Ibtido 45 bob

1 Yusuf akalariga o‘zini tanitadi.

1 Endi Yusuf ortiq chidab tura olmadi. U xizmatkorlariga: “Hamma huzurimdan chiqsin!” deb buyurdi. Yusuf o‘zini aka–ukalariga tanitganda, huzurida hech kim qolmagan edi.
2 U shunday qattiq yig‘ladiki, xonadonidagi Misrliklar eshitdi. Bu yangilik tezda fir’avnning saroyiga yetib bordi.
3 — Men Yusufman! — dedi u akalariga. — Otam hali ham hayot ekan–da? Lekin aka–ukalar Yusufning qarshisida dahshatga tushib, javob berishga tillari ojiz edi.
4 — Menga yaqinroq kelinglar! — dedi Yusuf. Aka–ukalari unga yaqinroq borishdi. — Men Yusufman! — dedi u yana, — sizlar Misrga sotgan ukangizman!
5 Meni bu yerga sotganingizdan g‘am chekmanglar, o‘zlaringizdan xafa ham bo‘lmanglar. Xudo shunday qildi. Xudo insonlar hayotini saqlab qolish uchun sizlardan oldin meni bu yerga jo‘natgan ekan.
6 Ikki yildirki, yurtda qahatchilik. Yana besh yil bu yurtda na yer haydaladi, na hosil bo‘ladi.
7 Xudo ana shunday g‘aroyib yo‘l bilan sizlarni va naslingizni qutqarib, omon qoldirish uchun sizlardan oldin meni yubordi.
8 Ha, meni bu yerga sizlar emas, Xudo yuborgan! Xudo meni fir’avnga maslahatchi, uning butun xonadoniga xo‘jayin, Misr yurti ustidan hokim qildi.
9 Tez bo‘linglar, otamning oldiga qaytib borib, unga shunday deb aytinglar: “O‘g‘lingiz Yusufni Xudo butun Misr ustidan hokim qilibdi. Kechiktirmay yo‘lga otlaning.
10 Siz Go‘shen yerlariga o‘rnashar ekansiz. O‘zingiz, bolalaringiz, nabiralaringiz, qo‘y–echkilaringiz, podalaringiz — hamma mol–mulkingiz bilan birga Yusufga yaqin joyda bo‘lasiz.
11 Sizga Yusuf qarab turar ekan. Hali oldimizda besh yil qahatchilik turibdi. O‘zingiz ham, xonadoningiz ham och qolmas ekan, chorvangiz ham och qolmas ekan.”
12 O‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar, Benyamin, sen ham ko‘rib turibsan, sizlarga bu gaplarni aytayotgan haqiqatan men, Yusufman.
13 Misrda men qanchalik shon–shuhratga erishganimni, o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rganingizni otamga aytinglar. Otamni tezlik bilan mening oldimga olib kelinglar.
14 Yusuf Benyaminni quchoqlab, bo‘yniga osilib, xursandlikdan yig‘lar, Benyamin ham yig‘lar edi.
15 So‘ng Yusuf yig‘laganicha, akalarini birma–bir quchoqlab o‘pdi. Endi akalari Yusuf bilan bemalol gaplasha boshladilar.
16 “Yusufning aka–ukalari kelibdi!” degan xabar tezda fir’avn saroyiga yetib bordi. Fir’avn va uning a’yonlari g‘oyatda xursand bo‘ldilar.
17 Fir’avn Yusufga dedi: — Aka–ukalaringga ayt, yuklarini ulovlariga ortib, Kan’onga qaytishsin.
18 Otangni, bola– chaqalarini olib, Misrga qaytib kelishsin. Men ularga yurtning eng yaxshi yerlarini beray. Ular bu yerda to‘kin–sochinlikda yashaydilar.
19 Akalaringga ayt, Misrdan aravalar olib ketishsin. Xotinlarini, bolalarini, otangni o‘sha aravalarda bu yerga olib kelishadi.
20 Qolib ketgan mol– mulklariga achinishmasin. Misrning eng yaxshi noz–ne’matlari ularnikidir.
21 Yoqubning o‘g‘illari aytilganday qildilar: fir’avnning ko‘rsatmasiga binoan, Yusuf ularga aravalar berdi. Shuningdek, ularga yo‘l uchun oziq–ovqat ham g‘amlab berdi.
22 Yusuf akalarining har biriga bir sidradan yangi kiyim–bosh, Benyaminga esa besh sidra kiyim–bosh va uch yuz bo‘lak kumush berdi.
23 Otamga, deb o‘nta eshakka Misrning eng yaxshi noz–ne’matlaridan, o‘nta eshakka don, otasi uchun yo‘lda yegani oziq– ovqat yuklab jo‘natdi.
24 Yusuf akalarini yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Ular yo‘lga chiqayotganlarida Yusuf: “Yo‘lda janjallashib yurmanglar”, dedi.
25 Shunday qilib, ular Misrdan Kan’on yurtiga — otalari huzuriga qaytib keldilar.
26 “Yusuf tirik ekan! U butun Misr yurtining hokimi ekan!” deb aytishdi o‘g‘illari. Yoqub bu yangilikdan hang– mang bo‘lib qoldi, o‘g‘illarining gapiga ishonmadi.
27 Lekin o‘g‘illari Yoqubga Yusufning hamma gaplarini aytib bo‘lib, “Otamni Misrga olib kelinglar”, deb Yusuf yuborgan aravalarni ko‘rganda, Yoqubning ruhi tetiklashdi.
28 — Xudoga shukr, o‘g‘lim Yusuf tirik ekan, menga shuning o‘zi kifoya, — dedi Yoqub, — o‘lmasimdan burun borib uni ko‘rib qolay.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18