Hikoyalar. Muqaddas Kitob 9 bob

IBROHIMNING XUDOGA BO‘LGAN SEVGISINI SINALISHI

Ibtido kitobi, 22-bob

9 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Ibrohim va Soroning oilasi Ishoqning tug‘ilishi bilan yanada shod- xurram bo‘ldi. Uchalasi ham Xudoni hamda bir-birlarini sevar edilar. Ibrohim boy-badavlat odam ekanligini allaqachon bilasiz. Shunga qaramasdan uning yuragi yagona hazina – o‘g‘li Ishoqqa bog‘langan edi. Ibrohim uni dunyodagi hamma narsadan a’loroq sevsa-da, Xudoga bo‘lgan sevgisi bundan ham kuchli edi.

Bir kuni Xudo Ibrohim Uni qanchalar sevishini va Unga qanchalar ishonishini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shunda U Ibrohimga dedi:
- O‘zing sevadigan yagona o‘g‘ling Ishoqni olib, Moriyoх yeriga ket.
U yerda Men senga aytadigan toqqa chiqib, o‘g‘lingni qurbon qil.

Ibrohim uchun bu juda og‘ir vazifa edi. Biroq u Xudoni butun yuragi bilan sevgani uchun Uning amrini bajarishni istardi. Ibrohim o‘tin maydalab eshagiga ortdi, Ishoq bilan xizmatkorlardan ikki nafarini o‘zi bilan olib, yo‘lga otlandi. Soro uyda qolgan edi. Yo‘l uzoq edi. Ular erta tongdan kech tushguncha yurishdi. Faqat qisqa muddatgagina to‘xtashardi. Ishoq qayerga ketayotganlarini bilishni istardi. “Otam shu paytgacha menga hech narsa aytmagan bo‘lsa, demak bunga sabab bor”, - o‘yladi u.

Safarining maqsadi haqida aytmaslikka Ibrohimning chindan ham sababi bor edi. Chunki bir kun oldin Xudo u bilan gaplashib, Ibrohimning hayoliga ham kelmaydigan dahshatli narsani so‘ragandi. Aslida esa Xudo Ishoqning o‘ldirilishini umuman istamasdi. U faqatgina Ibrohim Xudoning amrlarini to‘liq tushunmasa ham Unga itoat qila oladimi-yo‘qmi, shuni tekshirib ko‘rmoqchi edi.
Ibrohim esa bundan bexabar edi. U “jondan aziz o‘g‘limni Xudodan ayasam bo‘lmas”, - deb o‘ylardi. Bundan uning yuragi qayg‘uga botgandi. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin, u Xudoning amrini amalga oshirishga qaror qildi.

Nihoyat ular baland bir toqqa yetib kelishdi. Endi Ishoq qiziquvchanligini yashirib tura olmadi.
- Ota, mana o‘tin va olov bor, demak siz qurbonlik qilmoqchisiz, - dedi u. – Lekin qurbonlik qo‘zisi qayerda?
Ibrohim bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Uning tomog‘iga nimadir tiqilib qolganday edi.

- O‘g‘lim, - dedi u nihoyat, - qurbonlik qo‘zisini Xudoning O‘zi beradi. Toqqa chiqqanlarida, toshlarni yig‘ib bir joyga keltirishdi. Ibrohim ulardan qurbongoh yasadi. So‘ngra Ishoqni ushlab qurbongoh ustiga
yotqizdi-da, pichog‘ini bolaning boshi uzra ko‘tardi. Mana shu lahzada osmondan bir ovoz eshitildi:
- Ibrohim, Ibrohim!
Qariya pichoq ushlagan qo‘lini bolaning boshi uzra ko‘targancha qotib qoldi:
- Labbay, Rabbim.

- O‘smirga ziyon yetkazma! – dedi ovoz. – Men endi bilamanki, Sen Xudodan qo‘rqasan, yakkayu yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamading. Ibrohimning yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Xursand bo‘lganidan qurbongoh qarshisida tiz cho‘kib qoldi. Qaltiroq qo‘llari bilan Ishoqning qo‘llarini yechib, o‘rnidan turishiga yordam berdi. Ota- bola bir-birlariga osilishib yig‘lashar, qayg‘u-hasratdan emas, balki
shodlikdan ko‘z yoshi to‘kishardi.

Shunda yaqin-atroflarida qo‘yning ma’ragan ovozini eshitib qolishdi. Qarashsa, bir qo‘chqorning shohlari chakalakda o‘ralashib qolgan ekan. O‘sha qo‘yni ushlashib, qurbongohda kuydirib qurbonlik qildilar. Ibrohim aytganiday Xudoning O‘zi qurbonlik qo‘zisini bergan edi.
Tog‘dan tushishayotganida, ularning yuzlari quvonchdan porlab turardi. Ishoq otasining qo‘lidan mahkam ushlab olgandi. Ikkalasi ham Xudoni sevish bilan odamlarni sevishning ma’nosi haqida, shuningdek hech qanday sevgi Xudoning insonga bo‘lgan sevgisiga teng kelmasligi haqida o‘ylab kelishardi.


SAVOLLAR
1) Nima uchun Xudo Ibrohimga o‘g‘lini qurbon qilishni buyurdi?
2) Ibrohim Xudoning amrini bajarishga tayyor edimi?
3) Ibrohim Ishoqni qurbon qilishga tayyor turganida, uni nima to‘xtatib qoldi?


 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак