Ibtido 6 bob

1 Insoniyatning qabihligi. 9 Nuh.

1 Yer yuzida insonlar borgan sari ko‘paya boshladi. Qizlar ham tug‘ilgan edi.
2 Ilohiy zotlar, bu qizlar chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini o‘zlariga xotin qilib olaverdilar.
3 Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi, chunki ular o‘ladigan jonlardir. Kelgusida ular 120 yil umr ko‘rsin.”
4 O‘sha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan tug‘ilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari bo‘lgan edilar.
5 Egamiz ko‘rdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko‘p ekan. Ularning ko‘nglida faqat qabih niyat bor ekan.
6 U yer yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon bo‘ldi, yurakdan afsuslandi.
7 Egamiz aytdi: “O‘zim yaratgan inson zotini yer yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon bo‘lyapman.”
8 Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor bo‘lgan edi.
9 Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir. O‘sha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh bo‘lib, Xudoga hamroh bo‘lib yashardi.
10 Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta o‘g‘li bor edi.
11 Endilikda yer yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zo‘ravonlikka to‘lib–toshib ketgan edi.
12 Xudo ko‘rdiki, olam buzilib ketgan, yer yuzidagi jamiki insoniyat yo‘ldan ozgan edi.
13 Xudo Nuhga aytdi: “Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zo‘ravonlikka to‘lib– toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yo‘q qilmoqchiman.
14 O‘zingga yaxshi qattiq yog‘ochdan kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichi–tashini qora saqich bilan suvab chiq.
15 Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak bo‘lsin.
16 Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oralig‘ida bir tirsak ochiq joy qoldir. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa.
17 Men yer yuzini to‘fonga bostirib, har qanday tirik jonzotni qirib tashlayman. Yer yuzidagi hamma narsa nobud bo‘ladi.
18 Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga o‘g‘illaring, xotining, kelinlaring ham kiradi.
19 Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urg‘ochisidan kema ichiga o‘zing bilan olib kirasan, toki to‘fon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin.
20 Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, o‘zing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin.
21 O‘zing bilan oziq– ovqatlarning har bir turidan g‘amlab ol. Oziq– ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga yegulik bo‘ladi.”
22 Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18