
7 Ular: — Hech kim bizni ishga yollamadi, — deb javob beribdilar. Shunda bog‘ egasi: — Sizlar ham mening uzumzorimga borib ishlanglar, — debdi.
8 Kech bo‘lganda, uzumzor egasi o‘zining ishboshisiga: — Mardikorlarni chaqirib, ularga ish haqlarini ber. Oxir kelganlardan boshlagin, birinchi kelganlarga oxirida berasan, — deb buyuribdi.
9 Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi.
10 Birinchi kelganlarga haq to‘lash navbati kelganda, ular: “Biz ko‘proq olamiz”, deb o‘ylabdilar. Ammo ularning har biriga ham bir kumush tangadan berilibdi.
11 Ular pullarini olgach, bog‘ egasiga noroziligini bildira boshlashibdi:
12 — Manavi oxirgi kelganlar bir soatgina ishlashdi, biz esa kun bo‘yi jaziramada mehnat qildik. Ammo siz bizning mehnatimizni ularning qilgan ishi bilan teng ko‘rdingiz.
13 Bog‘ egasi ulardan biriga shunday dedi: — Do‘stim, men senga nohaqlik qilganim yo‘q. Sen bilan bir kumush tangaga kelishgan edik–ku!
14 Endi haqingni olgin–u, jo‘na. Mana bu oxirgi kelganlarga sen bilan baravar ish haqi berishni xohladim.
15 O‘zimning pulimni xohlaganimcha sarf qila olishga haqim yo‘qmi?! Yoki mening saxiyligimni ko‘rolmayapsanmi?
16 Shunday qilib, oxirgilar birinchi bo‘ladilar, birinchilar esa oxirgi bo‘ladilar.”
17 Iso Quddusga ketayotganda, o‘n ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi:
18 “Mana, biz Quddusga ketyapmiz. U yerda Inson O‘g‘li bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo‘liga tutib beriladi. Ular Inson O‘g‘lini o‘limga mahkum qiladilar.
19 So‘ng g‘ayriyahudiylarga topshiradilar. G‘ayriyahudiylar Uni haqoratlaydilar, qamchilaydilar va xochga mixlaydilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.”
20 Shunda aka–uka Zabadiylarning onasi o‘g‘illarini boshlab, Isoning oldiga keldi. U Isodan bir narsa iltimos qilmoqchi bo‘lib, Unga ta’zim qildi.
21 Iso ayoldan: — Nima istaysiz? — deb so‘radi. — Shohligingizda o‘g‘illarimning biri Sizning o‘ng tomoningizda, biri chap tomoningizda o‘tirsin! — dedi Unga ayol.
22 Iso shunday dedi: — Sizlar nima so‘rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan azob kosasidan sizlar icha olasizlarmi? — Icha olamiz! — deb javob berdi ular.
23 Iso ularga dedi: — Sizlar–ku Men ichadigan azob kosasidan ichasizlar, ammo Mening o‘ng va chap tomonimda o‘tirishga ruxsat berish O‘z ixtiyorimda emas. Bu o‘rinni Otam kimlarga atagan bo‘lsa, o‘shalarniki bo‘ladi.
24 Qolgan o‘nta shogird buni eshitib, ikkala aka– ukadan achchiqlanib ketishdi.
25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: — Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar, katta amaldorlari elga zo‘ravonlik qiladilar.
26 Ammo sizlarning orangizda bunday bo‘lmasin. Aksincha, orangizda kim katta bo‘lishni istasa, sizlarga xizmat qilsin.
27 Orangizda kim birinchi bo‘lishni istasa, sizlarga qul bo‘lsin.
28 Axir, Inson O‘g‘li ham O‘ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O‘zi boshqalarga xizmat qilish va O‘z jonini fido qilib, ko‘plarni ozod qilish uchun kelgan.
29 Iso bilan shogirdlari Yerixodan ketar ekanlar, bir talay olomon Isoga ergashdi.
30 Yo‘l bo‘yida ikkita ko‘r odam o‘tirgan edi. Ular oldilaridan Iso o‘tib ketayotganini eshitib: — Ey Hazrat, Dovud O‘g‘li, bizlarga rahm qiling! — deb baqirdilar.
31 Olomon esa: — Jim bo‘linglar! — deb ularga do‘q qildi. Ular esa yanada qattiqroq baqirib: — Ey Hazrat, Dovud O‘g‘li, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi.
32 Iso to‘xtab, ularni yoniga chaqirdi–da: — Mendan nima istaysizlar? — deb so‘radi.
33 Ular: — Hazrat, ko‘zlarimiz ochilsin! — deyishdi.
34 Isoning ularga rahmi kelib, ko‘zlariga qo‘l tekkizdi. Shu zahoti ularning ko‘zlari ochildi. So‘ng ular Isoning ortidan ergashdilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак