Ibtido 13 bob

1 Ibrom va Lut bir–biridan ayriladi. 14 Ibrom Xevronga ko‘chadi.

1 Shunday qilib, Ibrom xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi va shimolga — Nagav cho‘liga yo‘l oldi.
2 Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qo‘ylari, kumushu oltini ko‘p edi.
3 U Nagav cho‘lidan Baytilga borgunicha bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurdi. Nihoyat, Baytil bilan Ay oralig‘iga yetib keldi. U oldin ham shu yerda chodir tikib,
4 qurbongoh qurgan edi. Ibrom o‘sha yerda yana Egamizga sajda qildi.
5 Ibrom bilan birga ketayotgan Lut ham juda boy bo‘lib, mol– qo‘ylari, ko‘plab chodirlari bor edi.
6 Ikkovlari chorvasi bilan bir joyda yashashlari uchun yer torlik qilib qoldi.
7 Qolaversa, Ibromning cho‘ponlari bilan Lutning cho‘ponlari o‘rtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda o‘sha yurtda Kan’on va Pariz xalqlari yashardilar.
8 Shunda Ibrom Lutga dedi: — Mening cho‘ponlarim bilan sening cho‘ponlaring o‘rtasida janjal bo‘lmasligi kerak. Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz.
9 Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen mana shu yerdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir– birimizdan ajralaylik. Agar sen chap tomonga ketsang, men o‘ng tomonga ketaman, agar sen o‘ng tomonga ketsang, men chap tomonga ketaman.
10 Lut Zo‘var tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hammayoq sersuv, go‘yo Egamiz yaratgan boqqa va Misrning ajoyib yerlariga o‘xshardi. Egamiz Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi.
11 Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar.
12 Ibrom Kan’on yurtida o‘rnashdi, Lut esa Iordan tekisliklaridagi shaharlar orasiga o‘rnashib, chodirlarini Sado‘m yoniga ko‘chirdi.
13 Sado‘m aholisi qabihlik qilishar, Egamiz oldida qattiq gunohkor edilar.
14 Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi: — Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va g‘arbga qara.
15 Sen ko‘rib turgan hamma yerni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman.
16 Men sening naslingni yerdagi qumday ko‘paytiraman. Kimki yerdagi qumni sanay olsa, sening naslingni ham sanay oladi.
17 Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga mulk qilib beraman.
18 Shunday qilib, Ibrom chodirini yig‘ishtirib, Xevrondagi Mamre nomli muqaddas emanzor yoniga keldi va o‘sha yerda o‘rnashdi. U yerda Egamizga qurbongoh qurdi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18