Hikoyalar. Muqaddas Kitob 54 bob

ISONING OILASI

Luqo bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 40-52-oyatlar

54 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Iso Nosirada, duradgor Yusufning oilasida tug‘ilib o‘sdi. U o‘n ikki yoshga kirganida, Yusuf bilan Maryam Isoni Quddusga, Fisih bayramiga olib bordilar. Yahudiylar har yili Fisih bayramini nishonlar, bu marosimni intiqlik bilan kutishardi. Ulardan ayrimlari bir necha kun yo‘l bosib Quddusni ziyorat qilishar edi. Ular Quddusda boshqa o‘lkalardan kelgan yahudiylar bilan birga Ma’badda o‘tkaziladigan tantanalarda qatnashishardi. U yerda ular Xudoga hamdu-sanolar aytar edilar, chunki Xudo O‘z xalqini sevib, ularga ko‘p marotaba yordam bergan edi. Butun jamoani bayram shodligi qamragan, ayniqsa o‘tgan yilda o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar hammadan ko‘proq sevinishar edilar. Chunki ular o‘sha kuni hayotlarida birinchi bor bayramda qatnashish huquqiga ega bo‘lardilar.

Bu safar ota-onasi Isoni ham o‘zlari bilan birga olib, qo‘shnilari bilan birga Quddusga yo‘l olgandilar. Safar davomida Iso nimalarni ko‘rib- eshitmadi! Quddusga yetib borguncha ham yo‘lda ko‘p qiziq voqealarga guvoh bo‘lish mumkin edi. Shaharning ko‘rki esa kutilgandan ko‘ra go‘zalroq ekan. Ma’bad hashamatli bo‘lib, minglab ovozlar hamohang bo‘lib jaranglardi. Isoni eng avvalo Ma’baddagi ruhiy xizmat qanday o‘tkazilishi qiziqtirardi. Ota-onasi Isoga u yoki bu amallar va marosimlarninig ma’nosini batafsil tushuntirib berdi.

Bayram tantanalari yetti kun davom etdi. So‘ngra ziyoratchilar ortga qaytishga taraddud ko‘ra boshladilar. Maryam va Yusuf o‘g‘lini qidirib, hech qayerdan topa olmadilar. Ular, avvaliga Iso qo‘shnilari orasida kelyapti, deb o‘yladilar, chunki U ko‘pincha ular bilan birga vaqt o‘tkazardi. Shu sabab, ko‘ngillari xotirjam holda yo‘lga chiqdilar. Qosh qoraymasidan ular Nosiradan kelgan ziyoratchilarga yetib olishdi. Qarashsaki, Iso ularning orasida yo‘q ekan. Shunda ular qattiq vahimaga tushishdi! Endi nima qilish kerak, deb boshlari qotdi.

Quddusga qaytib borishga to‘g‘ri keldi! Uni izlamagan joylari qolmadi, yo‘lda uchragan odamdan: “O‘n ikki yoshli o‘spirni ko‘rmadingizmi?” – deb so‘rashardi. Bunday yoshdagi bolalarni uchratganlar ko‘p edi, lekin ular orasida izlab yurishgan o‘sha bola bor-yo‘qligini yo‘lovchilar bilishmasdi. Shu sabali ular Isoning hozir qayerda bo‘lishi mumkinligini aytib berisholmasdi.
Yusuf bilan Maryamning havotiri oshgandan oshib borardi. Natijada ular Ma’badni yana bir marta ko‘zdan kechirib chiqishga qaror qilishdi. Aynan Tavrot tafsirchilari Muqaddas Bitiklarni muhokama qiladigan joyni hali borib ko‘rishmagan edilar. Isoni bu yerda topishdan umid qilmasdilar ham. Yosh bola muallimu-mudarrislar orasida nima ham qilardi? Ularning gapidan hech narsani tushunmas, tabiiyki u yer unga zerikarli tuyulishi tayin edi.

Aslida esa buning teskarisi bo‘lib chiqdi: ular Isoni aynan Ma’baddan topdilar. Maryam bilan Yusuf ko‘zlariga ishonmadilar, chunki Iso muallimlar orasida o‘tirar, ularning gaplariga quloq solib, murakkab savollar berardi. Muallimlar esa uning savollariga javob berishda qiynalardilar. Unga savol berishganida esa, Iso nihoyatda aqlli javoblar berardi. Isoning har bir javobidan keyin muallimlar hayratdan boshlarini chayqar, bolaning zehni, donoligiga qoyil qolardilar.

Maryam va Yusuf quvonch va qalblarida yengillik bilan farzandlarini quchdilar. Lekin ko‘p o‘tmay Maryam ta’na qildi:
– O‘g‘lim, bu nima qilganing? Otang ikkovimiz Seni qidiraverib adoyi tamom bo‘ldik–ku!
Iso javob berib dedi:
– Men bu yerdan hech qayerga ketmadim. Men samoviy Otamning uyida bo‘lishim kerakligini nahotki bilmagan bo‘lsangizlar?!
Yusuf ham, Maryam ham Isoning aytgan gapini tushunishmadi. Ular Isoni olib, Nosiraga qaytib ketdi.
Iso voyaga yetgan sari dono bo‘lib borardi. U ota-onasini yaxshi ko‘rar, ularga quloq solar edi. U yana o‘n sakkiz yil ularga itoat qilib yashadi. Onasi Maryam Isoning Ma’badda aytgan bu so‘zlarini diliga tugib qo‘ydi, bu haqda vaqti-vaqti bilan mulohaza qiladigan bo‘ldi.


SAVOLLAR
1) Yahudiylar Quddusga qaysi bayramni nishonlash uchun borishlari kerak edi?
2) O‘g‘il bolalarni necha yoshdan boshlab Fisih bayramida Ma’badga olib borishar edi?
3) Yusuf bilan Maryam Isoni yo‘qotib qo‘yishganlarida, U qayerda edi va nima bilan mashg‘ul edi?
4) Ma’badni birinchi marta borib ziyorat qilganidan so‘ng, Iso Nosirada necha yil ota-onasiga itoat qilib yashadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак