Ibtido 30 bob

25 Yoqub Lobon bilan savdolashadi.

1 Rohila Yoqubga bola tug‘ib bera olmagach, endi opasiga hasad qila boshladi. — Menga farzand bering, bo‘lmasa o‘laman! — dedi u Yoqubga.
2 Yoqub Rohiladan qattiq g‘azablandi. — Nima, men Xudomanmi?! Seni bepusht qilib yaratgan Xudo–ku!
3 Shunda Rohila Yoqubga dedi: — Ana, cho‘rim Bilxaxning yoniga kiring. U menga bola tug‘ib bersin, toki cho‘rim orqali men ham bolali bo‘lay.
4 Shunday qilib, Rohila eriga Bilxaxni olib berdi. Yoqub Bilxaxning yoniga kirdi.
5 Bilxax homilador bo‘lib, Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi.
6 Rohila: “Xudoyim meni oqladi, U mening iltijoimni eshitib, menga o‘g‘il ato etdi”, deb o‘g‘lining ismini Dan qo‘ydi.
7 Bilxax yana homilador bo‘lib, Yoqubga ikkinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi.
8 Rohila: “Opam bilan qattiq olishib, men yutib chiqdim”, deb o‘g‘lining ismini Naftali qo‘ydi.
9 Leax bola tug‘ishdan qolganini anglab yetdi. Shunda u ham o‘zining cho‘risi Zilponi Yoqubga olib berdi.
10 Zilpo Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi.
11 Leax: “Menga omad kulib boqdi”, deb o‘g‘lining ismini Gad qo‘ydi.
12 So‘ngra Zilpo Yoqubga ikkinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi.
13 Leax: “Naqadar baxtliman–a! Endi ayollar meni juda baxtli ekan, deb aytishadi”, deya o‘g‘lining ismini Osher qo‘ydi.
14 Bug‘doy o‘rimi payti edi. Bir kuni Ruben dalaga borganda, mehrigiyo o‘simligini topib olib, onasi Leaxga keltirdi. Rohila: “O‘g‘lingning mehrigiyolaridan menga ham ber”, deb iltimos qildi.
15 Lekin Leax g‘azab bilan javob qildi: — Erimni tortib olganing kamlik qildimi?! Endi o‘g‘limning mehrigiyolarini ham tortib olmoqchimisan?! — O‘g‘lingning mehrigiyolari evaziga bu kecha erim sening yoningga kiradi, unga ijozat beraman, — dedi Rohila.
16 Kechqurun Yoqub daladan kelganda, Leax unga peshvoz chiqdi. — Bu kecha mening yonimga kirishingiz kerak, — dedi u eriga. — O‘g‘lim daladan topib kelgan mehrigiyoga sizni almashtirdim. Shunday qilib, Yoqub Leaxning yoniga kirdi.
17 Xudo Leaxning iltijolariga javob berdi. U yana homilador bo‘lib, Yoqubga beshinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi.
18 Leax: “Cho‘rimni erimga olib berganim uchun, Xudoyim meni mukofotladi”, deb o‘g‘lining ismini Issaxor qo‘ydi.
19 So‘ngra u yana homilador bo‘lib, Yoqubga oltinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi.
20 Leax dedi: “Xudoyim menga yaxshi hadya berdi. Endi erim meni hurmat qiladigan bo‘ladi, chunki unga oltita o‘g‘il tug‘ib berdim.” Shunday deb, o‘g‘lining ismini Zabulun qo‘ydi.
21 Keyin Leax qiz tug‘ib, ismini Dina qo‘ydi.
22 Nihoyat, Xudo Rohilaga ham marhamat qildi va uning iltijolariga javob berib, bola tug‘ishga qodir qildi.
23 Rohila homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. “Xudo menga o‘g‘il ato etib, sharmandaligimni olib tashladi”, dedi.
24 “Egam menga yana o‘g‘il bersin”, deb o‘g‘lining ismini Yusuf qo‘ydi.
25 Rohila Yusufni tuqqandan keyin ko‘p o‘tmay, Yoqub Lobonga dedi: — Ijozat bersangiz, men yurtimga qaytmoqchiman.
26 Xotinlarim bilan bolalarimni ham olib ketsam, degandim. O‘zingiz bilasiz, sizga ko‘p xizmatim singgan, sizga peshana terimni to‘kib ularni topganman. Endi ketishga ijozat bersangiz.
27 Lobon esa unga shunday javob berdi: — Endi iltimos qilaman, mening gapimga quloq sol: fol ochtirib ko‘rgan edim, Egam menga sen tufayli baraka berganini bildim.
28 Xizmat haqingni ayt, to‘lay.
29 — O‘zingiz bilasiz: uzoq yillar davomida sizga ko‘p xizmat qildim. Mol–qo‘ylaringiz mening mehnatim tufayli qanchalik ko‘payganini bilasiz.
30 Aslida men kelmasimdan oldin molingiz oz edi, endi esa boyligingiz haddan ziyod ko‘paydi. Men tufayli Egam sizga hamma narsada baraka berdi. Endi oilamni o‘ylaydigan payt keldi.
31 — Xizmat haqingga nima istaysan? — deb yana so‘radi Lobon. — Menga hech qanday xizmat haqi kerak emas, — deb javob qildi Yoqub. — Agar rozi bo‘lsangiz, bir taklifim bor. Men qo‘y– echkilaringizni boqaveray.
32 Bugun suruvingizni oralab, olachipor va xol–xol qo‘ylaringizni, qora qo‘zilaringizni, echkilaringizdan ham xol–xolini va olachiporini ajratib olay. Xizmat haqimga shularni bersangiz kifoya.
33 Agar men halol bo‘lmasam, siz keyin osonlikcha bilib olasiz. Mening xizmatimni tekshirgani kelganingizda, qo‘y–echkilarimning orasida birortasi ola–bula, xol–xol bo‘lmasa, yoki qo‘zilarimning orasida ham birortasi qora bo‘lmasa, meni o‘g‘ri, deb hisoblashingiz mumkin.
34 — Yaxshi, sen aytganday bo‘la qolsin, — dedi Lobon.
35 Lobon o‘sha kuni oqi bor xol–xol va olachipor taka hamda urg‘ochi echkilarni ajratib oldi, qora qo‘zilarni ham ayirib oldi. Hammasini o‘g‘illarining ixtiyoriga berdi.
36 Lobonning o‘g‘illari o‘sha qo‘y–echkilarni Yoqub turgan joydan uch kunda boradigan joyga olib ketdilar. Yoqub esa Lobonning qolgan qo‘y–echkilarini boqaverdi.
37 Yoqub terak, bodom va chinor daraxtining novdalaridan olib, novdalarni yo‘l–yo‘l qilib po‘stlog‘ini shildi.
38 So‘ngra u po‘stlog‘i tozalangan novdalarni qo‘y–echkilarga ko‘rinadigan joyga — suv ichadigan oxurlar ichiga qo‘ydi. Chunki Lobonning qo‘y–echkilarini sug‘organi olib kelganda, hayvonlar shu yerda juftlashar edi.
39 Qo‘y–echkilar oq yo‘li bor novdalarni ko‘rib turganda juftlashib, yo‘l–yo‘l, olachipor va xol–xol nasl berardi.
40 Yoqub Lobonning boshqa qo‘y–echkilaridan sovliqlarini ajratib oldi. Sovliq qo‘ylar juftlashayotganda, Yoqub qo‘ylarning yuzini Lobonning suruvidagi yo‘l–yo‘l va qop–qora hayvonlarga qaratib qo‘yardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning qo‘y–echkilaridan o‘zining suruvini vujudga keltirdi va Lobonnikidan alohida qilib qo‘ydi.
41 Suruvdagi sog‘lom urg‘ochi qo‘y yoki echkilar juftlashishga tayyor bo‘lganda, Yoqub po‘stlog‘i archilgan novdalarni hayvonlarning oxuriga tashlab qo‘yardi. Hayvonlar yo‘l–yo‘l novdalarni ko‘rib turganlarida juftlashardilar.
42 Lekin u nimjon hayvonlarga shunday qilmasdi. Oqibatda Lobon nimjon qo‘y–echkilarga, Yoqub esa sog‘lom qo‘y–echkilarga ega bo‘lib qoldi.
43 Shu yo‘l bilan Yoqubning qo‘y–echkilari tezlik bilan ko‘payib bordi, u juda ham boyib ketdi, ko‘plab qul va cho‘rilarga, tuyalar va eshaklarga ega bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18