Ibtido 17 bob

1 Sunnat — Ahd belgisi.

1 Ibrom to‘qson to‘qqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir bo‘lib dedi: — Men Qodir Xudoman. Men ko‘rsatgan yo‘ldan yur, har doim pokdil bo‘lib yashagin.
2 Men sen bilan ahd qilaman, senga juda ko‘p nasllar ato qilaman.
3 Ibrom yerga muk tushib ta’zim qildi. Keyin Xudo unga aytdi:
4 Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen ko‘plab xalqlarning otasi bo‘lasan.
5 Endi sening ismingni o‘zgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim bo‘ladi. Chunki Men seni ko‘plab xalqlarning otasi qilaman.
6 Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi.
7 Men senga va sendan keyingi nasllaringga bergan va’damda turaman. Bu abadiy ahd bo‘ladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan keyingi nasllaringning Xudosi bo‘lib qolaman.
8 Sen musofir bo‘lib yashab turgan mana shu Kan’on yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. Men ularning Xudosi bo‘laman.
9 Xudo Ibrohimga yana dedi: — Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya qilishlaringiz lozim.
10 Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak bo‘lgan ahdim quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin.
11 Sunnat — sen bilan Mening o‘rtamizdagi ahdning belgisi bo‘ladi.
12 Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi har bir o‘g‘il bola tug‘ilgandan keyin sakkiz kun o‘tgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening oila a’zolaringgagina tegishli bo‘lmay, balki xonadoningda tug‘ilgan xizmatkorlaringga va sening naslingdan bo‘lmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham tegishlidir.
13 Xonadoningda tug‘ilgan xizmatkoring ham, sotib olingan xizmatkoring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim abadiy ekanini tanangizdagi belgi ko‘rsatib turadi.
14 Sunnat qilinmagan erkak xalqim orasidan yo‘q qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi.
15 Xudo Ibrohimga yana aytdi: — Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray bo‘lmasin. Hozirdan boshlab uni Sora, deb chaqir.
16 Men Soraga marhamat ko‘rsataman. Men undan senga o‘g‘il ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u ko‘p xalqlarning onasi bo‘ladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi.
17 Ibrohim muk tushib ta’zim qildi, keyin kulib qo‘ydi–da, o‘ziga o‘zi dedi: “Yuz yoshga kirgan odam bola ko‘rar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham to‘qsonga kirdi, endi bola tug‘armidi.”
18 Ibrohim Xudoga: — Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi.
19 — Yo‘q, xotining Sora senga o‘g‘il tug‘ib beradi, — dedi Xudo. — Sen o‘g‘lingning otini Is’hoq qo‘yasan. Men o‘g‘ling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni davom ettiraman.
20 Ismoil to‘g‘risida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga baraka beraman, uning naslini haddan tashqari ko‘paytiraman. U o‘n ikki yo‘lboshchining otasi bo‘ladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman.
21 Lekin Men O‘z ahdimni tug‘iladigan o‘g‘ling Is’hoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora senga Is’hoqni tug‘ib beradi.
22 Xudo Ibrohim bilan gaplashib bo‘lgach, uning yonidan ketdi.
23 O‘sha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: o‘g‘li Ismoilni, xonadonida tug‘ilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi hamma erkakni sunnat qildi.
24 Ibrohim sunnat bo‘lganda, to‘qson to‘qqiz yoshda,
25 o‘g‘li Ismoil o‘n uch yoshda edi.
26 Ibrohim bilan o‘g‘li bir kunda sunnat qilindilar.
27 Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat qilindi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18