Hikoyalar. Muqaddas Kitob 15 bob

YUSUF QULLIKDA

Ibtido, kitobi, 37-bob, 13-36-oyatlar

15 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Bir kuni Yoqub Yusufni qo‘y va echki podalarini boqib yurgan akalarining oldiga yubordi. U shunday dedi:
- Borib akalaringdan xabar olib kel.
Yusuf har doim otasining aytganini bajoni dil bajarib kelar edi. Shuning uchun vaqtni zoye ketkazmay, o‘zi bilan eshak ham, xizmatkor ham olmay yo‘lga tushdi. U otasi tiktirib bergan beqasam to‘nini ustiga kiyib, otasi bilan xayrlashib, jo‘nab ketdi.

Yusuf akalarini ko‘p qidirdi, yo‘lda uchragan bir odamdan so‘rab akalari qayerdaligini bilib oldi. U akalariga yaqinlashayotganida, akalari uni uzoqdan ko‘rib bir-biriga shunday deyishdi:
- Ana tush ko‘ruvchi kelyapti. Kelinglar, uni o‘ldirib biron chuqurga tashlaymiz, otamizga bo‘lsa uni yirtqich hayvon yebdi deb aytamiz. O‘shanda ko‘ramiz uning tushlari qanday amalga oshar ekan. Aka- ukalarning kattasi Ruben qolganlariga dedi:
- Ukamizning qonini to‘kmaylik, uni shu cho‘ldagi biron quduqqa tashlaylik.

Ruben keyinroq kelib ukasini qutqarib otasiga qaytarmoqchi edi. Aka-ukalar Yusufni o‘ldirmaslikka rozi bo‘lishdi. Yusuf yetib kelishi bilan akalari uni tutib, ustidagi beqasam to‘nini yechib olishdi. Shunda Yusuf akalarining niyati yomonligini tushunib yetdi. U achchiq-achchiq ko‘z yoshi to‘kib, akalariga shuncha yolvorsa-da, akalari yuraklarini tosh qilib turaverishdi, ukalariga rahmlari kelmadi.
Ular Yusufni chuqur bir o‘raga tashlashdi. Yusufning qorni och va charchagan, ichishga bir tomchi suvi yo‘q edi. Jondan ortiq ko‘rgan otasini boshqa ko‘rolmasligini o‘ylasa, Yusufning yuragi orqaga tortib ketar edi.

Uning ko‘z yoshlari-yu, oh-vohiga qaramasdan, bag‘ri tosh akalari ovqatlanishga o‘tirishdi. Birdan ularning ko‘zi karvonga tushdi. Bu Misrga xushbo‘y qatron (o`simliklar shirasi) va tutatqilar hamda mo‘miyo olib ketayotgan karvon edi. Aka-ukalar orasidan Yahudo degani sakrab o‘rnidan turdi va dedi:
- Menda bir fikr tug‘ildi! Bu karvon Misrga yo‘l olmoqda. Keling- lar Yusufni ularga sotib yuboramiz! Shunda uni o‘ldirishimizga hojat qolmaydi.
Karvon yaqinlashib qolganda, aka-ukalar savdogarlarning qarshisiga yugurib chiqib shunday deyishdi:
- Qul olmaysizlarmi? Manavi kelishgan o‘spirin o‘n yetti yoshda, o‘zi sog‘lom va baquvvat. Misrda u uchun sizlarga yaxshigina pul to‘lashadi. Savdogarlar Yusufni obdon ko‘zdan kechirib, uni yigirma kumush tangaga baholashdi.
Bir oz vaqt o‘tib og‘a-inilar otalari Yoqubga Yusufning echki qoniga belangan beqasam to‘nini keltirishdi, va Yusufni yirtqich hayvon yegan bo‘lsa kerak deyishdi. Yoqub sevimli o‘g‘li uchun uzoq vaqt aza tutdi, hech kim va hech narsa uni yupata olmadi...

SAVOLLAR
1) Yusufning akalari qanday yovuz reja tuzishdi?
2) Akalarining qaysi biri Yusufni qutqarib qolmoqchi bo‘ldi?
3) Akalari Yusufga nimalar qilishdi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак