Ibtido 44 bob

1 Yo‘qolgan qadah. 18 Yahudo Benyamin uchun yolvoradi.

1 Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday ko‘rsatma berdi: “Bu odamlarning qoplarini ko‘tara oladigan qilib donga to‘ldir. Har birining qopiga kumushlarini qaytarib solib qo‘y.
2 Kenjasining qopi ichiga esa kumushlari bilan birga mening kumush qadahimni ham solib qo‘y.” Qulboshi hammasini Yusuf aytganday qildi.
3 Ertasiga tong yorishishi bilanoq, aka–ukalarni yuk ortilgan eshaklari bilan jo‘natib yuborishdi.
4 Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf qulboshisiga buyurdi: — Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga yetib olganingdan keyin shunday deb ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz?
5 Xo‘jayinimning kumush qadahini o‘g‘irlaganingiz nimasi? Xo‘jayinim ichimlik ichish uchun, fol ochishda foydalanardi, axir! Qanday yomon ish qilib qo‘yibsizlar–a!”
6 Qulboshi aka–ukalarga yetib olib, o‘rgatilgan gaplarni aytdi.
7 — Nimaga bunday gaplarni gapiryapsiz?! — deb javob qaytarishdi ular. — Xudo saqlasin! Bu qullaringiz unaqa ish qilmaydi!
8 O‘zingiz o‘ylang, qoplarimizdan topib olgan kumushlarni Kan’ondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz xo‘jayiningizning uyidan kumush yoki oltin o‘g‘irlarmidik?!
9 Agar o‘sha narsa biz, qullaringizdan topilsa, mayli, o‘sha odam o‘ldirilsin. Qolganlarimiz hazrati oliylariga qul bo‘laylik.
10 — Mayli, men roziman, sizlar aytgancha bo‘la qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush qadah kimdan topilsa, u menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa ozod bo‘lasizlar.
11 So‘ngra har biri tezda eshaklari ustidan qoplarini olib, ochdilar.
12 Yusufning qulboshisi to‘ng‘ichining qopidan boshlab kenjasining qopigacha titib chiqdi. Qadah Benyaminning qopidan chiqib qolsa bo‘ladimi!
13 Ular umidsizlikka tushib, qayg‘udan kiyimlarini yirtdilar. Eshaklariga yana yuklarini ortib, orqaga — shaharga qaytib keldilar.
14 Yahudo va aka–ukalar Yusufning uyiga kelishdi. Yusuf hali uyida ekan. Aka–ukalar Yusufning oldida o‘zlarini yerga otdilar.
15 — Bu qilganingiz nimasi? — deb so‘roqqa tutdi Yusuf ularni. — Menday bir odam fol ochib bilib olishimni bilmasmidingiz?!
16 — Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini fosh qildi. Endi o‘zimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib o‘zimizni oqlardik?! Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan birga biz, hammamiz, sizga qul bo‘lishga tayyormiz.
17 — Yo‘q, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat qadahni o‘g‘irlagan odamgina menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa eson–omon otangizning oldiga qaytinglar.
18 Shunda Yahudo Yusufga yaqinroq kelib dedi: — Janobi oliylari! O‘zingiz fir’avn kabisiz. Men, siz, janoblariga, bir og‘iz so‘z aytsam, g‘azablanmang.
19 Siz bizdan: “Otangiz yoki ukangiz bormi?” deb so‘ragan edingiz.
20 Biz shunday deb javob berdik: “Ha, qari otamiz va kenja ukamiz ham bor, otamiz uni keksayganda ko‘rgan. Uning akasi esa o‘lgan, onasidan bir o‘zi yolg‘iz qolgan. Otamiz uni juda yaxshi ko‘radi.”
21 Keyin siz biz, qullaringizga: “O‘sha ukangizni mening oldimga olib kelinglar, uni o‘zim ko‘rayin– chi”, dedingiz.
22 Biz esa sizga: “Bola otasini tashlab kela olmaydi, agar tashlab kelsa, otasi o‘lib qolishi mumkin”, deb aytdik.
23 Keyin siz bizga: “Ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko‘zimga ko‘rinmanglar”, dedingiz.
24 Qulingiz — otamizning huzuriga qaytib borganimizda, sizning gaplaringizni unga aytdik.
25 Vaqti kelib, otamiz bizga: “Yana borib, o‘zimizga bir oz don sotib olib kelinglar”, dedi.
26 Lekin biz otamizga aytdikki: “O‘zimiz bora olmaymiz, agar kenja ukamiz biz bilan birga ketsagina, bora olamiz, ukamiz bormaguncha, biz o‘sha odamning ko‘ziga ko‘rina olmaymiz.”
27 Shunda otamiz bizga dedi: “Bilasizlarki, xotinim Rohiladan ikkita o‘g‘il qolgan edi.
28 Biridan ayrildim, uni shubhasiz, yirtqich hayvon tilka–pora qilib tashlagan. Uni o‘shandan keyin ko‘rmadim.
29 Agar bunisini ham mendan olib ketsalaringiz, u biror falokatga yo‘liqib qolsa, qariganimda meni qayg‘udan o‘liklar diyoriga kiritasizlar.”
30 Endi, janobi oliylari, men otamning oldiga bu bolani tashlab bora olmayman. Otamizning umri bu bolaning hayotiga bog‘liq.
31 Bola biz bilan yo‘qligini otamiz ko‘rgandan keyin, u o‘lib qoladi. Biz esa keksa otamizni qayg‘udan o‘liklar diyoriga tiqamiz.
32 Men, qulingiz, mana shu bola uchun otamga kafil bo‘lganman. Otamga: “Agar uni qo‘lingizga qaytarib olib kelib topshirmasam, umr bo‘yi sizning oldingizda aybdor bo‘lib qolay”, deb aytganman.
33 Iltimos qilaman, janobi oliylari, shu bolaning o‘rniga men sizga qul bo‘lib qolay, rad etmang. Bola akalari bilan birga qaytib ketaversin.
34 Agar bola men bilan birga ketmasa, otamning oldiga qaysi yuz bilan qaytib boraman?! Otamning boshiga tushadigan kulfatlarga qarab turishga bardosh berolmayman.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18