Ibtido 46 bob

1 Yoqub va uning oilasi Misrga ketadi. 9 Yoqubning Leaxdan ko‘rgan nasli. 16 Leaxning cho‘risi Zilpodan Yoqubning ko‘rgan nasli. 19 Yoqubning Rohiladan ko‘rgan nasli. 23 Rohilaning cho‘risi Bilxaxdan Yoqubning ko‘rgan nasli. 28 Yoqub va uning xonadoni Misrda.

1 Shunday qilib, Yoqub butun mol–mulkini olib, yo‘lga chiqdi. U Bershevaga yetib kelib, otasi Is’hoqning Xudosiga qurbonliklar qildi.
2 Tunda Xudodan Yoqubga vahiy keldi: — Yoqub! Yoqub! — Labbay! — dedi u.
3 — Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qo‘rqmasdan Misrga boraver, Men u yerda sendan buyuk xalq yarataman.
4 Men sen bilan birga Misrga borib, Sening naslingni u yerdan O‘zim olib chiqaman. Sen Yusufning qo‘lida jon berasan.
5 So‘ngra Yoqub Bershevadan ketdi. O‘g‘illar otasini, bolalarini, xotinlarini fir’avn yuborgan aravalarga o‘tqazdilar.
6 Ular Kan’onda orttirgan chorvasini, hamma mol–mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila a’zolari
7 — o‘g‘illari, qizlari va nabiralari ketdilar.
8 Misrga ketgan Isroil xalqi, ya’ni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir: Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben va
9 uning o‘g‘illari — Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi.
10 Shimo‘n va uning o‘g‘illari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va Shovul. (Shovulning onasi Kan’onlik edi.)
11 Levi va uning o‘g‘illari — Gershon, Qohot, Marori.
12 Yahudo va uning o‘g‘illari — G‘ur, O‘nan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida vafot etgan edilar.) Paraz va uning o‘g‘illari — Xazron va Xomul.
13 Issaxor va uning o‘g‘illari — To‘lo, Puvax, Yoshuv va Shimron.
14 Zabulun va uning o‘g‘illari — Sared, Elo‘n va Yaxliyol.
15 Yoqubning Leaxdan ko‘rgan ana shu nasli va qizi Dina Paddon–Oramda tug‘ilgan edilar. Yoqubning Leaxdan tarqalgan nasli jami bo‘lib o‘ttiz uch kishi edi.
16 Gad va uning o‘g‘illari — Zafo‘n, Xagi, Shuno, Ezbo‘n, Eri, Aro‘d va Erali.
17 Osher va uning o‘g‘illari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax degan singillari ham bor edi. Bariyoning o‘g‘illari — Xaber va Malxiyol.
18 Yoqubning Zilpodan tug‘ilgan nasli ana shulardir. Lobon qizi Leaxga Zilponi cho‘ri qilib bergan edi. Ular hammasi bo‘lib o‘n olti kishi edi.
19 Yoqubning xotini Rohiladan tug‘ilgan o‘g‘illar — Yusuf bilan Benyamin.
20 Yusuf Misr yurtida xotini Osanatdan Manashe va Efrayimni ko‘rdi. Osanat On shahrining ruhoniysi Po‘tiferoning qizi edi.
21 Benyamin o‘g‘illari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, No‘mon, Exi, Ro‘sh, Mupim, Xupim va Ard.
22 Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi bo‘lib o‘n to‘rt kishi edi.
23 Dan va uning o‘g‘li — Xushim.
24 Naftali va uning o‘g‘illari — Yaxzayol, Go‘no, Izar va Shillem.
25 Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi Rohilaga cho‘ri qilib bergan edi. Hammasi bo‘lib yetti kishi edi.
26 Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi bo‘lib oltmish olti kishi[322] edi. Kelinlari bu hisobga kirmasdi.
27 Yusuf Misrda ikki o‘g‘il ko‘rgan edi. Shunday qilib, Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi bo‘lib yetmish kishi edi.
28 Yoqub Yahudoga: “Yusuf bizni Go‘shen yerlariga boshlab borsin”, deb oldin uni Yusufning oldiga jo‘natgan edi. Ular Go‘shenga yetib kelganlaridan keyin,
29 Yusuf aravasini qo‘shib, otasini kutib olish uchun Go‘shenga ketdi. Yusuf otasini ko‘rishi bilanoq, uni quchoqlab, bo‘yniga osilib, uzoq yig‘ladi.
30 Yoqub Yusufga: — Tirik ekaningni ko‘zlarim bilan ko‘rdim, endi o‘lsam ham armonim yo‘q, — dedi.
31 Yusuf akalariga, otasi xonadonining qolgan ahliga dedi: — Men borib, fir’avnga: “Kan’on yurtidan aka– ukalarim, otamning qolgan oila a’zolari mening oldimga kelishdi”, deb xabar berayin.
32 Men fir’avnga yana: “Ular cho‘pon, chorvadorlik bilan shug‘ullanishadi, mol–qo‘ylarini, bor mulkini olib kelishibdi”, deb aytayin.
33 Fir’avn sizlarni chaqirib: “Kasb–koringiz nima?” deb so‘rab qolsa,
34 unga: “Biz, qullaringiz, yoshligimizdan hozirgacha cho‘ponlik bilan mashg‘ulmiz, ota– bobolarimiz ham cho‘pon bo‘lib o‘tishgan”, deb aytinglar. Toki Go‘shen yerlariga o‘rnashib olishlaringizga u ijozat bersin. Chunki Misrliklar cho‘ponlardan hazar qilishadi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18