Ibtido 12 bob

1 Xudo Ibromni tanlaydi. 10 Ibrom Misrda.

1 Shundan keyin Egamiz Ibromga dedi: “O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan — otang xonadonidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan.
2 Buyuk xalqning otasi qilaman seni, Baraka beraman senga, Ulug‘ qilaman sening nomingni, Baraka manbayi bo‘lursan sen.
3 Men baraka berurman seni duo qilganlarga, Seni la’natlaganlarni Men la’natlayman. Sen orqali baraka toparlar Yer yuzidagi jamiki xalqlar.”
4 Egamiz amr qilganday, Ibrom ketdi. Lut ham Ibrom bilan birga ketdi. Ibrom Xorondan chiqib ketganda, yetmish besh yoshda edi.
5 Ibrom xotini Sorayni, jiyani Lutni, Xoronda xizmatga olgan odamlarini boshlab, to‘plagan jamiki mol–mulkini olib, Kan’on yurtiga qarab yo‘lga tushdi. Nihoyat, ular Kan’on yurtiga yetib kelishdi.
6 Ibrom bu yurtda ko‘chib yurib, Shakam yaqinidagi Mo‘re nomli muqaddas eman daraxti yoniga yetib kelib to‘xtadi. O‘sha paytlarda bu yurtda Kan’on xalqi yashardi.
7 Shu yerda Egamiz Ibromga zohir bo‘lib: “Mana shu yurtni sening naslingga beraman”, dedi. Shunday qilib, Ibrom o‘ziga zohir bo‘lgan Egamizga atab o‘sha yerda qurbongoh qurdi.
8 Shundan so‘ng Ibrom Baytilning sharqidagi qirlarga yo‘l oldi. Baytil bilan Ay shaharlarining o‘rtasida chodir tikdi. Chodirdan g‘arb tomonda Baytil, sharq tomonda Ay shaharlari bor edi. Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi.
9 Ibrom u joydan bu joyga ko‘chib, janubga — Nagav cho‘liga ketdi.
10 O‘sha paytda Kan’onda qahatchilik haddan ortiq avjiga chiqdi. Shuning uchun Ibrom, qahatchilik tugaguncha kutib turay, deb Misrga yo‘l oldi.
11 Ibrom Misr chegarasiga yaqinlashganda, xotini Sorayga dedi: — Sen juda ham go‘zal ayolsan.
12 Misrliklar seni ko‘rganlarida: “Manavi ayol — uning xotini”, deb aytishadi. Meni o‘ldirib, seni tirik qoldirishadi.
13 Sen, uning singlisiman, deb aytgin, toki sen tufayli Misrliklar menga yaxshi munosabatda bo‘lsinlar, jonimga rahm qilsinlar.
14 Ibrom Misrga kirib kelganda, Sorayning go‘zalligi hammaning og‘zida duv–duv gap bo‘ldi.
15 Saroy a’yonlari ham Sorayni ko‘rishgach, uni fir’avnga rosa maqtashdi. Shunday qilib, Sorayni fir’avnning haramiga olib kelishdi.
16 Fir’avn Soray tufayli Ibromga ham ko‘p muruvvat qildi: mol–qo‘y, eshaklar, qul va cho‘rilar, tuyalar in’om qildi.
17 Lekin fir’avn Sorayni olgani uchun, Egamiz fir’avnning xonadoniga dahshatli o‘lat kasalligi yubordi.
18 Fir’avn Ibromni chaqirtirib kelib, unga dedi: — Bu nima qilganing? Nima qilib qo‘yding meni? Nimaga Soray o‘zingning xotining ekanini menga aytmading?
19 Nimaga, u mening singlim, deb aytding? Bo‘lmasa men uni xotin qilib olmasdim–ku! Mana xotining, ol–da, ko‘zimdan yo‘qol!
20 Fir’avn o‘z odamlariga farmon bergan edi, ular Ibromni xotini, hamma odamlari va mol–mulki bilan birga yurtdan chiqarib yubordilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18