Ibtido 27 bob

1 Is’hoq Yoqubni duo qiladi. 30 Esov Is’hoqdan duo so‘rab iltijo qiladi. 46 Is’hoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo‘natadi.

1 Is’hoq qaridi, ko‘zlari xiralashib, ko‘rmay qolganda, katta o‘g‘li Esovni chaqirdi: — O‘g‘lim! — Labbay, otajon! — deb javob berdi Esov.
2 — Ko‘rib turibsan, men qarib qoldim. To‘satdan o‘lib qolishim mumkin.
3 Endi yoyingni, o‘qlaringni olib, dalaga chiq, menga bironta hayvonni ovlab kel.
4 Keyin men yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlab keltir. Men taomni yeb, o‘limimdan oldin seni duo qilayin.
5 Is’hoq o‘g‘li Esovga gapirayotganda, Rivqo eshitib turgan edi. Esov dalaga ovga ketganda,
6 Rivqo o‘g‘li Yoqubga dedi: — Akang Esovga otangning aytgan gapini eshitib qoldim:
7 Otang unga: “Menga bironta hayvon ovlab kel, men yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlagin, taomni yeb, o‘limimdan oldin Egam oldida seni duo qilayin”, dedi.
8 Endi mening gaplarimni yaxshilab eshit, aytganimni qil, o‘g‘lim.
9 Suruvga borib, menga ikkita uloqchani tanlab olib kel. Uloqchalardan otang yaxshi ko‘radigan mazali taom tayyorlab beray.
10 Sen taomni otangning oldiga olib kirib, unga yegizgin, toki otang o‘limidan oldin seni duo qilsin.
11 — Onajon, bilasiz–ku o‘zingiz, akam Esov serjun, mening terim esa silliq, — dedi Yoqub Rivqoga.
12 — Mabodo otam meni paypaslab ushlab ko‘rsa, nima bo‘ladi? Aldayotganimni otam bilib qoladi. Otam meni duo qilish o‘rniga la’natlaydi.
13 — O‘sha la’nat menga kelsin, bolaginam, — dedi Rivqo. — Endi aytganimni qil, bor, uloqchalarni olib kel.
14 Yoqub onasining buyrug‘iga itoat etib, ikkita uloqchani olib keldi. Rivqo uloqchalardan Is’hoq yaxshi ko‘rgan mazali taom tayyorladi.
15 So‘ng u Esovning uydagi yaxshi kiyimlarini oldi–da, Yoqubga kiygizdi.
16 Uloqchalarning terisini Yoqubning qo‘llariga va bo‘ynining tuksiz joylariga o‘radi.
17 O‘zi tayyorlagan mazali taom bilan nonni o‘g‘li Yoqubning qo‘liga berdi.
18 Shunday qilib, Yoqub lagan to‘la taomni otasining oldiga olib kirdi. — Assalomu alaykum, otajon! — Va alaykum assalom! Qaysi biringsan, o‘g‘lim, Esovmisan, Yoqubmisan?
19 — To‘ng‘ichingiz Esovman, — dedi Yoqub otasiga. — Aytganingizni qildim, mana, ovimdan siz yaxshi ko‘rgan taom tayyorladim. Turing, yeb, meni duo qiling.
20 Is’hoq o‘g‘liga: — Darrov topib keldingmi, o‘g‘lim? — dedi. — Egangiz Xudo yo‘limni o‘ngladi, — deb javob berdi Yoqub.
21 Shundan keyin Is’hoq Yoqubga dedi: — Yaqinroq kel–chi, o‘g‘lim, ushlab ko‘ray– chi, haqiqatan ham o‘g‘lim Esovmisan yoki yo‘qmi, bilayin.
22 Yoqub otasiga yaqinroq bordi. Is’hoq uni paypaslab: — Ovoz — Yoqubning ovozi, qo‘llar esa Esovning qo‘llari, — dedi.
23 Yoqubning qo‘llari Esovning qo‘llariga o‘xshab serjun tuyulgani uchun, Is’hoq uni tanimadi. Shuning uchun Is’hoq Yoqubni duo qilishga chog‘landi–yu, lekin yana so‘radi:
24 — Sen haqiqatan o‘g‘lim Esovmisan? — Ha, Esovman, — deb javob berdi u.
25 Shundan keyin Is’hoq: — Endi taomni keltir, — dedi. — Taomingdan yeb, seni duo qilayin. Yoqub taomni otasiga keltirib berdi. Is’hoq taomni yeb bo‘lgach, Yoqub unga sharob keltirdi. Is’hoq sharobni ham ichdi.
26 So‘ngra Is’hoq unga: — Yaqinroq kelib, meni o‘p, o‘g‘lim, — dedi.
27 Yoqub yaqinlashib, otasini o‘pdi. Is’hoq uning kiyimlari hidini iskab, shunday duo qildi: “O, o‘g‘limning yoqimli hidi Egam marhamat qilgan Dalaning hidiga o‘xshar.
28 Xudoyim yog‘dirsin senga Osmon shabnamini, Bersin yerning unumdor tuprog‘ini, Mo‘l–ko‘l don va sharobni.
29 Xizmat qilsin senga xalqlar, Ta’zim qilsin senga el–uluslar. Hukmron bo‘lgin qarindoshlaring ustidan, Ta’zim qilsin onangning nasli senga. Seni la’natlagan la’nati bo‘lsin, Seni duo qilgan baraka topsin.”
30 Is’hoq Yoqubni duo qilib bo‘lishi bilanoq, Yoqub otasi huzuridan endi chiqqan ham ediki, akasi Esov ovdan qaytib kelib qoldi.
31 U ham mazali taom tayyorlab, otasi oldiga olib kirdi. — Otajon, turing, sizga olib kelgan ovimning go‘shtidan yeb, meni duo qiling.
32 — Sen kimsan? — so‘radi Is’hoq undan. — To‘ng‘ich o‘g‘lingiz Esovman, — deb javob berdi u.
33 Is’hoq hayajondan titrab ketib dedi: — Ov ovlab so‘yib, menga olib kelgan kim edi? Sen kelmasingdan oldin, men go‘shtni endigina yeb bo‘lgan edim! Men uni duo qildim, endi duo olgan udir!
34 Esov otasining so‘zlarini eshitgach, haddan tashqari qattiq, achchiq nola qildi. — Meni ham duo qiling, otajon! — deb yolvordi u otasiga.
35 Lekin Is’hoq: — Ukang oldimga kiribdi, u meni aldabdi, — dedi. — Senga atalgan duoni ukang oldi.
36 — Unga Yoqub, deb ism qo‘yilgani bekorga emas ekan–da, — dedi Esov. — U meni ikki marta aldadi–ya! Birinchi marta to‘ng‘ichlik huquqimni olgan edi, endi esa menga atalgan duoni o‘g‘irlabdi. Menga bironta ham duo saqlab qo‘ymadingizmi? — deb yana so‘radi u.
37 — Men Yoqubni sening ustingdan hukmron qildim, — dedi Is’hoq Esovga. — Uning hamma qarindosh–urug‘larini ham o‘ziga xizmatkor qilib berdim. Don bilan sharobni ham unga berib bo‘ldim. Senga beradigan hech narsa qolmadi–ku, o‘g‘lim!
38 — Nahotki menga bironta ham duo qoldirmagan bo‘lsangiz?! — deb o‘tindi Esov. — Meni ham duo qiling, otajon! — deb dod solib yig‘lay boshladi.
39 Is’hoq o‘g‘liga shunday javob berdi: “Sening manziling yerning unumdor tuprog‘idan nari bo‘lsin, Osmonning shabnamidan mahrum bo‘lsin.
40 Sen qilichning damida yashagaysan, Ukangga xizmat qilib o‘tgaysan. Isyon qilganingda esa sen U solgan bo‘yinturuqni uloqtirib tashlagaysan.”
41 Yoqub Esovning duosini o‘g‘irlagani uchun, Esov uni juda yomon ko‘rib qoldi. Esov o‘ziga o‘zi: “Otamning kuni bitib qoldi, azasi o‘tgandan keyin Yoqubni o‘ldiraman”, dedi.
42 Lekin kimdir Esovning niyatini Rivqoga yetkazdi. Rivqo Yoqubni chaqirib, unga: — Esov seni o‘ldirmoqchi bo‘lib, o‘ziga taskin berib yuribdi ekan, — dedi.
43 — Endi gapimga quloq sol. Hoziroq Xoronga — Lobon akamning oldiga jo‘na.
44 Akang g‘azabidan tushguncha, Lobon akamning yonida yur.
45 Esov sening qilmishlaringni unutib, g‘azabidan tushgandan keyin, orqangdan birortasini jo‘nataman, qaytarib olib keladi. Bo‘lmasa, bir kunda akangdan ham, sendan ham ayrilib qolaman.
46 Shundan keyin Rivqo Is’hoqqa dedi: — Esovning anavi Xet xotinlari dastidan jonimdan to‘ydim. Agar Yoqub ham o‘shalarga o‘xshagan birorta Xet qiziga uylansa, unda hayotim nima kechadi?


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18