Hikoyalar. Muqaddas Kitob 53 bob

SHARQDAN KELGAN MUNAJ-JIMLAR

Matto bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 1-12-oyatlar

53 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Uzoq sharq mamlakatida munajjimlar yashar edi. Nima uchun ularni bunday atashgan? Ular turli ilmlarni o‘rganganlari uchun bo‘lsa kerak. Ularning sevimli mashg‘uloti yulduzlarni o‘rganish bo‘lgan.
Bir kuni ular osmonni kuzatayotgan edilar. To‘satdan yangi paydo bo‘lgan bir yulduzni ko‘rib qolishdi. Bu judayam porloq, yonib turuvchi yulduz edi. Sharq osmoni har doim yulduzlarga to‘la, lekin bu yulduz boshqalaridan ajralib turardi. Bu yulduz o‘ziga xos bo‘lib, qolganlariga mutlaqo o‘xshamasdi.

Shunda Xudo ularga yangi yulduz nima sababdan paydo bo‘lganini ochib berdi: zaminning qaysi burchidadir Shoh tug‘ilgan edi va agar munajjimlar yulduzning ortidan borishsa, yulduz ularni o‘sha joyga olib boradi. Ular bundan qanchalar xursand bo‘lishdi! Ular darrov yo‘lga hozirlik ko‘ra boshlashdi, bu orada yangi tug‘ilgan Shohga hadyalar olishni ham unutishmadi. Safar uchun kerakli ashyolarni olgach, yo‘lga tushishdi.

Yo‘l qanchalar uzoq bo‘lmasin, ular yulduzni kuzatib boraverishdi. Yulduz oldinda nur sochib, munajjimlarni ortidan ergashtirib borar edi. Nihoyat ular muqaddas shahar Quddusga yetib keldilar. Munajjimlar yangi tug‘ilgan Shohni tezroq ko‘rish maqsadida darhol shohning saroyiga yo‘l olishdi, chunki Uni o‘sha yerdan topishga umid qilgan
edilar.
Ularni shoh Hirod qarshi oldi va o‘zini mehmondo‘stday ko‘rsatishga tirishdi. Tushlik paytida shoh ulardan tashriflarining maqsadi haqida so‘rab-surishtirdi. Munajjimlar esa osmonda paydo bo‘lgan yulduz haqida va uning Yahudiyada Shoh tug‘ilganini anglatishi haqida so‘zlab berdilar.
- Shoh saroyidan boshqa qayerda ham tug‘ilishi mumkin, degan hayol bilan shu yerga keldik, – dedi munajjimlar so‘zlarini yakunlab.
- To‘g‘ri qilibsiz, – dedi Hirod. - Afsuski, bu yerda yaqin orada chaqaloq tug‘ilgani yo‘q. Biroq men bajonidil sizlarga yordam beraman. Shohligimda buni biladigan olimlar bor va men ularni chaqirtirib, hammasini bilib olaman.

Chindan ham, mamlakatning olimu-donolari katta yordam berib, chaqaloq haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishdi.
- Shoh Baytlahmda tug‘ilishi lozim. Bu haqda Mixo payg‘ambarning kitobida yozilgan, – deyishdi ular.
- Baytlahm bu yerga juda yaqin, – tushuntirdi Hirod chet ellik mehmonlarga. – Agar tushdan keyin tuyalaringizga minib, janub tomon yursangiz, kun botguncha manzilga yetib olasizlar. Hammasini yaxshilab surishtirganingizdan keyin, qaytishingizda yana mening oldimga kirib o‘tinglar, chunki men ham yangi tug‘ilgan Shohni ziyorat qilmoqchiman, – dedi Hirod.
Buni aytar ekan, u makkorona kulgisini bazo‘r berkitayotgan edi. Aslida u chaqaloqqa hadya berishni emas, balki halok qilishni o‘ylab qo‘ygan edi. Tabiiyki, munajjimlar bundan mutlaqo bexabar bo‘lgan.

Ular o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, yo‘lga tushdilar. Baytlahmga yetib borganlarida esa qorong‘i tushib bo‘lgan, osmonda birin-ketin yulduzlar paydo bo‘layotgan edi. Munajjimlar osmondagi yulduzlar orasida o‘sha, ularga uzoq vaqtdan beri yo‘l ko‘rsatib kelayotgan yulduzni ko‘rib, juda xursand bo‘lishdi. Yulduz ularning oldilaridan o‘tib, nihoyat go‘dak yotgan joyning tepasida to‘xtadi.
- Shu yerda bo‘lsa kerak, aynan shu uyda! – quvonib ketdi ular. –Xudoning O‘zi bizga yo‘l ko‘rsatdi!
Yusuf ostonada salobatli odamlar turganini ko‘rib, ko‘zlariga ishongisi kelmadi. Na Yusuf, na Maryam, hech qachon uzoq yurtdan kelgan bunday badavlat mehmonlarni qabul qilishmagandi.
- Yahudiylarning shohi bo‘lib tug‘ilgan bola qayerda? – so‘rashdi ular.
- Bola anavi yerda yotibdi, – javob berdi Yusuf go‘dakka ishora qilib. Hashamatli kiyingan bunday obro‘li va olim odamlarni xuddi Xudoga sajda qilayotganday chaqaloq Isoning poyida tiz cho‘kishini kuzatish
g‘alati edi.

Shundan so‘ng munajjimlar xazinalar solingan qutichalarini ochib, Isoga oltin, xushbo‘y tutatqilar va mirrani tortiq qildilar.
Hadyalarini berib, ular chaqaloq, Maryam va Yusuf bilan xayrlashib,
o‘z yurtiga qaytib ketdilar. Egamiz munajjimlarning biriga tushida gapirib, Hirodning asl maqsadini ayon qilib berdi.
– Xudo menga gapirdi, – dedi u sheriklariga. – Hirodning niyati yaxshi emas. U chaqaloqqa hadyalar bermoqchi emas, aksincha Unga zarar yetkazmoqchi. Shuning uchun uning saroyiga qaytib bormaymiz.
Shunday qilib, ular yovuz shohga chaqaloqni topganliklari haqida hech narsa aytmasdan, uylariga boshqa yo‘l bilan qaytib ketdilar.
Ertasi kuni tunda Egamiz Yusufga ham tushida zohir bo‘ldi. Unga xotini va bolani olib, Misrga jo‘nashi kerakligini aytdi. Yusuf vaqtni boy bermasdan, go‘dak va Maryamni olib, tundayoq yo‘lga tushishdi.

Misrga yetib borguncha uzoq yo‘l yurishlari kerak edi. Xudo ularni qanday katta kulfatdan asrab qolganini ular keyinroq tushunib yetishdi: Hirod munajjimlar o‘zini aldab ketganini anglab yetgach, rosa g‘azab otiga mingan edi. Shu sababdan, Baytlahm va uning atroflaridagi ikki yoshgacha bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni qilichdan o‘tkazishni buyurgan edi. U o‘ldirilgan bolalar orasida yangi tug‘ilgan Shoh ham bo‘lishiga umid qilgan edi. Ammo Iso bu paytda allaqachon xavfsiz joyda edi. Oradan ko‘p o‘tmay Hirod vafot etdi.
Hirodning o‘limidan so‘ng, Yusuf Misrda yana bir tush ko‘rdi. Unga farishta zohir bo‘lib xavf o‘tib ketganini va endi u Isroil yurtiga qaytib borishi mumkinligini aytdi. Egamiz shuningdek, Yusufga qayerda yashashi kerakligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, Isoning bolalaligi Nosira shahrida o‘tdi.

SAVOLLAR
1) Munajjimlar osmonda qanday g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘ldilar?
2) Ular Quddusga kimni izlab keldilar? Ular kimning oldiga keldilar?
3) Munajjimlar Isoga qanday hadyalar olib kelishdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак