Ibtido 37 bob

1 Yusuf va uning akalari. 12 Yusufni akalari sotishadi.

1 Is’hoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kan’on yurtida — otasi yashagan yurtda o‘rnashdi.
2 Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir. Yusuf o‘n yetti yoshga kirganda, ko‘pincha o‘gay akalari — Bilxax va Zilponing o‘g‘illari bilan birga otasining qo‘y–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari qilayotgan ba’zi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi.
3 Yoqub Yusufni qarigan chog‘ida ko‘rgani uchun, boshqa o‘g‘illariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Yoqub Yusufga beqasam chopon olib berdi.
4 Akalari ko‘rdilarki, otalari Yusufni ulardan ortiq yaxshi ko‘rar ekan. Shuning uchun akalari Yusufni yomon ko‘rib qoldilar, unga yaxshi gapirmasdilar.
5 Kunlarning birida Yusuf tush ko‘rdi. U akalariga tushini aytib berganda, akalari Yusufni battar yomon ko‘rib qoldilar.
6 Yusuf akalariga shunday dedi: — Tushimga quloq solinglar, men tush ko‘ribman.
7 Biz dalada bug‘doy bog‘layotgan ekanmiz. Birdan mening bog‘lamim ko‘tarilib, tik turibdi. Sizlarning bog‘lamlaringiz mening bog‘lamimni o‘rab olib, ta’zim qilayotgan emish.
8 — Eh–ha, sen hali bizning ustimizdan shoh bo‘lmoqchimisan, sen–a?! — deb akalari kinoya bilan undan so‘rashdi. Ko‘rgan tushini aytib bergani uchun akalari uni yana ham yomon ko‘rib qolishgan edi.
9 Keyinroq Yusuf yana tush ko‘rdi va tushini akalariga aytib berdi: — Qaranglar, yana tush ko‘ribman. Tushimda quyosh, oy va o‘n bitta yulduz menga ta’zim qilib turgan emish.
10 Lekin Yusuf tushini otasi bilan akalariga aytib berganda, otasi unga tanbeh berdi: — Qanaqa tush ko‘rding o‘zi?! Men, onang, akalaring sening oldingga kelib, tiz cho‘kishimiz kerak ekan–da?!
11 Akalari Yusufga hasad qilishardi. Lekin otasi bu voqeani doimo esida tutdi.
12 Bir kuni Yusufning akalari otalarining qo‘y– echkilarini boqish uchun Shakamga ketishdi.
13 Yoqub Yusufga: — Akalaring Shakamda qo‘y–echkilarni boqishyapti, — dedi. — Seni akalaring oldiga yuborsam, degandim. — Xo‘p bo‘ladi, otajon, — dedi Yusuf.
14 — Borib bil–chi, akalaring tinch–omon yurishibdimikan, qo‘y–echkilarning ahvoli yaxshimikan, — dedi Yoqub, — keyin menga xabarini olib kel. Shunday qilib, Yoqub Yusufni Xevron vodiysidan yo‘lga jo‘natdi. Yusuf Shakamga yetib keldi.
15 O‘sha atrofda aylanib yurgan edi, bir odam uni ko‘rib qoldi. — Nimani izlab yuribsan? — deb so‘radi haligi odam.
16 — Akalarimni izlab yuribman, — dedi Yusuf. — Mabodo bilmaysizmi, qo‘y–echkilarni qayerda boqib yurishibdi ekan?
17 — Ular bu yerdan ketishgan, — dedi o‘sha odam. — Akalaring, Do‘tanga boramiz, deb aytganlarini eshitgan edim. Yusuf akalarini izlab Do‘tanga ketdi. Ularni o‘sha yerdan topdi.
18 Ular uzoqdan Yusufni ko‘rishdi. Yusuf kelmasdan oldin, akalari uni o‘ldirish uchun fitna tayyorlab qo‘ydilar.
19 Ular bir–birlariga: — Ana tush ko‘ruvchi kelyapti, — deyishdi.
20 — Kelinglar, uni o‘ldirib, chuqur sardobaga tashlaymiz. Uni yovvoyi hayvon yeb ketdi, deb gap tarqatamiz. O‘shanda ko‘ramiz uning tushlari haqiqatga aylanishini!
21 Lekin Ruben Yusufni ularning qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘ldi: — Uning joniga qasd qilmaylik,
22 — dedi Ruben, — qon to‘kmaylik. Uni anavi sardobaga tiriklayin tashlab yubora qolaylik. Zinhor unga qo‘l tekkizmaylik. Ruben Yusufni ularning qo‘lidan qutqarib, otasi yoniga qaytarmoqchi edi.
23 Shunday qilib, Yusuf yetib kelgach, akalari uning beqasam choponini yechib oldilar–da,
24 o‘zini sardobaga tashlab yubordilar. Sardoba suv saqlash uchun foydalanilardi–yu, o‘sha paytda quruq edi.
25 Shundan keyin ular ovqatlanib o‘tirishgan edi, uzoqdan shu tomonga kelayotgan tuyalar karvonini ko‘rib qolishdi. Karvon Ismoiliy savdogarlar bo‘lib, tuyalarga Giladdan xushbo‘y ziravorlar, mumiyo, mirra yuklab, Misrga olib ketishayotgan edi.
26 Shunda Yahudo aka–ukalariga dedi: — Ukamizni o‘ldirib, qonini yashirganimiz bilan biror foyda toparmidik?!
27 Yaxshisi, anavi savdogarlarga sotaylik. Shunda uning o‘limida javobgar bo‘lib qolmaymiz. Nima bo‘lganda ham, u ukamiz, jigarimiz–ku! Hamma aka–ukalari rozi bo‘lishdi.
28 Ismoiliy savdogarlar o‘tib ketishayotganda, Yusufni akalari sardobadan tortib chiqardilar va uni yigirma bo‘lak kumushga sotdilar. Savdogarlar Yusufni Misrga olib ketdilar.
29 Bir payt Ruben sardoba oldiga qaytib kelib qarasa, sardobada Yusuf yo‘q. Ruben qayg‘udan kiyimlarini yirtdi.
30 U ukalari oldiga qaytib keldi va: — Bola u yerda yo‘q! Endi nima qilaman–a! — deb yig‘ladi.
31 So‘ng ular bir echkini so‘yib, Yusufning choponini echkining qoniga botirdilar.
32 Ular beqasam choponni otalariga olib keldilar. — Mana bu choponni daladan topib oldik. Qarang–chi, bu Yusufning choponimikan yoki yo‘qmi?
33 Yoqub Yusufning choponini tanidi. — E–voh! Bu o‘g‘limning choponi–ku! Uni birorta yovvoyi hayvon yegan! Yusuf o‘g‘lim tilka– pora bo‘lgan!
34 Yoqub qayg‘udan kiyimlarini yirtib, qanorga o‘randi. O‘g‘li uchun uzoq vaqt aza tutdi.
35 O‘g‘illari, qizlari unga tasalli berishga harakat qilishardi. Lekin u tasalli topishni istamasdi. “O‘liklar diyoriga, o‘g‘limning oldiga borgunimcha aza tutaman”, deb aytardi. Shunday qilib, Yoqub o‘g‘liga aza tutaverdi.
36 Shu orada Ismoiliy savdogarlar Yusufni Misrda Po‘tifar degan odamga sotishdi. Po‘tifar Misr shohi — fir’avnning a’yonlaridan biri — saroy qo‘riqchilarining boshlig‘i edi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18