Hikoyalar. Muqaddas Kitob 20 bob

QIZIL DENGIZDAN O‘TISH

Chiqish kitobi, 13-bob, 20-22; 14-bob; 15-bob, 1, 22-oyatlar

20 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Isroilliklar ketar-ketmas, fir’avn ularni qo‘yib yuborga- niga afsuslana boshladi.
- Ularni quvib yetishimiz kerak! – buyruq berdi u jangchilariga. – Ularni ortga qaytarib, shafqatsizlarcha ja-zolaymiz.
Uchqur otlar qo‘shilgan ikki g‘ildirakli jang aravalarida misrliklar yahudiylarning ketidan quva ketishdi. Har bir jang aravasiga o‘qchi askarlar joylashtirilgan bo‘lib, aravani bitta odam boshqarib borar edi.

Isroil o‘g‘lonlari Kan’on yeriga yo‘l olgandilar. Xudoning O‘zi ularga yo‘l ko‘rsatib borardi. Egamiz kunduzi bulut ustuni, tunda esa olov ustini ko‘rinishida xalqning oldida boraverdi. Kunduzi bulut ustuni ularni issiqdan himoya qilar, tunda esa olov ustuni ularning yo‘lini yoritib borar edi. Bulut to‘xtagan paytda, Muso ham xalqqa to‘xtashni buyurardi. Bulut joyidan ko‘zg‘alishi bilan, isroilliklar ham yo‘lga tushardilar. Shu tariqa ular yura-yura Qizil dengiz bo‘yiga yetib kelishdi va qirg‘oqda to‘planishdi. Ular hali chodir tikib bo‘lmaslaridan, ortlaridan shovqin-suron va otlarning tuyoq tovushi eshitildi. Misr tomonga ko‘z tashlab, ular fir’avn va uning son-sanoqsiz otliq askarlari va jang aravalari kelayotganini ko‘rdilar. Fir’avn isroilliklarni Misrga qaytarib ketish uchun ularning ortidan tushgan edi. Yaqinlashib kelayotgan jang aravalarini ko‘rib xalq dahshatdan qotib qoldi. Endi nima bo‘ladi? Oldilarida dengiz yastanib yotar, ortlarida esa fir’avn va jangchilari turar edi. Isroilliklarning qo‘rquvdan yuraklari yorilguday bo‘lib, Musoga noliy boshlashdi:
- Bizni sahroda o‘lib ketishimiz uchun olib kelgan edingmi? Bu yerda o‘lib ketgandan ko‘ra, Misrda qul bo‘lib yashasak bo‘lmasmidi?
Ular shunday deya noshukurlik qilishsa-da, Muso ularni tinchitish uchun bosiqlik bilan dedi:
- Qo‘rqmanglar! Egamiz bugun sizlarni qanday qutqarishini ko‘rasizlar! Egamizning O‘zi sizlar uchun jang qiladi, shunday ekan tinchlaninglar!
Shu payt g‘aroyib bir hodisa sodir bo‘ldi. Isroilliklarning oldida, ularga yo‘l ko‘rsatib ketayotgan bulut ustuni balandga ko‘tarilib isroilliklar bilan misrliklarning o‘rtasiga turib oldi. Misrliklar oldilarida turgan quyuq bulut devorini ko‘rib sarosimaga tushishdi. Fir’avn bo‘lsa bulut tarqalishini kutinglar deb buyruq berdi.

Bulut ustuni misrliklar turgan tarafni qanchalar zimistonga aylantirgan bo‘lsa, isroilliklar turgan tarafni nurafshon qilib turar edi. Isroilliklarning qo‘rquvi bir oz chekindi. Endi nima qilishlari kerak? Hammalari Musoga qarab turishar edi. Shunda Xudo Musoga dedi:
- Qo‘lingdagi hassani dengiz tomonga uzat, shunda isroilliklar dengizdan quruqlikdan o‘tganday o‘tib olishadi.
Muso dengiz qirg‘og‘ida turib qo‘lini suv uzra ko‘tardi. Dengiz ko‘pirib, kuchli shamol ko‘tarildi. Shamol kuchaygandan-kuchayib, suvni ikki tarafga ajratdi. Dengiz o‘rtasida uzun quruqlik paydo bo‘ldi. Va nihoyat isroilliklarning dengizdan o‘tib olishlari uchun yo‘l ochilib, suv ikki tomonda devor bo‘lib turib qoldi. Xudo mo‘’jiza yaratgan edi! Isroilliklarning ruhi ko‘tarildi. Muso birinchi bo‘lib dengiz tubiga qadam qo‘ydi, uning ortidan esa isroilliklar oila-oila bo‘lib quruq yo‘lakdan o‘ta boshladilar.
Misrliklar tarafida bulut sekin-asta ko‘tarila boshlaganda, ular otlariga minib isroilliklarning ortidan quvib ketishdi. Dengizning o‘rtasidan o‘tgan yo‘lakni ko‘rib, shu yo‘lakdan oldinga intilishdi. Tez orada aravalar qumga tiqilib qoldi, biroq fir’avn qaysarlik bilan qo‘shinini olg‘a yurishga undardi.

Shu orada barcha isroilliklar qarama-qarshi qirg‘oqqa chiqib olishgan edi. Shunda Muso dengiz tomonga yuzlanib, qo‘lidagi hassasini pastga tushirdi. Shamol esishdan to‘xtab, dengiz suvi ortiga qaytdi. Isroilliklar dengizga tikilib turishardi. Misrliklarning hammasi suvga g‘arq bo‘lgan, faqat jang aravalarning bir nechta siniq bo‘laklarigina suv yuzida qalqib yurar edi.
Isroilliklarning hammasi bir ovozdan shodon hayqirib yuborishdi hamda Muso bilan birga Egamizni madh qilib qo‘shiq kuylashdi.
- Egamiz mening kuch-qudratim. U mening qutqaruvchimdir. U mening Xudoyimdir, men Uni olqishlayman, otamning Xudosidir, men Uni ulug‘layman!

SAVOLLAR
1) Nima uchun misriklar isroilliklarning ortidan quvishdi?
2) Egamiz fir’avn qo‘shinini qanday to‘xtatib qoldi?
3) Egamiz qanday qilib dengizni ikkiga ajratdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак