Hikoyalar. Muqaddas Kitob 83 bob

GETSEMANIYA BOG‘IDA

Luqo bayon etgan Xushxabar, 22-bob, 39-46-oyatlar

83 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Iso o‘n bir shogirdi bilan Quddus shahridan chiqib, Qidron soyligining narigi tomoniga bordi. Shogirdlarning o‘n ikkinchisi Yahudo ular bilan emasdi. Tun qorong‘usida ular odatdagiday Zaytun tog‘iga yo‘l oldilar. Iso ko‘pincha shu yerda Samoviy Otasiga ibodat qilar edi.
Tog‘ning yon bag‘rida Getsemaniya deb ataluvchi bog‘ bo‘lib, u yerda zaytun daraxtlari o‘sar edi. Boqqa kiraverishda Iso shogirdlariga:
– Sizlar shu yerda turinglar. Men borib ibodat qilib kelaman, – dedi. Butrus, Yoqub va Yuhannoni esa O‘zi bilan birga olib ketdi.
Iso uchun bu daqiqalar juda og‘ir edi. U chuqur iztirobga botgan edi. Rabbimiz O‘zini oldinda nimalar kutayotganini bilar edi. Odamzot qilgan gunohlarning barcha og‘irligi Uning yelkasiga tushgan, hamda U og‘ir qiynoqlar va xochdagi o‘limni qarshilamoqda edi. Uning tanasi jismoniy qiynoqdan o‘tishidan avval, Uning ruhi va qalbi chidab bo‘lmas azoblarga duchor bo‘lishi lozim edi. Gunoh nimaligini bilmagan Iso insoniyatning butun gunohlari uchun jazolanmog‘i lozim edi.

G‘am-anduhga to‘lgan Iso sevimli shogirdlariga dedi:
– Yuragimdagi og‘ir qayg‘u Meni o‘lguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, ko‘z–quloq bo‘lib turinglar, – dedi.
Boshqa har qanday odam singari, Iso uchun ham do‘stlarining yonida turib, Unga dalda berishi zarur edi. Iso ulardan bir oz nari ketib, yana yerga muk tushdi va shunday deb ibodat qildi:
– Ota, agar iloji bo‘lsa, bu zaqqum kosa Meni chetlab o‘tsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo kelsin, – deb ibodat qildi.
Har qanday inson singari Iso ham oldinda Uni kutayotgan azob va iztiroblardan qochib qutulishni istardi, biroq itoatkor O‘g‘il sifatida U:
– Mening emas, Sening irodang bajo kelsin, - dedi.
Iso chuqur iztirob ichida jon-jahdi bilan ibodat qildiki. Undan oqqan ter yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi. Shunda osmondan farishta kelib Unga quvvat berib turdi.
Iso ibodatni tugatib, uchala shogirdi yoniga qaytdi. U shogirdlarini “Men bilan birga ibodat qilib turasizlar”, deb olib kelgan edi. Lekin Iso ularni ibodat qilayotgan holda emas, balki uxlab yotgan holda topdi. Shogirdlarini uyg‘otib, Butrusga yuzlandi:

«Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini Mendan uzoqlashtirsang!
Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.
Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir bo‘lib, Unga kuch ato qildi.
Iso og‘ir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi.
Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi».


– Shimo‘n! Uxlayapsanmi? Bir soatgina ham uyg‘oq o‘tira olmadingmi?
Iso bu bilan Shimo‘n Butrus bir vaqtlar O‘zi bilan birga o‘limga borishga va hech qachon Undan tonmaslikka va’da berganini eslatmoqchi edi. Iso yana ikkinchi bor shogirdlaridan O‘zi bilan birga ibodat qilishlarini so‘radi, lekin ikkinchi marta ham ularni uxlab yotgan holda ko‘rdi. Uchinchi daf’a qaytib kelgach, Iso ularga dedi:
– Sizlar hali ham beparvo uxlab, rohatlanib yotibsizmi? Mana vaqti- soati keldi, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga tutib berilmoqda. Turinglar, ketaylik! Mana, Menga xiyonat qiluvchi yaqinlashib qoldi.

SAVOLLAR
1) Iso Qutlug‘ kechlikdan so‘ng qayerga yo‘l oldi?
2) Iso Getsemaniya bog‘ida nima qildi? U Otasidan nimani iltimos qildi?
3) Iso shogirdlaridan nima qilishlarini so‘radi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак