Ibtido 29 bob

1 Yoqub Lobonning uyiga keladi. 15 Yoqub Lobonga Rohila va Leax uchun xizmat qiladi. 31 Yoqubning farzandlari.

1 Yoqub yo‘lida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga yetib keldi.
2 U dashtda bir quduqni uzoqdan turib ko‘rdi. Quduq yonida uch to‘p poda yotardi. Chorva shu quduqdan sug‘orilar, quduqning og‘zi kattakon tosh bilan yopib qo‘yilardi.
3 Cho‘ponlar hamma qo‘y–echkilarni u yerga haydab kelganlaridan keyin, quduqning og‘zidagi toshni surishib, qo‘ylarni sug‘orishardi–da, quduqning og‘zini yana o‘sha tosh bilan berkitib qo‘yishardi.
4 Yoqub cho‘ponlarning oldiga borib, ulardan: — Birodarlar, qayerliksizlar? — deb so‘radi. — Xorondanmiz, — deb javob berishdi ular.
5 — Lobon degan odamni taniysizlarmi? — deb so‘radi Yoqub, — u Naxo‘rning nabirasi bo‘ladi. — Ha, taniymiz, — deb javob berishdi cho‘ponlar.
6 — Lobon tinch–omonmi? — deb so‘radi Yoqub. — Yaxshi, — deb javob berishdi cho‘ponlar. — Ana, uning qizi Rohila ham qo‘ylarini haydab shu yoqqa kelyapti.
7 — Suruvni bir joyga to‘plabsizlar, oqshomgacha hali erta, hozir payti emas–ku! — dedi Yoqub. — Qo‘ylarni sug‘orib, o‘tlatgani qaytarib olib bormaysizlarmi?
8 Cho‘ponlar shunday javob berishdi: — Hamma suruvni bu yerga to‘plab, toshni quduqning og‘zidan surganimizdan keyingina qo‘ylarni sug‘oramiz.
9 Yoqub cho‘ponlar bilan gaplashib turganda, Rohila otasining qo‘ylarini haydab kelib qoldi. Rohila cho‘ponlik qilardi.
10 Yoqub tog‘asi Lobonning qizi Rohilani va uning qo‘ylarini ko‘rdi. Quduq yoniga borib, quduq og‘zidagi toshni surdi–da, tog‘asining qo‘ylarini sug‘ordi.
11 Keyin Rohilani o‘pdi, xursandchiligidan ko‘zlariga yosh keldi.
12 — Men otangning jiyani, ammang Rivqoning o‘g‘liman, — deb Yoqub o‘zini tanishtirdi. Rohila yugurib borib, otasiga xabar berdi.
13 Lobon, singlimning o‘g‘li kelibdi, deb eshitdi– yu, o‘sha zahoti, Yoqubni kutib olishga shoshildi. Yoqub bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Lobon Yoqubni uyiga olib keldi. Yoqub boshidan kechirganlarini tog‘asiga aytib berdi.
14 — Sen mening jigarimsan, oilamning bir a’zosisan, — dedi Lobon. Yoqub Lobonnikida bir oy turgandan keyin,
15 Lobon unga dedi: — Sen mening qarindoshim bo‘lsang ham, tekinga ishlamasliging kerak. Ayt–chi, xizmat haqingga nima istaysan?
16 Lobonning ikki qizi bo‘lib, kattasining ismi — Leax, kichiginiki — Rohila edi.
17 Leaxning ko‘zlari chiroyli, Rohila esa har jihatdan go‘zal — yuzlari chiroyli, qaddi–qomati kelishgan edi.
18 Yoqub Rohilani sevardi, shuning uchun: “Men sizga kichik qizingiz Rohila uchun yetti yil xizmat qilib beraman”, dedi.
19 Shunda Lobon unga dedi: — Mayli, roziman, qizimni begonaga berganimdan ko‘ra, senga berganim yaxshi–ku. Menikida qolaver.
20 Shunday qilib, Yoqub Rohilaga qalin uchun yetti yil xizmat qildi. Lekin Yoqubning Rohilaga bo‘lgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, yetti yil bir necha kunday tuyuldi.
21 Nihoyat, Yoqub Rohilaga uylanadigan payt ham keldi. — Men shartni bajardim, — dedi Yoqub Lobonga. — Endi qizingizga uylanishimga ijozat bering.
22 Lobon butun yurt aholisini to‘plab, ziyofat berdi.
23 Lekin o‘sha kuni kechasi Lobon Rohilaning o‘rniga, to‘ng‘ich qizi Leaxni Yoqubga berdi.
24 Leaxga xizmat qilsin, deb Lobon o‘zining Zilpo degan cho‘risini Leaxga berdi. Yoqub Leaxning yoniga kirdi.
25 Yoqub ertalab turib qarasa, yonida Leax yotibdi! — Bu nima qilganingiz?! — dedi Yoqub g‘azablanib Lobonga. — Men sizga yetti yil Rohila uchun xizmat qildim–ku! Nimaga meni aldadingiz?
26 Bizning yurtdagi odat bo‘yicha, katta qizdan oldin kichigi turmushga berilmaydi, — deb javob berdi Lobon.
27 — Bir haftada bu qizimning to‘yi tantanasi tugaydi, kutib tur. Agar menga yana yetti yil xizmat qilib beradigan bo‘lsang, xizmating evaziga kichkinasini ham senga beraman.
28 Yoqub rozi bo‘ldi. Bir haftadan keyin Yoqub bilan Leaxning to‘yi tantanasi tugadi. Lobon Rohilani ham Yoqubga berdi.
29 Lobon o‘zining Bilxax degan cho‘risini qizi Rohilaga bergan edi.
30 Shunday qilib, Yoqub Rohilaning yoniga kirdi. U Leaxdan ko‘ra, Rohilani ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Yoqub Lobonga yana yetti yil xizmat qilib berdi.
31 Yoqub Leaxga ko‘ngilsiz ekanini Egamiz ko‘rib turardi. Shuning uchun U Leaxni tug‘ishga qodir qildi, Rohila esa befarzand o‘taverdi.
32 Leax homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. U: “Egam mening baxtsizligimni ko‘rdi, endi erim menga albatta ko‘ngil qo‘yadi”, deb o‘g‘lining ismini Ruben qo‘ydi.
33 Leax homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. “Erim menga ko‘ngilsizligini Egam eshitib, yana bir o‘g‘il berdi”, deb o‘g‘lining ismini Shimo‘n qo‘ydi.
34 Leax yana homilador bo‘ldi va yana o‘g‘il tug‘di. U: “Erimga uchta o‘g‘il tug‘ib berdim, endi u albatta menga bog‘lanib qoladi”, deb o‘g‘lining ismini Levi qo‘ydi.
35 Leax yana homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. U: “Endi Egamga hamdu sano aytaman”, deb o‘g‘lining ismini Yahudo qo‘ydi. Shundan keyin u bola tug‘ishdan qoldi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18