BEVA AYOLNING XAYR - EHSONI
Mark bayon etgan Xushxabar, 12-bob, 41-44-oyatlar
Iso Quddusga kelgach, shogirdlari bilan birga Ma’badning tashqi hovlisiga kirdi. Iso Ma’bad xazinasi qarshisida o‘tirib, ehson qutisiga pul solayotgan odamlarni kuzatib turdi. U boy-badavlat yahudiylarning hammaga ko‘z-ko‘z qilib, qutiga ancha pul tashlaganlarini ko‘rdi. Bu pullar beva ayol uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini Iso bilardi. Shunda U shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
– Bu kambag‘al beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko‘proq tashladi! Chunki boylarning hammasi ortiqcha pullaridan ehson qildilar, ammo bu ayol o‘zining tirikchilik tashvishlariga qaramasdan, bor-yo‘g‘ini tashladi.
Bu hodisa shogirdlar uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Xudo odamning qancha miqdorda ehson qilishiga emas, balki qanday yurak bilan ehson qilishiga qaraydi. Iso shogirdlariga xuddi shu narsani ko‘rsatmoqchi edi. Kelajakda Jamoatga g‘amxo‘rlik qilganlarida ham ular xuddi shunday ish tutishlari lozim edi.
“Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, bu kambag‘al beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko‘proq tashladi. Chunki boylarning hammasi o‘zlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Bu ayol esa kambag‘alligiga qaramasdan, o‘zining bor– yo‘g‘ini, ro‘zg‘origa ishlatiladigan hamma pulini tashladi”.
SAVOLLAR
1) Ma’badning tashqi hovlisida nima Iso va Uning shogirlarini e’tiborini tortdi?
2) Nima uchun badavlat odamlarning qilgan katta ehsonlari Isoda katta taassurot uyg‘otmadi?
3) Iso nima sababdan kambag‘al beva ayolni shogirdlariga o‘rnak qilib ko‘rsatdi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.