Hikoyalar. Muqaddas Kitob 82 bob

ISO SO‘NGGI FISIH BAYRAMINI NISHONLAYDI

Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 13-bob, 1-32-oyatlar

82 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Fisih Isroil xalqining eng muhim bayrami hisoblangan. Bu gal Iso uni shogirdlari bilan ni- shonlashni xohladi. U Butrus bilan Yuhannoga dedi:
–Quddusga kirishlarin- giz bilanoq, ko‘zada suv ko‘tarib ketayotgan bir odamni uchratasizlar. O‘sha odamga ergashib, u kiradigan uyga kiringlar va xonadon egasidan: “Bizga tayyorlab qo‘yilgan mehmonxona qayerda?”, deb so‘ranglar. Uy egasi sizlarga jixozlangan katta boloxonani ko‘rsatadi. U yerda bayramga hozirlik ko‘ringlar. Shogirdlar hamma narsani Iso aytganiday qilishdi.

Kech kirgach, Iso shogirdlari bilan dasturxon atrofiga o‘tirdi. An’anaga ko‘ra ular birinchi hamdu-sanolar aytishdi. So‘ng Iso bayram marosimida hech qachon qilinmagan bir ishga qo‘l urdi. U tog‘orani olib, ichiga suv quydi, shogirdlarining biri oldida tizzalab o‘tirdi, va uning oyog‘ini yuva boshladi. Birining oyog‘ini yuvib bo‘lgach, ikkinchisiga o‘tdi, so‘ng uchinchisiga... Shogirdlarining hayratdan ko‘zlari katta- katta bo‘lib ketdi. Buning ma’nosi nima bo‘ldi ekan? Zodagonlarning uylarida mehmonlarning oyoqlarini yuvadigan xizmatkorlari bo‘lgan. Biroq Iso ularga xizmatkor emasku! Iso ular uchun Ustoz va Xudoning O‘g‘li edi! Shunga qaramay U xizmatkorning ishini qilyapti!

Navbat Butrusga kelganida, u qarshilik ko‘rsata boshladi:
– Hazrat, mening oyoqlarimni ikki dunyoda ham yuvmaysiz.
– Agar oyoqlaringni yuvmasam, Menga qarashli bo‘lmaysan, – dedi Iso.
Butrus bir lahza o‘ylanib qoldi. Gap shunchaki oyoqlarni yuvishda emasdi. Isoning bu amali ostida katta ma’no bor edi. Shogirdlarining oyoqlarini yuvib bo‘lgach, Iso yana dasturxon oldiga yonboshladi. So‘ng shogirdlaridan so‘radi:
– Hozir nima qilganimni tushundizmi?
Shogirdlar churq etmasdi, chunki aslida ular bu ishning ma’nosini tushunmagan edilar.
– Men sizlarga o‘rnak ko‘rsatdim, – dedi Iso, – Men sizlarga nima qilgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizga va boshqalarga shuni qilishingiz kerak.
“Xuddi o‘shani qilishimiz kerak?! Xizmatkorga aylanishimiz kerakmi? Iso chindan ham bizdan shuni talab qilyaptimi? – o‘yladi shogirdlar.

Iso gapida davom etdi:
– Sizlar Meni “Ustoz”, “Hazrat” deb chaqirasizlar va to‘g‘ri qilasizlar, chunki Men xuddi shundayman. Agar Men Hazratingiz va Ustozingiz bo‘la turib oyoqlaringizni yuvgan bo‘lsam, sizlar ham shunday qilishingiz kerak. Qul o‘z xo‘jayinidan yuqori turmas, elchi ham uni yuborgandan ustun emas. Sizlar Mening qullarim va elchilarimsizlar. Shunday ekan, yaqinlaringizga xizmat qilishdan cho‘chimang.
Mana endi kechki ovqatni yeydigan payt keldi. Shogirdlar taomni olib keldilar va Isoning duo qilishini kutdilar. Biroq taom uchun ibodat qilishdan avval Iso yana bir daf’a O‘zining o‘limi to‘g‘risida gapirib, shogirdlarini ajablantirdi.
– Meni haqorat qiladilar, kaltaklaydilar va qatl etadilar. Biroq uchinchi kun men tirilaman. Isoning oxirgi so‘zlari shogirdlarning ruhini tushurib yubordi, biroq Iso dedi:
– Men azob chekmasimdan avval bu Fisih taomini sizlar bilan birga yeyishni juda ham orzu qilgandim. Chunki keyingi Fisih bayramini Men yangi dunyoda, Xudoning Shohligida nishonlayman.

Iso nonni oldi, duo o‘qib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib:
– Olinglar, bu Mening tanamdir. Xuddi shu non sindirilgani kabi Mening tanam ham sizlar uchun fido bo‘ladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar, – dedi.
Ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin, Iso sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi:
– Bu Mening sizlar uchun to‘kiladigan qonimdir. Bu – Xudo odamlar bilan tuzadigan yangi ahdning ramzidir.
U kosani yonida o‘tirganga uzatdi va hamma shogirdlar undan ichdilar.
Ziyofat o‘z yakuniga yetib borardi. Bu galgi Fisih bayrami avvalgilariga mutlaqo o‘xshamasdi. Shogirdlar Iso ularga aytgan gaplarning bir qismini tushungan edilar xolos.
Oradan bir oz o‘tibgina, ular Isoning so‘nggi Fisih bayramida aytgan so‘zlarining ma’nosini chaqishdi.

SAVOLLAR
1) Quddusda Fisih ziyofatini kim tayyorlashi lozim edi?
2) Iso nima uchun shogidlarining oyoqlarini yuvdi?
3) Iso bu bilan shogirdlariga va barcha izdoshlariga nimani o‘rgatishni xohlagan edi?
4) Rabbimiz O‘z shogirdlariga qanday amr berdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:





AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18