Ibtido 14 bob

1 Ibrom Lutni qutqaradi. 17 Maliksidiq Ibromni duo qiladi.

1 O‘sha paytda quyidagi shohlar bo‘lgan edi: Shinar shohi Omrafil, Elazar shohi Oriyox, Elam shohi Kado‘rlamar, Go‘yim shohi Tidol.
2 O‘sha to‘rtala shoh quyidagi beshta shohga qarshi urush ochdilar: Sado‘m shohi Beraga, G‘amo‘ra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavo‘yim shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zo‘var, deb yuritiladi.)
3 Ana shu beshta shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirdilar. (Siddim vodiysi hozirgi O‘lik dengizdir.)
4 Bu shohlar o‘n ikki yil davomida Kado‘rlamarga qaram bo‘lib keldilar. O‘n uchinchi yili unga qarshi isyon ko‘tardilar.
5 Bir yildan keyin Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari lashkarlari bilan kelib, Ashtaro‘t–Karnayimdagi Rafa xalqini, Xomdagi Zuz xalqini, Xiratayim tekisligidagi Eyim xalqini,
6 Seir tog‘laridagi Xorim xalqini cho‘lning chetidagi El– Porongacha ta’qib qilib borib, mag‘lub qildilar.
7 So‘ngra ular orqaga qaytib, En–Mishpat shahriga keldilar va Omoleklarning butun yerlarini, shuningdek, Xazazon–Tamarda yashayotgan Amor xalqini qo‘lga oldilar. (En–Mishpat hozir Kadesh, deb yuritiladi.)
8 Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma, Zavo‘yim va Belax (ya’ni Zo‘var) shohlari o‘z lashkarlarini Siddim vodiysida saf torttirib,
9 Elam shohi Kado‘rlamarning va Go‘yim, Shinar va Elazar shohlarining lashkarlariga qarshi jangga tayyor qilib qo‘ydilar. Xullas, to‘rtta shoh beshta shohga qarshi otlandi.
10 Vodiyda qora saqich to‘ldirilgan chuqurlar ko‘p edi. Sado‘m va G‘amo‘ra shohlari qochib ketayotganlarida, ba’zi lashkarlari o‘sha chuqurlarga yiqilib tushdilar. Tirik qolganlari tog‘larga qochib qutulib qoldilar.
11 Shunday qilib, bosqinchilar Sado‘m va G‘amo‘rani talon–taroj qilib, u yerdagi hamma boyliklarni, g‘amlab qo‘yilgan oziq–ovqatlarini olib, o‘z yo‘llariga ketdilar.
12 Ibromning jiyani Lut Sado‘mda yashayotgan edi. Bosqinchilar Lutning o‘zini asirga olib, uning ham bor narsasini tortib oldilar.
13 Bir odam bosqinchilardan qutulib, ibroniy Ibromning yoniga qochib bordi va bo‘lgan voqeani unga so‘zlab berdi. Ibrom bu paytda Amor xalqidan bo‘lgan Mamre degan odamning emanzori yonida chodir tikkan edi. Mamre va uning Eshko‘l, Onar degan ukalari Ibromning ittifoqchilari edilar.
14 Ibrom Lutning asirga olinganini eshitgach, o‘z xonadonida tug‘ilgan hamma qurolli odamlarni to‘pladi. Ular 318 kishi edi. U Kado‘rlamarning lashkari ortidan quvib, Dan shahrida ularga yetib oldi.
15 Ibrom o‘sha yerda odamlarini guruhlarga bo‘lib, tunda har tomondan ularga hujum qildi. Kado‘rlamarning lashkari qochdi, lekin Ibrom ularni Damashqning shimolidagi Xo‘vax shahrigacha quvlab bordi.
16 Ibrom bilan uning ittifoqchilari hamma narsani — o‘lja olingan narsalarni, Ibromning jiyani Lutni va uning mol–mulkini, ayollarni va boshqa asirlarni qaytarib olib keldilar.
17 Ibrom Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qilib qaytib kelayotganda, Sado‘m shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh soyligi, deb ham atalgan.)
18 Salim shohi Maliksidiq non va sharob olib chiqdi. U Xudoyi Taoloningruhoniysi ham edi.
19 Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi: “Yeru ko‘kni yaratgan Xudoyi Taolo Ibromga baraka bersin.
20 Yovlaringni qo‘lingga bergan Xudoyi Taologa Hamdu sanolar bo‘lsin.” Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning o‘ndan birini Maliksidiqqa berdi.
21 So‘ngra Sado‘m shohi Bera Ibromga shunday dedi: — Odamlarimni o‘zimga qaytarib bersang bo‘ldi, qaytarib olib kelgan hamma narsani o‘zingga olaver.
22 Lekin Ibrom Sado‘m shohiga shunday javob berdi: — Yeru ko‘kni yaratgan Xudoyi Taolo — Egamiz haqi qasam ichib aytamanki,
23 men sening birorta cho‘pingni yoki chorig‘ingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin.
24 Yigitlarimning yeb–ichganidan tashqari, men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshko‘l va Mamre ham o‘zlarining ulushlarini olishsin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18