Matto Muqaddas xushxabar 9 bob

1  Iso sholni sog‘aytiradi. 9 Iso Mattoni chaqiradi. 14 Ro‘za tutish haqida savol. 18 Tirilgan qiz, sog‘aygan ayol. 27 Iso ikkita ko‘r odamga shifo beradi. 32 Iso soqov odamga shifo beradi. 35 Hosil mo‘l, ishchilar oz.

1 Iso qayiqqa tushib, ko‘lning narigi tomonidagi Kafarnahum shahriga suzib bordi. U o‘sha paytda Kafarnahumda yashardi.
2 Iso shaharga kirishi bilanoq bir necha kishi Uning oldiga to‘shakda yotgan bir shol odamni ko‘tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko‘rib, sholga: — Dadil bo‘l, o‘g‘lim, gunohlaring kechirildi, — dedi.
3 Shunda Tavrot tafsirchilaridan ba’zilari o‘zlaricha: “Bu Odam kufrlik qilyapti–ku!” — deyishdi.
4 Ularning bu o‘y–fikrlarini bilgan Iso dedi: — Nega sizlar bunday yomon narsalarni o‘ylaysizlar?
5 Qaysi biri osonroq? “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi?
6 Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar. Iso shunday dedi–yu, sholga: — O‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi.
7 Shol o‘rnidan turib, uyiga ketdi.
8 Olomon bu voqeani ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Ular inson zotiga bunday hokimiyat bergan Xudoni ulug‘ladilar.
9 Iso yo‘lda davom etarkan, soliq yig‘adigan joyda o‘tirgan Mattoni ko‘rib qoldi. Iso unga: — Ortimdan yur! — dedi. Matto o‘rnidan turib, Isoga ergashdi.
10 Bir ozdan keyin Iso Mattoning uyida mehmon bo‘ldi. Ko‘p soliqchilar va gunohkorlar kelib, Iso va Uning shogirdlari bilan birga dasturxon atrofiga o‘tirdilar.
11 Farziylar buni ko‘rib, Isoning shogirdlaridan: — Nega Ustozingiz soliqchilaru gunohkorlar bilan birga yeb–ichib o‘tiribdi? — deb so‘radilar.
12 Iso bu gapni eshitib, ularga shunday javob berdi: — Sog‘lar emas, xastalar tabibga muhtojdir.
13 Boringlar–da, Tavrotdagi: “Men qurbonlik emas, rahm–shafqat istayman”, degan oyatning ma’nosini o‘rganib kelinglar. Axir, Men solihlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
14 Bir kuni Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar: — Bizlar va farziylar ko‘p ro‘za tutamiz, nega Sizning shogirdlaringiz ro‘za tutmaydilar?
15 Iso ularga dedi: — Kuyov davrada bo‘lganda to‘ydagi mehmonlar qayg‘uradimi? Biroq ular kuyovdan judo bo‘ladigan kunlar keladi, ana o‘shanda ro‘za tutadilar.
16 Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimni battar yirtib yuboradi.
17 Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki mesh yorilib ketadi, sharob ham to‘kiladi, mesh ham nobud bo‘ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, shunda unisi ham, bunisi ham saqlanib qoladi.
18 Iso ularga bu so‘zlarni aytib turganda, bir sinagoga oqsoqoli kelib qoldi. U Isoning oldida tiz cho‘kib, shunday deb yolvordi: — Qizim hozirgina vafot etdi. Yuring, qizimga qo‘lingizni tekkizing, u tirilib ketadi.
19 Iso o‘rnidan turib, shogirdlari bilan o‘sha odamning orqasidan bordi.
20 Shu payt o‘n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qo‘l tekkizdi.
21 U o‘zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam, sog‘ayib ketaman”, — deb o‘ylagan edi.
22 Iso orqasiga o‘girildi. Ayolni ko‘rib, dedi: — Dadil bo‘l, qizim, ishonching seni sog‘aytirdi. Ayol shu zahoti dardidan xalos bo‘ldi.
23 Iso sinagoga oqsoqolining uyiga yetib borganda, nay chaluvchilarni va dod–faryod qilayotgan olomonni ko‘rdi.
24 Iso: — Hammalaringiz chiqinglar! — deb buyurdi. — Qizcha o‘lmagan, u uxlab yotibdi. Odamlar Isoning ustidan kulishdi.
25 Olomon tashqariga chiqarilgandan so‘ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo‘lidan ushladi. Qizcha o‘rnidan turib ketdi.
26 Bu xabar butun atrofga yoyildi.
27 Iso u yerdan jo‘nab ketayotganda, ikki ko‘r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: — Ey Dovud O‘g‘li Iso, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi.
28 Iso uyga kirganda, ko‘rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so‘radi: — Sizlarga shifo bera olishimga ishonasizlarmi? — Ha, Hazrat! — deb javob berishdi ular.
29 Shunda Iso ularning ko‘zlariga qo‘lini tekkizib: — Sizlarning ishonchingizga yarasha bo‘lsin, — dedi.
30 Ularning ko‘zlari ochilib ketdi. Iso ularga: — Buni hech kim bilmasin! — deb qat’iy ogohlantirdi.
31 Ammo ular o‘sha yerdan chiqiboq, butun atrofga Iso haqida ovoza qildilar.
32 Ular ketgandan keyin, Isoning oldiga jin chalgan bir soqovni olib kelishdi.
33 Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qolib: — Isroilda bunday hodisa hech qachon bo‘lmagan, — dedi.
34 Ammo farziylar shunday derdilar: — U ins–jinslar hukmdorining kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.
35 Iso hamma shaharu qishloqlarga borib, sinagogalarda ta’lim berardi, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilib, odamlarning turli xastaligu dardlariga shifo berardi.
36 Iso olomonni ko‘rib, ularga achinib ketdi, chunki ular cho‘ponsiz qo‘ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar.
37 Shunda Iso shogirdlariga dedi: — Hosil mo‘l, ammo ishchilar oz.
38 Shuning uchun hosil Egasidan: “Hosilingni yig‘ib olishga yana ishchilar yubor”, deb so‘ranglar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18